Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya ta’lim yo`nalishi


O’quvchilarni tarbiyalashda Imom Al-Buxoriy hadislarining tarbiyaviy



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/28
Sana10.03.2022
Hajmi0,88 Mb.
#487888
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
imom al-buxoriy talimotining oquvchilar tarbiyasidagi orni (1)

 
1.3. O’quvchilarni tarbiyalashda Imom Al-Buxoriy hadislarining tarbiyaviy 
ahamiyati. 
IX asrda Nishopurda ilm-fan, hadis ilmi nihoyatda taraqqiy qilib, unda imom al-
Buxoriy, imom Muslim ibn al-Hajjoj, imom at-Termiziy va boshqa bir qator kuchli 
muhaddislar yig’ilgan edi. Ular shaharda faoliyat ko’rsatadigan madrasalarda 
yoshlarga hadis ilmidan dars berardilar. Bu buyuk muhaddislar orasida ilmiy 


24 
munozara va bahslar juda ko’p bo’lgan. Imom al-Buxoriy hadis sohasidagi o’z ilmi 
va salohiyati, ayniqsa, illatli hadislarni aniqlash mahorati bilan barchani qoyil 
qoldirgan, muhaddislarning hammasi unga bir ovozdan tan bergan. Imom al-Buxoriy 
masjidlarda, ommaviy ilmiy yig’inlarda ham ishtirok etgan. O’z davrining mashhur 
muhaddislaridan biri sanalgan Muslim ibn al-Hajjoj imom al-Buxoriyning chuqur 
bilimiga tan berib, unga samimiy ravishda: «Sizni faqat hasadgo’ylargina ko’ra 
olmaydi. Mening imonim komilki, sizdek buyuk olim jumlai jahonda yo’q», — deb 
xitob qilgan.
Imom al-Buxoriyning illatli hadislarni bilishdagi benazir mahorati, mukammal ilmi 
va qobiliyati borasida uning zamondoshlari ko’p qimmatli fikrlarni qoldirganlar. 
Illatli hadislarga atab maxsus asar yozgan imom at-Termiziy o’z asari «Kitob al-
ilal»da: «Hadislar, roviylar, ular tarixlaridagi illatlar xususidagi fikrlarim imom al-
Buxoriyning «Kitob at-tarix» asaridan foydalanganlarim, ulardan yana ko’prog’ini 
Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy bilan qilgan ilmiy munozaralarim paytida 
olganman, shuningdek, Abdulloh ibn Abdurrahmon, Abu Zur’adan ham 
foydalandim-u, lekin baribir ko’prog’i Muhammad al-Buxoriydan, kamrog’i esa 
Abdulloh bilan Abu Zur’adandir», — deb e’tirof etgan. Yana imom at-Termiziy: 
«Illatli hadislarni va isnodlarni aniqlashda Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydan 
ko’ra ustun bo’lgan birorta olimni ko’rmadim», — deb alohida ta’kidlagan.
Imom al-Buxoriy ishtirok etgan ilmiy majlislarning birida o’z zamonasining yetuk 
olimlaridan sanalgan al-Faryobiy sanadi quyidagicha bo’lgan bir hadis haqida 
gapirib: «Sufyon Abu Urvadan, u Abu-l-Xattobdan, u Abu Hamzadan», — dedi. 
Majlisda hozir bo’lganlarning birortasi ham Sufyondan boshqalarning kim bo’lganini 
aniq bilmadi, chunki bu o’rinda ularning faqat kunyalari (Abdu-l-Xattob, Abu 
Hamza) aytilgan edi. Shunda Muhammad al-Buxoriy vazminlik bilan: «Abu Urva bu 
– Muammar ibn Roshid, Abul-Xattob esa Qatoda ibn Daoma, Abu Hamza bo’lsa, 
Anas ibn Molikdir. Buyuklarning ishlari inqilobiy tusda ulug’vor bo’lganligi uchun 
ham ular faqat kunyalari bilan aytilganlar», — dedi.


25 
Hadis rivoyatidagi noqislik va ularning to’g’riligiga ishonch hosil qilish masalalari 
sahobalar davridan boshlanib, o’sha paytdanoq hadislarni yozib olishda bu masalaga 
alohida e’tibor berilgan. Chunonchi, sahobalarning o’zlari rivoyat qilgan hadislarda 
ham illatli hadislar uchragan hollar aniqlangan edi. Payg’ambar vafotidan keyin vaqt 
jihatidan muddat kam o’tgani, hadislarni naql qilishda vositalarning ozligi tufayli 
dastlabida bunga ehtiyoj unchalik katta bo’lmagandi. Rivoyatda ishtirokchilar soni 
ko’payib, vaqt o’ta borgan sari roviylarning illatini aniqlashga tobora zarurat 
kuchaydi. Hadis ilmida ham, muhaddislar orasida ham bu masala muhim ahamiyat 
kasb eta boshladi. Hadis roviylariga nisbatan alohida diqqat-e’tibor, chuqur 
munosabat bilan qaralib, har xil uslubu qoidalar yaratildi. Masalan, qaysi holatlarda 
zamondoshlarning illati (jarhi) qabul qilinmaydiyu, qaysi bir holatlarda qabul qilinadi 
kabi aniq yo’l-yo’riqlar ishlab chiqildi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hadislarda illat masalasi muhim ahamiyat kasb etib, u 
bilan shug’ullanadiganlardan pok diyonat va taqvodorlik, qobiliyat talab qilinadi. 
Imom al-Buxoriy bu sohada o’ziga asosiy dasturulamal qilib olgan ehtiyotkorlik 
maslagi uning diyonat, imon-ixlos va xudojo’ylikda yuksak darajaga erishganini 
ko’rsatadi.
Imom al-Buxoriyning illatli hadislar haqidagi mulohazalari g’oyat mutavoze’ va 
odob-axloq doirasida bo’lib, munosabatlar «uni shunday qoldirganlar (tarakahu), «u 
tashlab ketilgan» (matruk), «tushirib qoldirilgan» (soqit), «bu haqda o’zgacha bir 
fikr-mulohaza ham bor», «bu xususda avval o’tganlar hech narsa demaganlar» va 
shunga o’xshash beozor, oddiy va samimiy iboralardan tashkil topgan. Juda kamdan-
kam hollarda imom al-Buxoriy biron odamga nisbatan «u ichidan o’ylab chiqqan 
(uydirmachi)» yoki «kazzob» deyardi, illatli hadislar masalasida al-Buxoriy ishlatgan 
eng qattiq ayblov «hadisni inkor qiluvchi» («munkir al-hadis») degan ibora bo’lardi. 
Hadis ilmida shu qoida odat tusiga kirdiki, agar imom al-Buxoriy biron roviy haqida 
«u – munkir al-hadis» desa, undan hech vaqt hadis rivoyat qilinmasdi. Bu xususda 
Ibn al-Qatton imom al-Buxoriyning ushbu so’zlarini keltiradi: «U (al-Buxoriy) unga: 


26 
«Har qanday kishi haqida «u munkir al-hadis» degan bo’lsam, bas, undan hech vaqt 
hadis rivoyat qilinmaydi», — degan.
Hadislardagi noqisliklarga alohida e’tibor bergani kabi, imom al-Buxoriy 
roviylarning ibratli, go’zal fazilatlarini urg’ulab ko’rsatishga ham katta ahamiyat 
bergan. Agar keltirgan rivoyatlari to’g’ri bo’lsa, roviylarning haqiqiy tavsiflariyu 
adolatli ishlarini batafsil zikr qilgan. 
Buyuk olimning ta’kidlashicha,inson uchun eng katta boylik-qalb saxovatidir. Bu 
haqdagi fikrni olim quyidagi rivoyatda ifodalaydi: “Abu hurayra Rasulullohdan 
rivoyat qildilar:”Boylik molning ko’pligi emas, balki (chin boylik-qalb saxovatidir)”-
dedilar (o’sha kitob,27 bet). 
Ulug’ olim o’z ta’limotida ilm o’rganish ,uni o’rganish yo’llari va qoidalarini bilish 
masalasiga ham jiddiy e’tibor beradi.Quyidagi rivoyat fikrimiz dalili bo’la 
oladi:”Abdulloh ibn Abbos aytadilar: Rasululloh:”kishilarga ilm o’rgatinglar,ularga 
qiyin emas yengil yo’lni ko’rsatinglar,qachon jahlingiz chiqsa,jim turishga 
o’rganing”,-deeilar (o’sha kitob,83 bet). 
Ulug’ mutafakkir oilaviy muhitning barqaror,tinch,oila a’zolarining sog’-
salomat,to’q bo’lishni istaydi.Shunday bo’lgan oila baxtiyordir.Uning rivoyat 
qilishicha:”Ubaydulloh ibn Mehsan al-Ansoriy aytadilar Rasululloh:”Kim oz oilasi 
bilan tinch ,tani sog’ bo’lib tursa va oldida shu kuniga yetarli taomi bo’lsa,u odamga 
go’yo butun dunyo berilgan hisoblanadi”,-dedilar” (o’sha kitob,27 bet). 
Ismoil al-Buxoriy kishilarga qilinadigan yaxshilik haqida qilgan rivoyatida 
deydi:”Jobir ibn Abdulloh aytadilar: Rasululloh :”Kishilarga qilinadigan har bir 
yaxshilik sadaqa hisoblanadi,hatto birodaringga ochiq yuz biln ro’baro’ kelishing 
vachelagingga uning idishiga suv solib berishing ham sadaqa bo’ladi”,-dedilar” 
(o’sha kitob,98 bet). 
Mutafakkir asarida kichiklarga shafqatli kattalarga hurmatda bo’lish zarurligi alohida 
ta’kidlanadi.Bu fikr quyidagi rivoyatda shunday ifodalanadi.”Rasululloh:”Kimki 


27 
yosh kichiklarimizga rahm dil bo’lmasa,u odam bizni qavmdan emas”,-dedilar (o’sha 
kitob,109 bet). 
Ismoil al-Buxoriy odamlarni hayvonlarga ham marhamatli bo‘lishga ,kelgusi avlodlar 
uchunko’chat ekib,o’zidan yodgorlik qoldirishga da’vat etadi.Olimning bu da'vati 
Rasululloh qilgan rivoyatda ham mufassal ifodalangan.Rivoyat qilinishicha:”Bir 
kishi yo’lda ketayotib,qattiq tashna bo’ldi.Yo’lda bir quduq ko’rinib qoldi-da, uning 
ichiga tushib suvidan ichdi,quduqdan qaytib chiqqan vaqtida bir it tashnaligidan 
xansirab, ho’l tuproqni yalayotganini ko’rdiyu, bu bechora menga o’xshab tashna 
ekan,dedi-da, qayta quduqqa tushib maxsisiga suvdan to’ldirib chiqib itga ichirdi.U 
kishini qilgan ishi olloh taollohga maqul bo’lib, gunohini kechdi”. Shunda 
saxobalar:” Yo Rasululloh! Hayvonlarga qilgan yaxshiligimiz uchun ham bizlarga 
savob bo’ladimi?”-deb so’rashdi. Rasululloh:” har bir yumshoq jigarga( tirik 
jonivorga)qilingan yaxshilik uchun savob bo’ladi”,-dedilar ”. Ulug’ mutafakkir
mehr-shafqat haqidagi qarashlarida odamlarni ahllikka ,o’zaro hurmat ehtiromda
bo’lishga undab,kimki ollohga va oxiratga iymoni bo’lsa, u zinhor qo’shnisiga ozor 
bermasligi ollohga va oxiratga ishonchi bo’lsa,mehmonning hurmatini o’rniga 
qo’yishi, ollohga va oxirat kuniga ishonsa,faqat yaxshi gaplardan gapirishi yoxud 
sukut saqlashi lozimligini aytadi.Shuningdek, Ismoil al-Buxoriy kimki farovon hayot 
kechirib,dunyoda yaxshi nom qoldiray desa,qarindosh-urug’lariga siylai rahm 
qilishi,ulaning hol ahvolidan xabardor bo’lib yurishi zarurligini ta’kidlaydi. 
Ismoil al-Buxoriy odamlarga til bilan,qo’l bilan ozor bermaslikni yuksak amal 
hisoblaydi.Ubu haqda shunday rivoyat qiladi:”Rasulullohdan: Islomda qaysi amal 
afzal hisoblanadi?”- deb so’radilar “Tilidan ham,qo’lidan hamboshqa musulmonlarga 
zarari yetmaydigan amal-amallarning afzalidir”,-deb javob berdilar.
Ulug’ olimning ta’kidlashicha ,har bir odam komil inson bo’lishi uchun o’zi yaxshi 
ko’radigan narsasini o’zgalarga ham ravo ko’radigan bo’lishi kerak. 
Ismoil al-Buxoriy hayoli bo’lishni juda ulug’laydi.Hayoni iymon belgisi deb 
biladi.Bu xususda shunday rivoyat keltiriladi:”Rasululloh o’z birodariga sharmu-


28 
hayodan pandu nasihat qilayotgan bir ansoriyning yonidan o’ta turib:”Hayo ham 
iymon belgilaridandir ”,-deb uning gapiga qo’shimcha qildilar. 
Ismoil al-Buxoriy Musulmon kishini haqorat qilishni gunoh ,u bilan urishishni 
kofirlik deb biladi va yana shu fikrni davom ettirib, insonni kuch- qudrati jismonan 
pahlavonligida emas, balki jahl chiqqan vaqtida o’zini tiya olishni pahlavonlik 
hisoblaydi.U bu haqda shunday rivoyat qiladi:” Rasululloh sahobalaridan: sizlar 
pahlavon deb kimni hisoblaysizlar ?”- deb so’raydilar.Ular: “Kurashda hech kimdan 
yiqilmaydigan kishini biz pahlavon deb bilamiz “,-deyishadi.(o’sha kitob 81-bet.) 
Rasululloh : “ Unday emas, pahlavon deb jahl chiqqada o’z nafsiga ega bo’ladigan 
kishini aytiladi “,-dedilar. (o’sha kitob 103- bet.) 
Ismoil al-Buxoriyning ta’lim-tarbiya xususidagi ta’limotida axloqiy qarashlari 
muhim o’rinda turadi. Uning uqtirishicha , baland tovush bilan o’rinsiz ko’p kulish 
boshqalar diliga ozor beruvchi xislat bu fikr quyidagi rivoyatda takidlanadi: 
“ Abu Hurayra aytadilar: Rasululloh:” Tovush chiqarib kulishni kam qil.Chunki ko’p 
kulish dilni halok qiladi “ ,- deydilar. (o’sha kitob 86- bet.) 
Ismoil al-Buxoriy xalqqa yoqimli , doimo ehtiromda , uning muhabbatiga sazovor 
bo’lishning go’zal axloqlilik deb biladi.Bu haqda olim shunday rivoyat qiladi:
“ Muhammad ibn Abdulloh ibn Amr ibn al-Os ( Raziyallohu anhu) Rasulullohdan 
quyidagi hadisni eshitdilar: “ Qiyomat kuni menga eng yaqin bo’luvchilaringiz 
kimligini aytib beraymi ? “ – deb so’raganlarida , sahobalar jim turishdi. Rasululloh 
bu savollarni ikki yoki uch marotaba qaytarganlaridan keyin, ular: “ Yo Rasululloh! 
Aytib bering !”,- deyishdi. Rasululloh : “Ular-axloqda (xalqqa) yoqimliroq 
bo’lganlaringizdir “ ,-dedilar “.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish