Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya ta’lim yo`nalishi


Imom Al-Buxoriyning ilmiy-ijodiy va ibratli hayot yo’li o’quvchilarda ixlos



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/28
Sana10.03.2022
Hajmi0,88 Mb.
#487888
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
imom al-buxoriy talimotining oquvchilar tarbiyasidagi orni (1)

1.2. Imom Al-Buxoriyning ilmiy-ijodiy va ibratli hayot yo’li o’quvchilarda ixlos, 
iymon kabi xislatlarini tarkib toptirishidagi asosiy jihati.
Imom al-Buxoriyning ismi Muhammad
, kunyasi Abu Abdulloh, laqabi ba’zan 
imom al-muhaddisiyn (muhaddislarning imomi, peshvosi), ba’zan amir ul-
mo’miniyn fi-l-hadis (hadis ilmining amiri, sultoni) va nasabi Muhammad ibn Ismoil 
ibn Ibrohim ibn al-Mug’iyra ibn Bardazbeh ibn Bazazbehdir. So’nggi ikki ismi – ibn 
Bardazbeh ibn Bazazbehdan ko’rinib turibdiki, imom al-Buxoriyning asl nasabi 
ajamlarga borib taqaladi. Bu fikr talay adabiyotlarda qayd qilingan bo’lib, ko’pchilik 
muhaddislarning ta’kidlashlaricha, «Bardazbeh» so’zi arabcha «zori’» (ziroat, 
dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi kishi) ma’nosini bildiradi.
Imom al-Buxoriyning otasi Ismoil edi. Uning kunyasi Abu-l-Hasan bo’lib, o’z 
davrining yetuk muhaddislaridan, imom Molikning shogird va ashoblaridan biri 
hisoblangan, tijorat ishlari bilan ham shug’ullangan. Afsuski, hozircha uning 
qalamiga mansub biror asar haqida aniq ma’lumotga ega emasmiz. Biroq uni Hamad 
ibn Zayd, imom Molik, Abu Muoviya kabi yirik muhaddislardan hadislar rivoyat 
qilgani, Abdulloh ibn al-Muborakning suhbatida bo’lib, undan ta’lim olgani haqidagi 
ma’lumotlar manbalarda keltiriladi. Uning shogirdlaridan esa iroqlik bir qancha 
olimlar – Ahmad ibn Hafs, Nasr ibn Husayn va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
Imom al-Buxoriy «At-Tarix al-kabir» («Katta tarix») asarida otasining tarjimai holi 


15 
haqida talay ma’lumotlar beradi. Tarixchi al-Hofiz ibn Hibbon o’zining «Kitob as-
siqqot» («Buyuk insonlar haqida kitob») nomli asarida Ismoil ibn Ibrohim, ya’ni al-
Buxoriyning otasi «Hamad ibn Zayd va Molikdan hadislar rivoyat qilgan, undan esa 
iroqlik olimlar hadislar naql qilishganlar», — deya ta’kidlaydi.
Manbalarda zikr qilinishicha, Ismoil o’ta taqvodor, xudojo’y, halol bir inson 
bo’lgan. Tarixchi Ahiyd ibn Hafasning yozganlari bu fikrimizga dalildir. «Abu 
Abdulloh (imom al-Buxoriyning otasi) bandalikni bajo keltirayotgan chog’ida uni 
ziyorat qilganimda, menga u: «Bor molu dunyomdan harom yo’l bilan, shubhali, 
nopok yo’l bilan topilgan bir dirhamni ham bilmayman», deb iltijo qilganida mening 
nafasim bo’g’ilib, butun vujudim uning ulug’vorligidan hech narsaday tuyuldi», — 
deb yozadi. Mazkur kitobda, shuningdek, imom al-Buxoriyning otasiga xos bo’lgan 
yana bir qancha asl insoniy fazilatlar va uning alohida xususiyatlari ham qayd etiladi.
Imom al-Buxoriyning onasi ham taqvodor, diyonatli va har xil karomatlar 
sohibasi, g’oyatda oqila, fozila ayol sifatida tanilgan edi. Ma’lumki, imom al-Bu-
xoriyning yoshligida ko’zi jarohatlanib, ko’rish qobiliyati susaygan, har qancha 
urinishsa ham, tabiblar uni davolay olmagandilar. Kunlardan bir kuni al-Buxoriyning 
onasi tushida Ibrohim (a.s.)ni ko’rganda u zoti sharif bu mushfiq onaga qarab: «Ey, 
volida! Sening duolaringning bardavomligidan Alloh taolo o’g’lingga to’liq ko’rish 
qobiliyatini qaytardi», — deya xitob qilganlar. Keyin u: «Uyqumdan uyg’onsam, 
o’g’lim Muhammadning ko’z nuri to’liq qaytib, tuzalib ketibdi», — degan rivoyat 
mavjuddir. Abu Ali al-Rassoniy degan olim: «Muhammad ibn Ismoilning yoshligida 
ko’zi ojiz bo’lib qolgan. Uning onasi taqvodor ayol bo’lib, tushida Ibrohim 
Halilullohni ko’rganda, u: «Ko’p duolar qilib yig’laganingdan Alloh taborako va 
taolo o’g’lingning ko’zini qaytardi», — degan. Ona: «Ertalab uyg’onsam, Alloh 
o’g’limga ko’rish qobiliyatini qaytarganini ko’rdim», degan ma’lumot bilan 
yuqoridagi rivoyatni aynan qaytaradi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish