5-topshiriq. «3-sinf tarbiya darsligidan » 5 ta oddiy test, 5 ta murakkab test tuzing.
14-amaliy mashg’ulot Mavzu: 4-sinf “Tarbiya” darsligini tahlil qilish. Amaliy mashgʼulot jarayonida bajariladigan topshiriqlar: 1-topshiriq. Berilgan tayanch iboralarga uch tilda lug‘at tayyorlang (o‘zbek, rus, ingliz):
1.Arfest
2.Assotsiativ
3.Vatanparvarlik
4.Hamkorlik
5.Etika
6.Estetika
7.Sog’lom fikr
8.Ma’naviy meros
9.Baxt
10.Qo’rg’on
2-topshiriq.Quyidagi savollarga javob yozing.
1.4-sinf tarbiya darsligi necha soatga mo’ljallangan.
4-.tarbiya darsligi nechta bobni o’z ichiga oladi.
3.4-sinf tarbiya darsligi bilan odobnoma darsligini farqlarini sanab bering.
4.Axloq inson ko’rki bobi darslikni nechanchi bobiga to’g’ri keladi?
5.4-sinf tarbiya darsida O’quvchilarni o’quv faoliyatiga qanday minimum talablar qo’yilgan.
6.Ikki soatga mo’ljallangan mavzularni sanab bering.
7.4-sinf darsligida qo’llash uchun tavsiya etiladigon zamonaviy metodlarni sanab bering?
8.4-sinf tarbiya darsligida nechta shartli belgilar mavjud.
9.assotsiativ metodni qo’llashdan maqsad nima deb oylaysiz?
10Arfest metodi o’quvhida qanday shahsiy sifatlarni shakllantiradi? 11.Zorblar multfilimi darslikdagi aynan qaysi mavzular uchun mo’ljallangan? 12.4-sinf tarbiya darsligida jami nechta takrorlash darsi keltirilgan? 3-topshiriq. «Insert» metodi
Guruh talabalari guruhlarga bo`linadilar, guruhlar nomlanadi. O`qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so`raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o`qituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni o`quvchilarga tarqatadi. So`ngra shunday topshiriq beriladi:
Topshiriq.
a) Matn bilan tanishib chiqing;
b) Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo`yib chiqing:
Z - matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr o`z aksini topgan bo`lsa;
S - matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo`lsa;
D - matnda bildirilgan fikrlarga zid fikrlar mavjud bo`lsa
? - matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.
So`ngra guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini o`zaro o`rtoqlashadilar, guruh bo`yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O`qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.
O`qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o`quvchilar to`g`ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.
Shundan so`ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular o`rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan guruh jamoasida yetkaziladi.