5. Tarbiyaviy texnologiya turlari.
Texnologik jarayon tuzilmasini axborotlarning uch asosiy harakat yo‘nalishi bilan tavsiya etiladi. Bu tuzilmada G.Selevko10 uch shahobchani belgilaydi:
1.Asosiy shahobcha — mazmunning harakati bo‘lib, u axborotning manba (o‘qituvchi)dan qabul qiluvchi (talaba)ga uzatish (o‘quvchilar ye’tiboriga uzatish, o‘quv-bilish faoliyatiga rahbarlik qilish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarni idrok yetish, o‘zlashtirish va mustahkamlash). Unda axborotlarni qo‘shimcha boshqarish manbalari — kitoblar, texnik vositalar, kompyuterlar va o‘quvchi tomonidan ularni mustaqil idrok etish (o‘z-o‘zini boshqarish jarayoni) muhim holat hisoblanadi.
2.Boshqarishga ta’sir o‘tkazish shahobchasi. U o‘z ichiga rejalashtirishni (strategik va taktik), ta’limiy axborotlarning asosiy psixologik harakati korreksiyasini qamrab oladi.
3.Jarayonlar haqidagi (qayta bog‘lanish, nazorat, baholash, qo‘shimcha axborotlar shahobchasi) axborotlar o‘qituvchidan o‘quvchiga uzatilish shahobchasi.
O‘quv jarayonining samaradorligi:
• o‘quv axborotlari mazmunining yeng maqbul tuzilmasi;
• boshqarish samaradorligi va bilish faoliyatini tashkil etish;
• axborotlarni o‘zlashtirishda individual o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatlaridan foydalanish;
• axborotlarni o‘zlashtirishning samarali nazoratini tashkil etishga bog‘liq. Tayanch sxemalar izohidan foydalangan holda istiqbolli o‘qitishni boshqarish S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu texnologiya asosida quyidagilar yotadi:
• hamkorlik pedagogikasiga bo‘lgan shaxsiy yondashuv;
• o‘zlashtirish (muvaffaqiyat) - o‘qitish jarayonida bolalar rivojlanishining eng muhim sharti;
• sinfdagi fayz: xayrixohlik, o‘zaro yordam;
• xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas;
• o‘quv materialining ketma-ketligi, izchilligi;
• vazifaning har bir o‘quvchiga qulayligi va ularga alohida-alohida bo‘lib berilishi;
• asta-sekin to‘liq mustaqillikka o‘tish;
• bilag‘on o‘quvchi vositasida bilmaydigan o‘quvchilarni o‘qitish.
S.N.Lisenkova metodikasining xususiyati shundaki, qiyin mavzular dasturda belgilangan soatlarda emas, balki undan oldin o‘rganila boshlanadi. Bu istiqbolli tayyorgarlikdir. Istiqbolli tayyorgarlik o‘rganilishi yaqinlashib kelayotgan qiyin mavzularni yo‘l-yo‘lakay o‘tishning boshlanishidir. Umumlashtirish bu muayyan bilimlar asosidagi mavzuni umumlashtirishdir. S.N.Lisenkova metodikasi asosida materialni o‘zlashtirish uch bosqichda kechadi:
1.Kelgusida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlarni oldindan kichik hajmlarda berib borish;
2.Yangi tushunchalarni aniqlashtirish, ularni wnumlashtirish va qo‘llash;
3.Fikrlash usullari va o‘quv xatti-harakatlarining ravonligini rivojlantirish.
Inge Unt, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual o‘qitish o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi. Unda:
• pedagog faqat birgina talaba bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi;
• bir talaba faqat o‘qitish vositalari (kitoblar, kompyuter va b.) bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati talabaning xususiyatlariga moslashtiriladi. Shaxsiy yondoshish deganda:
• pedagogikaning tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra pedagog o‘quv — tarbiya ishlari jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lish hamda individual xususiyatlarga asoslanish;
• o‘quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish;
• barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun psixologik-pedagogik tadbirlaryaratish tushuniladi. O‘qitishni individuallashtirish:
• o‘quv jarayonini tashkil yetish bo‘lib, unda o‘qitish usullari, suratini tanlash talabaning individual xususiyatlari bilan bog‘lanadi;
• individual yondashuvni ta ‘minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma ‘muriy tadbirlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |