Pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Barkamol inson tushunchasi haqida nimalarni ayta olasiz. 4



Download 11,98 Mb.
bet16/99
Sana16.12.2022
Hajmi11,98 Mb.
#889140
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
Bog'liq
BTU tarbiya fani

3.Barkamol inson tushunchasi haqida nimalarni ayta olasiz.
4.Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini sanag.
5.Mutafakkirlar merosida tarbiya masalalariga misollar keltiring.
6.Tarbiya-ijtimoiy jarayon deganda nimani tushunasiz?


2-Ma’ruza. Milliy tarbiya konsepsiyasi.
Reja:
1.“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati va mazmuni.
2. Konsepsiya tushunchasining mazmuni.
3. Milliy tarbiya konsepsiyasi.
4.Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati.
Tayanch so’zlar: Ta’lim to’g’risidagi qonun, Konsepsiya, Uzluksiz milliy tarbiya konsepsiyasi, tarbiya,
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishi ta’limni tubdan halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning yo’llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko’rsatib bergan. Ayniqsa, “Istiqlol va ma’naviyat”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida”, “ Barkamol avlod orzusi ” kabi asarlarida jamiyatning ma’naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishi, tarbiya masalalari, ijtimoiy tarbiyaning aosiy negizlari bayon etilgan. Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o’rganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir.
Tarixdan ko’pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan . ‘’Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir’’ A.Avloniyning ushbu so’zlaridan ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy , jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir.
-arbiya katta avlod tomonidan yosh avlodga berilaigan hayotiy tajriba bo’lib yosh avlodning ijtimoiy hayotga moslashishi uchun muhum ahamiyat kasb etadi. Bunga misol qilib ‘’Agar katta avlod yo’qolib ketganida insoniyat yo’qolib ketmasdir balki lekin jamiyat rivojlanishi ancha sekinlashardi balki umuman yo’qolib ketishi ham mumkin’’ degan so’zlarni keltirishimiz mumkin.
- Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shug’ullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa fani bilan bog’liqdir. SHuning dek bolalarga to’g’ri tarbiya berish sirlarini o’z chiga olgan pedagogika fani va bolalar ruxiy holati, diqqati, ong taraqqiyoti
Ko‘plab olimlar o‘z tadqiqotlarida maʼnaviy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha qator izlanishlar olib bormoqda. Lekin bularning ichida eʼtiborsizdek tuyiladigan, biroq oqibati tanazzulga, jaholatga olib boradigan bir omil, yaʼni oilada farzand tarbiyasiga eʼtiborsizlik illati millatning maʼnaviy tannazulining asosi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Oilada farzand tarbiyasiga eʼtiborsizlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarorida ichki tahdid sifatida qayd qilinib, mazkur tahdidga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish vazifasi qo‘yildi.
Yuqoridagi masalani nechog‘lik xavotirli va dolzarbligi to‘g‘risidagi mulohazalarni asoslashda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish, baholash, ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab, ularning aholi turli qatlamlariga taʼsirini o‘rganish va zarur maqsadli va manzilli tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish metodikasi” hamda “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi” asosida joylarda o‘tkazilgan so‘rovlar natijalaridan misollar keltirish mumkin. Jumladan, mazkur tashxis ishlarida aholi orasida Ota-onalarning farzandiga yaxshi tarbiya berishi uchun nima xalaqit berayapti deb o‘ylaysiz? deb berilgan savolga Navoiy (60%), Jizzax (57,4%), Sirdaryo (57%), Samarqand (53%), Buxoro (44%) viloyati hamda Toshkent shahrida (50%) “ota-onalar tarbiya metodlarini bilmaydi va tarbiyadagi oilaning masʼuliyatini anglamasligi” deb javob berishgan, bu ko‘rsatkichlar ota-onalarning farzand tarbiyasiga eʼtibor borasida masalani jiddiy o‘ylab ko‘rishlarini taqazo qiladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida taʼlim va tarbiyaning ahamiyati haqida so‘z bordi. Mazkur yig‘ilishda Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasi, odob-axloqi haqida to‘xtalib, “Maktab - bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Bu masalani davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi”, - deya alohida taʼkidladi.
Darhaqiqat, uzoq yillar davomida tarbiya bolalar taʼlimdan bo‘sh vaqtida amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, uzuq-yuluq jarayon bo‘lib kelganligi sir emas. Tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar asoratlari kundalik hayotda, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, jamoatchilikning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Shunday bir vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 3- maydagi PQ 4307-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarorining chiqishi bu millat kelajagi, millat maʼnaviy taraqqiyoti uchun bir o‘ziga hos tarixiy voqelik bo‘ldi. Mazkur konsepsiya 8 ta bob va maʼnaviy tarbiyaning uzluksizligini taʼminlashga qaratilgan 61 ta maqsadli va manzilli tadbirlar rejasidan iborat bo‘lib, uning amalga oshirilishi 4 bosqichdan iborat bo‘ladi.
Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasining asosi milliy tarbiyamiz, Unsur Ul Maoliy Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Аbu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Аlisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Аbu Nasr Farobiy, Аbdulla Аvloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Аbdurauf Fitrat kabi ulug‘ mutafakkirlarimizning maʼnaviy-ilmiy merosiga asoslangan. Аyni vaqtda dunyoning rivojlangan davlatlari tajribasida sinovdan o‘tgan zamonaviy tarbiya texnologiyalaridan foydalanish Konsepsiyaning zamon bilan hamnafasligiga xizmat qiladi.
“Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur”, degan edi milliy pedagogikamizning buyuk darg‘asi Аbdulla Аvloniy. Konsepsiya ana shu hikmatga hamohang bo‘lib, unda farzandlarimizda milliy yuksalishimiz uchun eng zarur fazilatlar: Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Voyaga yetgan o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayotga ana shu fazilatlari bilan kirib boradilar. Bu fazilatlari ularning o‘zlarini ham, xalqimizni ham baxtli, farovon qiladi.
Uzluksiz maʼnaviy tarbiya Konsepsiyasi o‘zida dunyo pedagogik tajribasi va yutuqlarini mujassam etganligi alohida taʼkidlandi. Jumladan, Yevropa Ittifoqining tarbiyaviy tavsiyalari, АQSh tajribasidan shaxs erkinligi, tadbirkorlik, muvaffaqiyatga erishishga intilish, Janubiy Koreyada yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallarni singdirish, Yaponiyaning “xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan taʼlim”, Xitoyning yaxshilik, to‘g‘rilik, poklik, donolik va ishonchlilik kabi fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan pedagogik tajribalari o‘rganilgan.
Konsepsiyada O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar va uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetentsiyalar, fazilatlar asosida shakllantirish ishiga katta ahamiyat berilgan. Buning uchun oila, maktabgacha taʼlim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tariladi.

Download 11,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish