Bitiruv malakaviy ish tuzilishi: kirish, ikki bоb, hulоsa va fоydalanilgan
adabiyotlar ro’yhatidan tashkil tоpgan.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati: ish natijasida o’quvchi yoshlarni halq milliy an’analaridan fоydalanish va milliy mеrоsimiz оrqali bilimdоnlik darajasini rivоjlantirishga yo’naltirilgan mashg’ulоt turlari, intеgrativ turdagi o’quv matеriallarini bеlgilab bеrish yo’llari ko’rsatildi.
Ish natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar bоlalarni halq milliy an’analaridan fоydalanish jarayonida o`quvchilarda vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish ularni mеhnatsеvarlikka o’rgatish, mеhnatni ulug’lash uning qadriga еtishga, ahlоqiy sifat va fazilatlarni shakllantirishga hizmat qiladi. Ularning bilim, ko’nikma va malakasi takоmillashtirildi.
I BOB O’QUVCHILARNI DARSLAR VA DARSDAN TASHQARI MASHG`ULOTLARDA VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Oquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida
«Yangi XXI asr globallashuv, taraqqiyot asri, faqat intellektual jihatdan yuksak rivojlangan davlatlargina dunyoda ustuvor mavqe egallaydigan davr bo`lishi barchamiz uchun ayon. Mana shu yo`lda mustaqil O`zbekiston davlati taqdirini o`z qo`liga olib, yangi hayot, jamiyat qurishga, kelajagini jahon hamjamiyatining uzviy bir qismi sifatida tashkil etishga kirishdi. Zahmatkash xalqimiz o`zining fidoiy mehnati bilan dunyoda hech kimdan kam bo`lmay, taraqqiy topgan mamlakatlar qatoridan o`rin olib, tinch, farovon va osuda hayot kechirishga haqlidir. Lekin bu yo`l juda murakkab yo`l bo`lib, u jamiyat a’zolaridan fidoyilik, vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg`ulari ustuvor bo`lishini talab qiladi. Buning uchun jamiyat hayotining ertangi kunini yaratadigan yoshlarda huddi mana shu tuyg`ularni shakllantirish zarur. Mana shunday mashaqqatli va sharafli kurashlarda, buyuk intilishlarni amalga oshirishda, el-yurt uchun o`zini ayamasdan xizmat qilishda, kerak bo`lsa, jonini fido etishda yosh avlod doimo o`rnak va ibrat bo`lib kelgan»3. Shunday ekan, bugungi yosh avlodni vatanparvar, tashabbuskor, fidoyi inson sifatida tarbiyalash muhim vazifaga aylandi. Buning uchun ularga milliy qadriyatlarni chuqur anglatish, qalbiga singdirish lozim. Busiz barkamol insonni, uning shaxsiyatini to`g`ri shakllantirib bo`lmaydi.
O’zbekiston azaldan ko’pmillatli mamlakat. Hozir ham shunday. Demak, bu zaminda yashaydigan barcha millat va elat vakillari O’zbekistonni ona - Vatan deb bilishadi, uning taqdirida o’z taqdirlarini, uning kelajagida o’z kelajaklarini qurishadi.
Endilikda ozod, o’z haq-huquqini yahshi taniydigan, boqimandalikning har qanday ko’rinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o’z shahsiy manfaatlarini halq, Vatan manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan komil insonlarni tarbiyalash, biz tarbiyachi pedagoglarning eng muhim va dolzarb vazifamiz ekanligini unutmasligimiz lozim.
O’quvchilarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarni o’rganish va uni e’zozlashga o’rgatish bu borada olib boriladigan ishlarimizning eng asosiysi hisoblanadi. Kelajakda qadriyatlarimizga munosabat qanday holatda bo’lishini yoshlar belgilaydi.
O’quvchi yoshlar o’z halqining haqiqiy jonkuyari bo’lib etishmog’i uchun avvalo milliy qadriyatlarimizni chuqur bilishi, uni qadrlashi lozim. Shu kungacha bizning kulfatimiz va ma’anaviy so’qirligimizga sabab bo’lib kelgan "omillardan" biri bu qadriyatlarimizni qadrsizlanishi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |