MAVZU: O’ZBEK MILLIY QADRIYATLARI ASOSIDA O’QUVCHILARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH
REJA
KIRISH
I BOB O’QUVCHILARNI DARSLAR VA DARSDAN TASHQARI MASHG`ULOTLARDA VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1 O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida.
O`quvchi yoshlarni vatanpavarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslari
I bob bo`yicha xulosa
II BOB O`quvchilarni darslar va darsdan tashqari mashG`ulotlar jarayonida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashNING MAZMUNI, SHAKLLARI VA metodLARI.
2.1. O`quvchilarni darslar va darsdan tashqari mashg`ulotlarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonining mazmuni
2.2. O`quvchilarni darslar va darsdan tashqari mashg`ulotlarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shakli, vosita va usullari.
II bob bo`yicha xulosa.
Umumiy XULOSA.
Foydalanilgan ADABIYOTLAR RO`YXATI.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohalarida katta islohotlarning sodir bo`lishi kelajak avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo`ymoqda. Bu, avvalo, kelajak avlodning ana shu o`zgarishlarga dadil moslasha oladigan yuksak bilim, mahorat, keng dunyoqarash va e’tiqodga ega bo`lishini talab etadi.
Kishilik jamiyati el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon-e’tiqodi butun, mard va jasur, malakasi yetuk, ma’naviyati yuksak insonlar bilan haqli ravishda faxrlanadi”, degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov “Sog`lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida.
Farzandlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ong, milliy g`urur tushunchalarini singdirish uchun ular ma’naviy jihatdan sog`lom bo`lishlari zarur. Ma’naviy sog`lomlik esa jismoniy va ruhiy sog`lomlik bilan chambarchas bog`liq.
Respublikamizda olib borilayotgan siyosatning va Prezidentimiz da’vatlarining mohiyatini ham ma’naviyati teran, boshqalar fikriga ergashmaydigan, iymon-e’tiqodi sof avlodni yetishtirish masalasi tashkil etadi. Zero, e’tiqodsizlik, turli yot oqim va mafkuralarga ergashish holati jamiyatni inqiroz sari yetaklaydi. Shu bois, Prezidentimiz deyarli barcha asarlarida yoshlar tarbiyasiga jiddiy yondoshish va ularni yot g`oyalardan muhofaza qilish lozimligini ta’kidlaydilar: “Takror aytishga to`g`ri keladi–ota-onalar, ustoz murabbiylar bu masalada xushyorlikni yo`qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo`lmasligimiz zarur”1.
O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi (1997 yil, 29 avgust) Qonuni ta’limning barcha yo`nalishlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun imkon yaratdi. Ta’lim sohasidagi islohotlardan asosiy maqsadi ham xalqimiz ongi va shuurida saqlanib kelayotgan vatanga e’tiqodni yosh avlodga singdirish, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida mamlakatimiz kelajagini belgilay oladigan barkamol hamda vatanparvar shaxsni shakllantirishdan iborat.
Mustaqil O`zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” xalqimiz ming yillar davomida yaratgan, asrab-avaylab kelayotgan bilim xazinalariga, boy qadimiy merosimizga asoslanadi. Chunki, ota-bobolarimiz hayot tajribalari natijasida yaratgan o`git va pandnomalarida, dunyoviy bilimlarida vatanni asrash, ulug`lash kabi insonparvarlik g`oyalari mavjudki, ular nafaqat bugungi kundagi, balki kelajakdagi avlodlar uchun ham ahamiyatli va qadrlidir. Ayniqsa, o`zbek xalqining faxri va g`ururi hisoblangan Shiroq, To`maris, Muqanna, Spitamen, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik va Amir Temur kabi vatanga e’tiqodli, vatan uchun jonini ayamagan insonlarning hayot yo`li va faoliyatini o`rganish hamda vatanparvarlik maktabi tarbiyasidan o`rnak olishni yo`lga qo`yish bugungi davr talabidir.
Yosh avlod ongiga vatan nima ekanligini kengroq targ`ib qilish, inson uchun vatanning yagona ekanini anglatish ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy vazifasidir. Prezident I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek: “Albatta, jahon – keng, dunyoda mamlakat ko`p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O`zbekistonimiz yakkayu yagona. Bu go`zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan. Mana shu ulug` tuyg`u har birimizning dilimizda jo bo`lishi, hayotimiz mazmuniga aylanishini istardim”2.
Vatanga bunday e’tiqod insonning dunyoga kelgan kunidan boshlab ona allasi orqali singdiriladi. Bola nutqi shakllana boshlagan davrdan boshlab “mening onam”, “mening otam”, “mening uyim”, “mening bog`cham” kabi so`zlarni ayta boshlaydi. Bu bolaning qalbida “mening Vatanim” tushunchasini shakllanishining datlabki bosqichidir. Vatanga e’tiqod bola maktabga kelgan kundan boshlab muntazam shug`ullashnish orqali shakllana boshlaydi. Zero, “Yoshlikda o`rganilgan bilim toshga o`yilgan naqsh”dir deb xalqimiz bekorga aytmagan.
Har bir farzand vatan tinchligi, uning farovonligi va yuksalishi yo`lida mas’ul ekan, ayniqsa, ta’lim jarayonida yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim va e’tiborli jihatidir.
Biz ta’lim-tarbiya jarayoni dars va darsdan tashqari holatlarda yosh avlod ongida vatanga e’tiqodni shakllantira olsak bu jamiyat va vatan oldidagi ulkan yutug`imizdir. Shu yutuqqa erishish usullarini izlash va to`g`ri yo`lga qo`yish bugungi kun muammolaridan biridir.
Umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblangan milliy madaniyatimizni, yoshlarning ahloqiy tarbiyasini ongli ravishda yondashishsiz tasavvur etish qiyin. Inson ijtimoiy hayotda o`z o`rnini egallashi uning voyaga yetishi farzandlik, vatan oldidagi burchini ado etishi, o`zidan ma’lum iz qoldirishi jamiyat taraqqiyotini belgilaydi. Shundan kelib chiqib, o’zbek milliy qadriyatlari asosida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo`llarining chuqur o`rganilishi milliy tarbiya muammosiga yanada chuqurroq kirib borishga va bu muammoga ilmiy-amaliyot jihatdan oydinlik kiritishga asos bo`la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |