Kurs ishining amaliy ahamiyati: Kelajak avlodning dunyoqarashini, ijodiy salohiyatini, mustaqil fikrlashi va kreativlik qobiliyatining rivojlanishini, psixologik xususiyatlarini mukammal o’rganish va hayotga tadbiq etgan holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining milliy qadryatlari va jahon talablariga mos aqliy salohiyat egalari bo’lib yetishishlariga ko’maklashish.
I-bob Sinf rahbarining oila bilan hamkorlik shakllarining mazmuni
1.1 Sinf rahbarining faoliyatida ota-onalar bilan hamkorlik faoliyatining mohiyati
Pedagoglar va ota-onalarning o’zaro hamkorligi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va uning vazifasiga ota-onalarning faol pedagogik pozitsiyasini shakllantirish kirishi lozim. To’g’ri tashkil etilgan ish ta‘limiy xarakterga ega bo’ladi. Pedagog oilada tarbiyaning ijobiy tajribalariga tayanishi, uni yoyishi kerak. Hamkorlikning eng birinchi va hal qiluvchi sharti pedagog va ota-onalar o’rtasidagi ishonchli munosabatlardir. Aloqa shunday bo’lishi kerakki, ota-onalarda tarbiyaviy va taxlimiy jarayonga nisbatan qiziqish uyg’onsin. Ikkinchi, yanada ahamiyatli bo’lgan vazifa – oilani pedagogik ko’nikma va bilimlar bilan qurollantirishdir. Pedagogik hamkorlik jarayonini bunday tarzda tashkil etish natijasida ota-onalarning faqatgana o’zining farzandini tarbiyalashdagina ema, balki butun sinning tarbiyaviy ishlarida faol ishtirochkchiga aylanishini ko’rish mumkin. Pedagoglar va ota-onalar sherik sifatida bir-birlarini to’ldirib boradilar. Sherikchilik munosabatlari ikkala tomnning tengligini, o’zaro iliq munosabat va hurmatni nazarda tutadi.
Oila va maktabning hamkorligida quyidagilar nazarda tutiladi:
- oilani uning bola tarbiyasidagi imkoniyatlarini aniqlash maqsadida o’rganish;
- oilalarni bola tarbiyasidagi ahloqiy imkoniyatlari bo’yicha guruxlash;
pedagog va ota-onalarning birgalikdagi harakatlari bo’yicha dastur tuzish;
-tarbiyaviy faoliyatning oraliq va yakuniy natijalarini taxlil qilish;.
Hozirgi vaqtda barcha mutaxassislar ota-onalarni maktab ishiga jalb etishning zarurligini tan oladilar, ammo pedagog va ota-onalarning o’rtasidagi munosabatlarda ma‘lum bir disgarmoniya, muvofiq emaslik ham kuzatiladi. Bunday munosabatlarning rivojlanishiga shaxsiy hamda kasbiy omillar to’sqinlik qilishi mumkin: vaqtning yetishmasligi, o’ziga ishonmaslik, etnik stereotiplar, alam qilish hislari- bularning barchasi, shaxsiy va kasbiy qarashlar oilalarga bolalarining tarbiyasida faol ishtirokchi bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun pedagoglarning o’zlari tashabbus ko’rsatib har bir alohida oila bilan qanday hamkorlik qilishni tushunishlari kerak. Ota-onalarning ishtirokida individual yondoshish tamoyilidan foydalanib ko’pchilik oilalarni ishga jalb etishning turli-tuman usullarini ishlab chiqish mumkin. Ota-onalarning ishtirokini 5 darajasi ajratiladi
1. bir martalik yordam ko’rsatish;
2. ota-onalarning qobiliyatlaridan ba‘zan mashg’ulotdar o’tishda foydalaniladi;
3. ota-onalar doimiy ravishda yordam ko’rsatadigan ko’ngilli yordamchilarga aylanadilar;
4. ota-onalar sinfda ishning asosiy yo’nalishlarini aniqlashga yordam beradilar;
5) ota-onalar maktabning ishida yordam beradigan ko’p masalalarni
muhokama qilishda ishtirok etadilar;
Har bir variantda ota-onalarda tajriba almashishb, bir-biridan ma‘ulm bir malakalarni o’rganish imkoniyati mavjud. Shuning uchun ish davom etgan sari ota-onalar ishtirokining imkoniyatlari ko’payib boradi. Pedagog oila a‘zolarining qaysi biri sinfning ishida ishtirok etishidan fqat‘iy nazarmota-onalarga yordam berishga doimo tayyor bo’lishi kerak. Asta-sekinlik bilan berilgan yordam vaqo’llab-quvvatlash ota-onalarga o’zarini ancha dadil tutishga, mustaqil ishlashga imkon yaratadi.
Ota-onalarning kuchli tomonlari va ijobiy sifatlari e‘tiborga olish ishning muvaffaqiyatli bo’lishini ta‘minlaydi. O’zaro munosabatlarning rivojlanib borishi bilan ishonch mustahkamlanadi, ota-onalar rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani tarbiyalashda ma‘lum bir ma‘suliyatga ega bo’ladilar.
Bolani har tomonlama rivojlantirishda maktab va oila hamkorligining mazmuni, shakl va metodlarini takomillashtirish juda muhim. Maxsus muassasa pedagogi bu vaziyatda bolalarning tarbiyachisi va ota-onalarning sherigi sifatida ish ko’radi. Pedagoglar va oila a‘zolari o’rtasidagi aloqaning xarakteri va samaraliligi maktabning oila bilan hamkorligidagi ishning metodlarini to’g’ri tanlashiga ham bog’liq bo’ladi. Shunday qilib rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani shakllanishida maktab va oilaning o’zaro hamkorligi muhim va ahamiyatlidir.
Oilalar bilan ishlash — maktab pedagogik jamoasi faoliyatining murakkab va muhim qismi sanaladi. Boshlang`ich sinflarda ota-onalar bilan ishlashda asosan qo`yidagi vazifalar xal qilinishi lozim:
1. Bola tarbiyasida pedagoglar bilan ota-onalarning bir butun holda va bir maqsad sari, ya`ni bolani xar tomonlama rivojlangan komil shaxs sifatida shakllantirishga doir hamkorlikda ishlashni ta`minlash.
2. Ota-onalarning pedagogik va tibbiy bilimdonligini oshirish
3. Bola tarbiyasida ilg`or tajribalarni o`rganish va ommalashtirish.
4. Ota-onalarni maktab hayoti va faoliyati bilan tanishtirish.
5. Muayyan oilalarga pedagogik va psixologik yordam ko`rsatish.
6. Ota-onalarni bolalarga ta`lim va tarbiya berish ishlariga jalb etish.
7. Ota-onalar bilan an`anaviy va noan`anaviy hamkorlikda ishlash shakllarini tavsiya etish. Bu esa ota-onalarni maktab ta`lim tarbiya ishlariga qiziqishlarini oshirish.
8. Pedagoglar, ota-onalar va bolalarning faol ishtirokini ta`minlovchi loyixali faoliyatni tashkillashtirish.
Bu esa maktab bilan ota-onalar faoliyatining integratsiyalanishini ta`minlaydi. Bu kabi loyixalarga ota-onalarni jalb etish orqali ota-onalar ta`limiy jarayonlarning faol ishtirokchilariga aylanadilar, o`zlarining pedagogik bilimlarini oshiradilar, o`z farzandlarining yashirin qirralarini kashf etadilar. Har bir ota-ona o`z farzandini sog`lom, baxtli bo`lishini xoxlaydi. Lekin bunga erishishda sog`lom turmush tarzini (STT) shakllantirish, valeologik me`yorlarga amal qilish muhimdir. SHu asosda o`sib o`sib kelayotgan farzandlar atrofidagi insonlar bilan yaxshi munosabatda bo`lib xayotga ijtimoiylashuvi amalga oshadi. Bunga erishishda ota-onalar bilan pedagoglarning bola tarbiyasida samarali hamkorlikni amalga oshirishlari uchun qo`yidagi tamoyillarga amal qilishi lozim bo`ladi. Ota-onalar bilan pedagoglarning bola tarbiyasida samarali hamkorlikni amalga oshirishlari uchun qo`yidagi tamoyillarga amal qilishi lozim bo`ladi. Bu ishlar maktablarda aynan boshlang`ich sinflardanoq boshlanishi maqsadga muvofiqdir. Bular:
1. Tizimli xamkorlikni anglash tamoyili. Bunda ota-onalar ham, pedagoglar ham bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan yagona maqsad sari hamkorlikni tashkil etishning mohiyatini anglab etishi lozim.
2. Kuchlarni birlashtirish tamoyili. Ota-ona va o`qituvchilarning bola tarbiyasida bor imkoniyatlari va kuchlarini safarbar etishi tushuniladi.
3. Variativlik tamoyili. Bola tarbiyasida ota-ona ham o`qituvchilar ham samarali ta`lim va tarbiya ishlarining turli variantlarini qo`llashi nazarda tutiladi.
4. To`ldirish tamoyili. Bola tarbiyasida ota-onani o`qituvchi va aksincha o`qituvchini ota-ona to`ldirib borishi lozim.
5. Operatsion kompetentlik tamoyili.
6. Xamkorlikda ishlash tamoyili. Bola tarbiyasi yo`lida maktab, oila va mahalla jipsligi ta`minlanmas ekan, tarbiyada ijobiy natijalarni ko`rish mushkul
7. Daxldorlik tamoyili. Bola tarbiyasi uchun ham ota-ona, ham pedagogo`qituvchilar jamoasi, ham keng jamoatchilik o`zii chetda ushlab turmasligi, befarq va beparvo bo`lmasligi, doimo xush`yor turishi lozim.
8. Tushunish tamoyili. Har ikkala tomon ham (o`qituvchi va ota-ona) bola tarbiyasi borasida bir-birini tushungan holda hamkorlik qilishi, bola tarbiyasiga doir davlat siyosatini tug`ri anglashi talab etiladi.
9. Kelishuv tamoyili. Kelishuv — bu ikkita tomonning bir fikrga kelishi, bola tarbiyasida maktab bilan oilalarning o`z pozitsiyalarini anglab etishi, xuquqlari bo`yicha kelishib olishidir. Bu printsip shartnoma asosida amalga oshadi. Uning asosiy maqsadi bola shaxsini rivojlantirishga doir ikki tomonlama kelishuv hisoblanadi. Sinf raxbarlarining oilalar bilan kelishuv tamoyilini amalga oshirishdagi xamkorlik shakllari: - maktabning taqdimoti (umumiy tavsifnoma, uning tariyxi, maqsadi, an`analari, yutuqlari, faoliyat turlari, o`quvchilarining o`ziga xos jixatlari, pedagoglarning kasbiy faoliyati), - maktab kodeksi bilan tanishtirish (maktab hayotini yorituvchi matnni yozma va og`zaki taqdim etish), - ota-onalar majlisi (ta`lim jarayonini tashkil etishga doir munozaralar, maktab va ota-onalar tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish choralari), - maktabning ochiq kunlari (ota-onalar tomonidan darslarni, tarbiyaviy tadbirlarni kuzatishi, bolalarning ijodiy ishlarini tashkil etishi), - ota-onalar lektoriyalari (pedagogika, psixologiya, gigiena, etika bo`yicha ilmiy ma`ruzalar o`qish), - ota-onalar uchun axborotlar (maktabdagi tadbirlar haqida doimiy eslatish, bolaning yutuqlari va kamchiliklari haqidagi pedagogning yozma ma`lumoti), - aylana stol (o`kuvchining ta`lim va tarbiyasiga doir masalalarni, oiladagi sharoitini xamkorlikda muxokama qilish), - ota-onalar kengashi (maktab ma`muriyati bilan doimiy alokada bo`luvchi ota-onalar va pedagoglar tomonidan saylangan ota-onalar guruxining maktab xayotiga bog`lik masalalarni taxlil etishi), - savollar va javoblar kechasi (bolaning shaxsiy rivojlanishiga doir pedagoglar bilan ota-onalarning uchrashuvi), - tavsiya etilgan kitoblar, adabiyotlar teleko`rsatuvlar (bola tarbiyasiga oid asarlarni o`qishni yozma yoki og`zaki tavsiya etish) Demak, maktab bilan ota-onalarning xamkorligi qanchalik yaxshi tashkil etilgan bo`lsa shunchalik bola tarbiyasida muammolar kamayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |