O’QITUVCHILAR UCHUN MUHIMLARI
ota-onalar yig’ilishini yaxshi kayfiyat bilan boshlash kerak, yomon kayfiyatni eshik ortida qoldirish kerak;
yig’ilish 1-1.5 soatdan oshmasligi kerak;
yig’ilishda ota-ona ismi, familiyasi yozilgan ro’yxat stol ustida tursin, ismi familiyasi bilan yo’qlama qiling!;
yig’ilish boshlanishidan oldin ko’riladigan masalalar xattaxtaga yozib qo’yilsin;
oltin qoida esingizdan chiqmasin: avval ijobiy xabar so’ngra salbiy xabarlarni e’lon qilinsin!;
ota-onalarga aytilgan hamma xabarlar bolalarga yetkazilishi shart emas!;
yig’ilishga vaqt ajratib kelgan ota-onalarga minnatdorchilik bildirish kerak (ayniqsa otalarga);
bolalarni o’qitish qiyinligini ota-onalar tushinib yetsin;
alohida suhbatda o’quvchining yutuqlari aytib o’tilsin!;
ota-ona “yomon o’quvchi”, “yomon odam” emasligini tushinib yetsin”;
har bir ota-ona yig’ilishdan o’z farzandiga yordam bera olishini his qilib qaytsin;
yig’ilishga kelmagan ota-onani hammaning oldida muhokama qilmaslik kerak;
alohida o’quvchilar va turli sinflar yutuqlarini taqqoslamaslik kerak;
bitta qoniqarsiz o’quvchi deb butun sinfga yomon baho berish kerak emas!;
II-bob Boshlang’ich sinfda ota-onalar majlisini tashkil qilishning o’ziga xos jihatlari
2.1 Ota-onalar majlisining turlari
O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan uzluksiz ta`lim ta`limning alohida turi hisoblangan boshlang`ich ta`lim bola hayotidagi eng muhim pallalarning biri hisoblanadi. Maktabga qadam qo`ygan yosh nihol maktab hayotiga moslishishi, akademik bilimlarni o`zlashtirish jarayonlarining ishtirokchisiga aylanadi. Bola uchun qiyinchiliklar tug`diradigan ushbu vaziyatda ularning eng yaqin yordamchisi ota-onalari hisoblanadi. Ota-onalarning maktab bilan, bola ta`lim oladigan sinf rahbari bilan mustahkam aloqasi bolaning maktab hayotiga ijtimoiylashuvida muhimdir. Bunda maktab hayotining ajralmas qismi sanalgan va asrlar davomida o`zining samarali natijalarini berib kelgan va an`ana tusiga kirib qolgan ota-onalar majlislarining o`rni beqiyos. Zero ota-onalar majlislari bevosita bolaning har tomonlama rivojlabi, komil shaxs sifatida shakllanishi uchun xizmat qiladigan otaona hamda sinf rahbarlarining hamkorlikdagi faoliyatiga aylanishi zarur. “Tan olish kerak, ba`zan farzandlarimizni o`ylantirayotgan, ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqmaymiz. Nega kayfiyati yo`qligini shunchaki taxmin qilamiz, xolos. Undagi qo`rslikni yoshda bo`ladigan o`zgarishlarga yo`yamiz. Qoniqarsiz baho olib kelganda esa ta`na-dashnomlar qilib, uning ruhini tushiramiz. Bu kabi masalalarning eng to`g`ri echimini ota-onalar majlisida topish mumkinligini anglab etmaymiz..... Yangi o`quv yili boshlanishi bilan ikki tomon – ota-onalar va o`qituvchilarda turli savollar, taklif-mulohazalar va fikrlar paydo bo`ladi. Buni anglagan o`qituvchi vaqtni ortga surmay, darhol majlis tayin etadi. Zero, bola tarbiyasini nazoratga olish, darsdagi ishtirokini faol yo`lga qo`yishda ana shunday uchrashuvlarning tez-tez o`tkazilishi muhim sanaladi» - deydi amaliyotchi o`qituvchilar. Darhaqiqat, boshlang`ich sinflarda ota-onalar majlislarini tashkil etish o`ziga hos xususiyatlarga ega. Ushbu hususiyatlarga aniqlik kiritish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahridagi «Progress» ta`lim va rivojlantirish markazi ixtisoslashtirilgan maktabining (so`ngra Xalq ta`limi bo`limi qoshidagi 46-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi maqomi berilgan) boshlang`ich sinf o`qituvchilari bilan klaster yondashuv asosida hamkorlikda ish olib borildi. Klaster yordamida olimlar tomonidan otaonalar majlislarini tashkil etish metodikasiga doir ilmiy bilimlar amaliyotchi sinf rahbarlari bilan tahlil etilib, ularni amaliyotga joriy etish masalalari o`rganildi. Bu tahlillar qo`yidagi qoidalarda o`zining aksini topadi: 1. O`quvchilar va ota-onalarning oldida sinf rahbarining tashqi qiyofasi katta ahamiyatga ega va bu haqda maktab ma`muriyati o`qituvchilarga eslatishga hnch ham charchamaydilar. Ayniqsa ota-onalar bilan uchrashuvda sinf rahbarlari barcha pedagog imijiga amal qilinishi talab etiladi.
2. Hech qachon ko`rsiga o`tirgan holda ota-onalar maslisini o`tkazishga ruxsat etilmaydi va bu qat`iyan ta`qiqlanadi.
3. Majlis o`tkazishga o`qituvchining psixologik shay turishi – majlisni ko`tariki bayramona kayfiyatda tashkil etish. Ota-onalar majlisini tashkil etishda mumtoz sxemaga amal qilish:
A). Yig`ilishni butun sinf jamoasini maqtovdan boshlash (bolalarning turli konkurslardagi ishtiroki, o`quv ishlari natijalarining monitoringi, o`zlarini tutishi va tartib-intizomi haqida malumotlar berish).
B). Bolalardagi murakkabroq va noxushroq (agarda bu kabi holatlar bo`lsa) holatlarni yig`ilishning o`rta qismida muhokama qilish.
V). Yig`ilishni sinf jamoasining istiqbollari haqidagi masalalar bilan yakunlash – ushbu o`quv yilining oxirida bizning bolalarimizni nimalar ko`tmoqda (ekskursiyalar, yurishlar, bayramlar)
G). Hech qachon sinfdagi «tarbiyasi og`ir bolalar»ning muammolarini boshqa ota-onalar oldida muhokama qilmaslik. Bunday bolalarning ota-onalari bilan majlisdan so`ng individual suhbatlar tashkil etish.
D). Esda tuting, har bir ota-onaning o`z quvonchlari va muammolari mavjud Ko`rinib turganidek, maktablarda ota-onalar majlislarini tashkil etish metodikasiga jiddiy e`tibor qaratish lozim. CHunki o`qituvchi – bu shunday shaxski, unga ota-onalar o`zining eng bebaho javohiri bo`lgan farzandini topshiradilar. Maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchilari ota-onalar majlislari maktab rahbariyati bilan kelishilgan holda, aniq grafik asosida tashkil etiladi. Bu grafik maktabning direktori tomonidan tasdiqlanib, so`ngra bu haqda ota-onalarga e`lon qilinadi. Ota-onalar majlislarida har xil tashkiliy masalalar bilan bir qatorda bolaning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bolaga samarali ta`lim berish, ularning tarbiyasiga ijobiymi yoki salbiymi ta`sir ko`rsatadigan omillar, bolalar psixologiyasi va fiziologiyasi, bolalar gigienasiga, ularning iste`dodi, kreativligi, qobiliyatlariga oid muammolar ham hal qilinishi maqsadga muvofiqdir. Barcha ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning asosiy shakllaridan biri - bu otaonalar yig`ilish hisoblanadi. Ota-onalar majlislarida ko`riladigan masalalarning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ular qo`yidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |