O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“PEDAGOGIKA” FAKULTETI
“Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs 206 - guruh talabasi Sultonboyeva Donoxonning
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning tashkil etish usullari,Noananaviy tarbiyaviy soat mashg’ulotining tashkil etish usullari. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
Topshirdi: Sultonboyeva.D
Qabul qildi: ____________________________
REJA
1.KIRISH.
2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni va mohiyati.
3. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazishning shakl va metodlari.
4.Boshlang`ich sinflarning tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi.
5.Xulosa
K I R I SH
O‘quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarda asosiy vazifalari bo‘lmish ilm olishga ishtiyoq uyg‘otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratishdan, maktabni muvaffaqiyatli tugatish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iboratdir. Yoshlarning kundalik ehtiyojlari, intilishlari, talab va qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilan qondirib bo‘lmaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog‘i lozim. Har bir o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan o‘rganish sinf faoliyatiga yangicha mazmun olib kiradi. Yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo‘lish, jonajon Vatanini cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib toptirish – vatanparvarlik tarbiyasining mag‘zi bo‘lmog‘i lozim. Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab etmoqda.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni va mohiyati
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish lozim. Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg‘armalari, qo‘mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanib boradi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlagan holda, uning shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan himoya qilish juda muhim.
Tarbiyaning bosh maqsadi
yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqib amalga joriy etishdir
Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin
fan to’garaklari
mohir qo’llar to’garaklari
badiiy to’garak
sport to’garaklari
Do'stlaringiz bilan baham: |