Demokratik usul. Pedagog talaba bilan muloqotda talabaga teng huquqli
hamkor sifatida qaraydi. Guruh bilan birgalikda ishlaydi. Talabalar bilan muloqotda
hammaga teng, ularni kuchli va kuchsizlarga ajratmaydi. Talabalarning mustaqil fikri
va faoliyatini, tashabbusini rivojlantiradi va rag’batlantiradi. Talabaning faqat
o’zlashtirishini emas, balki uning shaxsi, ruhiy holati, faoliyati, individual sifatlarini
ham inobatga oladi. Bu usulning asosiy xususiyati – guruhning faol ishtiroki, o’zaro
yordam va umumiy yutuqlardan faxrlanishga imkoniyat yaratiladi. Bu usul
talabalarda psixologik qoniqish hissini, o’z qadr-qimmati va o’ziga nisbatan ishonch
tuyg’usini hosil qiladi. Natijada o’quv faoliyatiga bo’lgan ichki ijobiy motivasiya,
qiziqish va mas’uliyat rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |