O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM VA TARBIYAVIY ISH YO’NALISHI
PEDAGOGIKA KAFEDRASI
«UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYaSI VA AMALIYoTI» FANIDAN
«DEMOKRATIK JAMIYATDA O’QITUVCHI SHAXSI»
MAVZUSIDAGI
Bajaruvchi: 1-bosqich talabasi Kasimova S.
Ilmiy rahbar: Sh.O’roqov
Kurs ishi pedagogika kafedrasida bajarildi.
Kafedra mudiri:
dots. A.Abdumannotov
Kurs ishi kafedraning 2013-yil ___ maydagi majlisida himoya qilindi va
______ foizga baholandi.
Komissiya raisi:
A’zolari:
SAMARQAND – 2013
2
REJA
KIRISH.
ASOSIY QISM
1
O’qituvchi shaxsi va uning jamiyatda tutgan o’rni. Uzluksiz ta’lim
tizimida
2.
O’qituvchi shaxsining shakllanishi va ularga qo’yiladigan talablar
3
Zamonaviy pedagogning innovasion faoliyatining modeli, uning
rivojlanish istiqbollari
4
Zamonaviy pedagogning professional potensiali va ularga
qo’yilgan talablar
ІIІ.
XULOSA
IV.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI
3
KIRISH
Kadrlar Tayyorlash Milliy dasturining maqsadi ta’lim-tarbiya sohasini tubdan
isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos
etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini
yaratishdir. Dunyoga yangi ko’z bilan qaraydigan, uddaburon, ishning ko’zini
biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi mutaxassis
kadrlarni tayyorlash, Respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muhim va
mas’uliyatli vazifadir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mustaqil O’zbekistonda
yoshlarning tutgan o’rnini alohida ta’kidlab, har bir insonning, ayniqsa, endigina
hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish
kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishishlari o’zlariga bog’liq ekanligini
anglab yetishlari kerak”, - degan edilar. Mamlakatimizda sog’lom va barkamol
avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga
chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan
har tomonlama rivojlangan barkamol shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur
shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan
chora-tadbirlarini
amalga
oshirish
maqsadida,
shuningdek,
O’zbekiston
Respublikasida 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilingani munosabati
bilan unda quyidagilar asosiy vazifalar belgilab olindi:
1. Tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va
sohalaridagi mavjud talabga alohida e’tibor qaratgan holda, o’sib kelayotgan avlodga
ta’lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash,
undan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari, o’quv
dasturlari va o’quv uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish;
Ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikasiya va pedagogik
texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali
4
mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, liseylari va oliy o’quv yurtlarida
o’qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o’quv-laboratoriya
bazasini zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi
bilan mustahkamlash, shuningdek, o’qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy
hamda ma’naviy rag’batlantirish bo’yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish;
Ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyali yoshlarni ilmiy faoliyatga
keng jalb etish, ularning ijodiy va intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun
sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 9 dekabrdagi 3329-
Farmoyishiga binoan tuzilgan Respublika komissiyasiga “Barkamol avlod yili”
Davlat dasturi bajarilishini tashkil etish va uning ijrosi monitoringini amalga oshirish
vazifasi yuklandi.
Pedagoglik ixtisosligini tanlagan har bir inson kimlarni o’qitayotgani va
tarbiyalayotganligi uchun o’ziga katta mas’uliyat va javobgarlikni oladi. U o’zining
kasbiy tayyorgarligiga javob berishi bilan birga, pedagog, o’qituvchi, tarbiyachi,
muallim sifatida o’z zimmasiga ko’plab majburiyatlarni olishi zarur.