Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati.
BMI ning amaliy ahamiyati shundan iboratki, uning xulosalaridan umumiy o`rta ta‘lim maktablarining boshlang`ich sinf o`qituvchilari dars iishlanma tuzishlari uchun, oliy o`quv yurti talabalari kurs ishlari tayyorlashda, ma‘ruza matnlari tuzish kabilarda foydalanishlari mumkin.
Ushbi BMIda yil davomida olib borilgan pedagogik amaliyot natijalaridan, Termiz shahridagi 11-umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf
o`qituvchilarining uzoq yillik ish tajribalaridan, markaziy metodik jurnal va gazeta materiallardan, ilmiy-amaliy konferensiy maqola va tezislaridan unumli foydalandik. Bitiruv malakaviy ishida, shuningdek, internet sahifalarida e`lon qilinayotgan yangiliklardan ham imkon qadar foydalandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |