«shuning uchun» bog‗lovchisi oldidan vergul qo‗yish ko‗nikmasini hosil qilish
Bu ishni yoiga qo‗yish uchun matnni tahlil qilish paytida o‗quvchilar bulardan
qayta hikoyalashda, ba‘zan yozma ish vaqtida foydalanishlari uchun yozuv
tayyorgarlik qisman ona tili darslarida bajariladi. 0‗qituvchi bayonni bayon
yozdirishi kerak. Bayon matnidagi yangi sp‗zlarning yozilishini darslardagi
Bayondagi xatolarning oldini olish mashqlari xuddi ikkinchi sinfdagidek
o‗tkaziladi. Reja savollarida uchraydigan qiyin so‗zlar esga solinadi. 0‗quvchilarni
sarlavha, reja mazmunini anglab olishga odatlantirish lozim. Ma‘lumot uchun
44
so‗zni chegaralangan miqdorda berish kerak. Hammasidan ham ularni reja
savollari bilan yonma-yon joylashtirish yoki reja ostiga alohida ro‗yx.at qilib, 3-4
so‗z kiritish mumkin. Matnni ko‗rish orqali qabul qilish uchinchi sinfda imloga
tayyorlanish uchun qiyinchilik tug‗diradi, chunki matn yozuv taxtasiga yozish
uchun kattalik qiladi. Shunga qaramay, qiyin so'zlarni imloviy tahlil qilish uchun
matndan katta bo‗lmagan bir parchani yozuv taxtasiga yozish mumkin.
Xatolarning oldini olishga oid ish tugagach, yozuv taxtasidagi yozuv o‗chiriladi.
Ba‘zan bayonda xatoga yo‗l qo‗ygandan ko‗ra, o‗quvchiga yozuv taxtasidagini
ko‗chirib olishga ruxsat bergan ma‘qul. Bu juda kam uchraydigan holdir. Fikrimiz
ko‗proq ko‗chirma gaplarga taalluqli. Masalan, «Kel bo‘talog‘im. Olani qashlab
tur!», -
dedi buvisi. Gap ishtirokchilarning harakatlarini tushuntiradi. 0‗quvchilar
qachonki ko‗chirma gap mazmunini o‗zlashtirma gap shaklida bermoqchi
bo‗lsalar, ular nutqda palapartishlikka yo‗l qo‗yadilar, tinish belgilarini o‗z o‗rnida
ishlata bilmaydilar. Shuning uchun ular yozuv taxtasidagi matndan foydalansalar,
to‗g‗ri va savodli yozishga erishadilar.
Uchinchi sinf o‗quvchilarining bayonlarini tekshirganda o‗qituvchi barcha imlo
xatolarini tuzatishi shart emas, balki diktant va boshqa nazorat ishlaridagi xatolarni
ko‗rsatishda qo‗llangan usullardan foydalanishi ham mumkin.
Uchinchi sinfda bayonlar muhokamasiga maxsus dars ajratmay, navbatdagi ona tili
darsida bayon matnining mazmunini yoritishda va gaplarni tuzishda yo‗l qo‗yilgan
xatolarni tuzatish ishiga 12-15 daqiqa vaqt ajratish kifoya qiladi. 0‗quvchilarning
bayonda yo‗l qo‗yadigan xatolari ustidagi ishni shunday rejalashtirish kerak-ki, bu
ona tili darsida navbatdagi grammatik imloviy mashqlar bilan qo‗shilib ketsinj
0‗yin mashg‗ulotlari ta‘lim jarayonida o‗quvchilaming egallan- gan bilim,
ko‗nikma va malakalariga tayanadi va shundagina o‗quvchilar o‗yinning samarali
yechimlarini topa biladilar, o‗zlari va atrofdagilarga talabchanlik namoyon
qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: