Termiz
davlat
universiteti
Pedagogika
fakulteti
4-kurs
talabasi
Chorshnbiyeva Shaxzoda Boyitovnaning
5141600-
Boshlang‟ich ta‟lim va sport tarbiyaviy ish ta‟lim yo‟nalishi
bo‟yicha bakalavr darajasini olish uchun
“Ona tili darslarida
o‟quvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirish metodlari
”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
X U L O S A S I
Bugungi kunda xalq ta`limi hodimi oldida turgan eng muhim masala bu– yosh avlodni
barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Buning uchun salohiyatli, zamonaviy ilm-fan sirlarini
puxta o`zlashtirgan kadrlarga ehtiyoj sezilmoqda. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilar nutqiy va
imloviy savodxonlikka ega bo`ladigan ona tili ta`limida o`quvchi o`z fikrlarini ravon bayon qila
oladigan bo`lishi va to`g`ri, savodli yoza oladigan bo‘lishi kerak. Shu jihatdan, boshlang`ich
sinflarning ona tili darslarida o`quvchilarning imloviy bilimlarini bosqichma- bosqich, tadrijiy
ravishda takomillashtirib borish lozim.
Bitiruv malakaviy ish mavzusi ham ayni shu masalalardan biriga qaratilgan.
O‘quvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirish metodlari isning dolzarb masalaga
bag‘ishlanganligini bildiradi.
Bitiruv malakaviy ish tuzilish jihatdan kirish, ikki bob, oltita qism, umumiy xulosa va
adabiyotlar ro‘yxatdan iborat bo‘lib, ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va
vazifalari, tanlangan metodlar va ob‘yekti, amaliy ahamiyati va tuzilish jihatlari yoritilgan.
Ishning birinchi bobi ―O`quvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirish
metodlarining ilmiy–nazariy asoslari‖ deb nomlangan, unda o`quvchilar imlosiga qo`yilgan
bilim,
ko`nikma
va
malaka
talablari
hamda
o`quvchilarning
imloviy
bilimlarini
takomillashtirishning an‘anaviy va noan`anaviy usullari nazariy va amaliy jihatdan asoslangan.
Mazkur bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobi ―Imloviy bilimlarni imloga doir
mashqlar va mashg`ulotlar asosida takomillashtirish‖ deb nomlanib, ushbu bobda ona tili
darslarida o`quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish usullari, imloviy bilimlarni ta`limiy
diktantlar va bayonlar vositasida takomillashtirish, maxsus metodlar asosida imloviy bilimlarni
tekshirish usullari va 3-sinf ona tili darslarida interaktiv metodlar asosida imloga doir
mashg`ulotlarni tashkil etish kabi masalalar metodik jihatdan yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ish reja bo‘yicha, mantiqiy fikrlar asosida, izchil bayon qilingan. Ish
mazmunan chuqur yoritilgan, yozilish uslubi sodda va tushunarli.
71
Talaba ishda qo‘llagan usullarida biroz mavzudan chetlashishlarga yo‘l qo‘ygan, lekin
butunlay chetga chiqish holatlari uchramaydi. Ushbu bitiruv malakaviy ish reja asosida
tugallangan, umumiy xulosalangan va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Yuqoridagi juz‘iy kamchiliklar
ishning qiymatini pasaytirmaydi.
Bitiruv malakaviy ish oliy ta‘lim tizimi talablari darajasida bajarilgan, tarkibiy jihatdan
tugallangan, metodik tavsiyalar berilgan. Shu boisdan, mazkur bitiruv malakaviy ishini
himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar:
Sh.Turdiqulov
11.05.2013