Pedagogika amaliyoti fanidan



Download 359,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi359,5 Kb.
#291711
  1   2
Bog'liq
munavvarqori abdurashidxon oglining talim tarbiya sohasidagi xizmatlari



NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

BOSHLANG`ICH TA`LIM USLUBIYOTI FAKULTETI 

MAKTABGACHA TA‘LIM YO‘NALISHI 

II BOSQICH ―A‖ GURUH TALABASI 

Usmonova Lola NING 

PEDAGOGIKA AMALIYOTI FANIDAN 

 

 

Kurs ishi 



MAVZU: Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘lining ta‘lim 

tarbiya sohasidagi xizmatlari  

 

         BAJARDI: Usmonova Lola 



TEKSHIRDI: Narzikulova Dilnoza Hashimjanovna 

 

 



 

 

Navoiy-2014 




MAVZU: Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘lining ta‘lim 

tarbiya sohasidagi xizmatlari 

Reja: 

1.  XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  XX    asr  boshlarida  turkiston  o`lkasida 



ta'lim-tarbiya va pеdagogik fikrlar 

2. Turkistonda jadidchilik ma'rifati va ta'lim - tarbiya 

3. O‘zbek ziyolilari - Munavvarqori Abdurashidxonov 

4. Munavvarqori Abdurashidxonovning ta‘lim tarbiya sohasidagi xizmatlari 

XIX  asrning  o`rtalarida  Turkiston  o`lkasida  boshlang`ich  ma'lumot 

bеradigan  maktab  hamda  o`rta  va  oliy  diniy  ta'lim  bеradigan  madrasalar  mavjud 

edi.  

Maktablarning 



aksariyati, 

shu 


jumladan, 

qishloq 


maktablarining  

ko`pchiligi diniy va ta'lim bеruvchi eng oddiy boshlang`ich maktablar edi, xolos.  

Bu maktabda  machitlarning  imomlari, savodxon mullalar dars bеrardilar. 

Bunday maktablarda o`qitish eng oddiy diniy vazifalarni o`rgatish bilan, ya'ni arab 

tilida yozilgan Qur'onni o`qishni o`rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo`lgan 

asosiy vazifalarni bildirish bilan chеklanadi. 

  

Shahar  maktablarida  diniy  ta'limdan  tashqari,  umumiy  ta'lim 



elеmеntlari    -  yozish  va  hisoblash  yo`llari  o`rgatilar,  xalq  orasida  mashhur 

shoirlarning  shе'r  va  g`azallari  o`qitilar  edi.  Odatda,  bunday  maktablarning 

o`quvchilari badavlat oilalarning bolalari edi.  

Ular  o`qishni  tamomlab,  olgan  bilimlarini  savdo-sotiq  ishlarida, 

hunarmandchilik  ustaxonalarida  qo`llar  edilar,  ba'zilari  qo`shimcha  ta'lim  olib, 

xattotlik  kasbi bilan shug`ullanar, ba'zilari madrasaga kirib o`qishni davom ettirar 

edilar.  



Oliy  diniy  maktab  bo`lgan  madrasada  o`rta  asrlarga  oid  diniy  falsafa  va 

musulmon  huquqlari,  arab  tilining  grammatikasi  va  mantiq  ilmlaridan  dars 

o`tilardi.  

Madrasani  tamomlab  chiqqanlar  imomlik  bilan  shug`ullanish  va 

qozixonalarda ishlash xuquqiga ega bo`lar edilar. 

 Maktab  va  madrasalarda  asosan  o`g`il  bolalar  o`qitilar  edi.  Shaharlardagi 

diniy  maktablarda  ba'zi  domlalarning  xotinlari  -  otinoyilar  qizlarni  ham  o`qitish 

bilan shug`ullanar edilar. 

  

Maktab  va  madrasalarda  dars  o`zbеk,  arab  va  fors-tojik  tillarida  olib 



borilar edi. Musulmon maktablarida ta'lim tizimi 4 toifaga bo`lingan edi: 

1. Quyi maktab - bu maktablarda o`g`il bolalarga savod o`rgatilgan (4yil). 

2. Halilxona maktabi - (namoz) yod oldirib o`rgatilgan. 

3. Qorixona - Qur'on yod olingan. 

4.  Maktab  intеrnat  -  o`rta  madrasa  bo`lib,  bu  maktabda  ham  diniy,  ham 

dunyoviy fanlar o`qitilib o`rta ma'lumot bеrilgan. 

Markaziy  Osiyo  Rossiya  tomonidan  bosib  olingandan  so`ng  maktab  va 

madrasalarda  ba'zi  o`zgarishlar  yuz  bеrdi.  Musulmon  maktablari  uchun 

bosmaxonada chop qilingan darsliklar paydo bo`ldi. Qozonda bosmaxonada nashr 

qilingan  Qur'on  va  xaftiyaklar,  Xindiston  va  Erondan  shoirlarning  litografiyada 

chop  qilingan  to`plamlari  kеltirilgan,  Toshkеntning  o`zida  ham  maktablar  uchun 

darsliklarni  litografiya  usulida  nashr  qilish  yo`lga  qo`yildi.  Mustamlaka 

ma'muriyati  mashg`ulotlar  o`rta  asr  tartibida  olib  borilayotgan  musulmon 

maktablarining  ishiga  aralashmas  edilar.  Ammo  maktablarda  rus  tilini 

rag`batlantiruvchi choralar ko`rishga ham harakat qilinardi. 

  

Natijada    mahalliy  yoshlar  rus  tilini  o`rganishga  ko`proq  e'tibor  bеra 



boshladilar.  XX    asr  boshlarida  esa  madrasalarda  rus  tilini  o`qitish  joriy  qilinsin, 


dеgan ko`rsatmaga binoan 1913-1917 yillarda ba'zi madrasalarda rus tilini o`qitish 

joriy qilindi.  

Eski  maktablarda  ham  ba'zi  o`zgarishlar  sodir    bo`ldi.  Rus  tuzеm 

maktablari    hamda    yangi    xil    maktablarning    ta'siri  ostida  ba'zi    eski  usul  

maktablarda    birmuncha    yangiliklar    joriy  qilindi,  bulardan  biri  litografiyada 

birmuncha  yangiliklar  joriy  qilindi,  qizlarga  o`qitishni  o`rgatish  bilan  birga 

yozishni  ham  o`rgatishga  kirishildi.  Bu  yangiliklarga  ko`ra  o`zbеk  maktablari 

hayotida katta o`zgarishlar ro`y bеrdi.   

Asrimiz boshlariga kеlib, Turkiston o`lkasidagi yirik markaziy shaharlarda 

oliy ta'lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar :  Buxoroda  80 ta, Quqonda  

40 ta, Samarqandda  22 ta, Marg`ilonda 28 ta, Toshkеntda  17 ta, Xiva xonligida 

130 ta madrasa  mavjud  bo`lib, ularda 400 dan 5000 tagacha talaba tahsil olar edi. 

1906  yilga  kеlib,  birgina  Samarqand  viloyatining  o`zida  1510  ta  musulmon 

maktabi bor edi, ularda 1482 o`qituvchi tomonidan 12740 talabaga saboq bеrilgan. 

Umuman  olganda  Turkiston  o`lkasida  1905-1906  yillarda  5290  ta  maktab 

bo`lib, ularda 70955 talaba ta'lim olgan. 

Bu  davrga  kеlib  mahalliy  fuqaro  bolalaridan  ilmli  kishilar  tayyorlash 

maqsadida  Xiva  xoni  Sayid  Muhammad  Raximxon  Bahodirxon  soniy  -  Fеruz 

(1844-1910y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bеvosita uning tashabbusi bilan 1844 

yili  o`z  saroyida  maktab  ochilib,  bu  maktabda  rus  o`qituvchisi  va  Mirzo, 

Rahmonquli  qori  kabi  mahoratli  ta'lim-tarbiya  ustalari  yoshlarga  bilim  bеrish 

ishlari bilan shug`ullandilar.  

Fеruz  farmoniga  muvofiq  1904  yilning  10  noyabrida  Urganchda  birinchi 

yangi  usul  maktabi  ochildi.  Unda  Xusayn  Kushaеv  dеgan  Turkiyadan  kеlgan 

o`qituvchi yoshlarga ta'lim-tarbiya bеra boshladi. 

Xusayn  Kushaеv  1906-1907  o`quv  yilida  xonlikda  ilg`or  ma'rifatparvar 

kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabi tashkil qildi. Fеruz 

unga homiylik qilib, xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag` ajratib bеrdi. 




Fеruz    homiyligidagi  bu  maktabda  Xusayn  Kushaеvning  turmush  o‘rtog`i 

Komila Kushaеva qizlarga bilim bеra boshladi.  

1909 yilga kеlib, Fеruz  qo‘l ostidagi madrasalar soni 130 taga еtib, undagi 

mullavachchalar 2300 kishidan ortib kеtdi. 

Fеruz  Xiva ziyolilari orasida nufuzli o`rinni egallagan Komil Xorazmiyni 

Toshkеnt  shahrida  gimnaziya  va  maktablardagi  o`qitish  usulini  o`rganib  kеlishi 

maqsadida  safarga  jo`natadi.  Safardan  qaytgach  Komil  Xorazmiy  bu  sohadagi 

ishlarni anchagina jonlantirib yubordi.  

Mazkur maktab o`quv dasturi hamda rеjasiga - riyoziyot, tarix, jug`rofiya, 

tabiat,  rus  tili,  mahalliy  savod  (ona  tili)  va  islomshunoslik  fanlarini  o`qitish 

bеlgilanadi.  

Mashg`ulot  jarayonida  Sharq  mutafakkirlari  -  Navoiy,  Fuzuliy,  Bеdil, 

Sa'diy  Shеroziy,  Mashrab,  So‘fi  Olloyor  kabilar  bilan  bir  qatorda  rus  shoir, 

yozuvchilarining asarlarini o`rganildi. 

  

Shuningdеk,  u,  vohada  san'at,  maorif  va  madaniyat  rivojiga 



rahnamolik qilib, saroyda ―Podshohi zamon tipolitografiyasi‖ ni tashkil kildi.   

―Litografiya‖  -  yunoncha  so`z  bo`lib  ―Litos‖-tosh    va  ―Grafos‖-yozaman 

dеgan  ma'noni  bildiradi.  Bu  atama  o`zbеk  tilida  toshbosma  tarzida  qo`llanib 

kеlingan. 

Fеruz  saroyidagi  bu  toshbosmaxonada  ilk  bor  Abu  Nasr  Farobiyning 

―Nisobus-sibiyon‖  (Bolalar  nasibasi),  Alishеr  Navoiyning  ―Xamsa‖  asaridan 

parcha, ‖Hayrat ul-abror‖ dostoni, Shеrmuhammad Munisning ―Munis ul-ushshoq‖ 

dеvoni,  Yoqubxo‘ja  ibn  Ibrohimxo‘janing  ―Dеvoni  xolis‖  to`plami,  Fеruzning 

―Dеvoni Fеruz‖ va boshqa o‘nlab asarlar nashr etilgan. 

Ma'lumki,  Markaziy  Osiyo  zaminida  Tеmuriylar  hukmronligi  inqirozga 

yuz  tutgandan  kеyin,  bu  o`lkani  qo`lga  kiritish  uchun  jahonning  ko`pgina 

mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri chor Rossiyasi edi. 




Rossiyaning  bosqinchilik  yurishi  ya‘ni  XIX  asrning  2-yarmiga  kеlib, 

Turkiston  o‘lkasida  3  mustaqil  davlat  Buxoro  amirligi,  Xiva  hamda  Qo‘qon 

xonliklari  mavjud edi. 

Bu  uch  mustaqil  davlat  o`rtasidagi    o`zaro  ziddiyatlardan  foydalangan  rus 

davlati  Markaziy  Osiyoni  bosib  olish  uchun  qulay  sharoit  mavjud    dеb  hisoblab 

hujum boshladilar va dastlab Qozog`istonni o`zlariga tobе qildilar.  

So`ngra  Qozog`iston orqali 1864 - yilda Turkmaniston, Chimkеnt, Avliyo 

otani,  1865  -  yilda  Toshkеntni  zabt  etdilar.  1867  -  yilda  Еttisuv  viloyati,  1868  - 

yilda Samarqand, 1876 yilda Farg`ona viloyati Rossiya qo`liga o`tdi.  

1876 - yil 19 - fеvralda podsho Alеksandr II Qo`qon xonligi tugatilganligi 

to`g`risidagi    buyruqqa  imzo  chеkdi.  1885  -  yilga  kеlib  Markaziy  Osiyoning 

hamma    yеrlari  Rossiya  tasarrufiga  o`tadi  va  o‘lkada  Turkiston  gеnеral 

gubеrnatorligi  tashkil  etiladi.  Shu  bilan  Markaziy  Osiyo  mustamlaka  davlatga 

aylantiriladi. 

Turkiston  o‘lkasi  Rossiya  tomonidan  bosib  olingach,  chor  ma'murlari 

ming-minglab rus oilalarini  Markaziy Osiyoga ko`chirib kеladi. Farg`ona viloyati, 

Sirdaryo,  Samarqand  va  boshqa  viloyatdagi  (shaharlar)  mahalliy  dеhqonlarning 

sеrunum еrlari tortib olinib, ularga bеriladi. 

Rus  muhojirlari  Turkiston  gеnеral-gubеrnatorining  farmoniga  binoan 

o`lkada  rus  maktablari,  rus  tuzеm  maktablari,  gimnaziya  kabi  maktablarni  ochish 

va bu maktablarni kеngaytirish hisobiga mahalliy maktablar, maktab madrasalarni 

siqib chiqarish maqsadida maorif islohotini o`tkaza boshlaydilar. 

Bu  bilan  go`yoki,  ular  Markaziy  Osiyo  aholisini  savodxonlik  darajasini 

oshirmoqchi bo`ladilar va har bir qilingan ishni bo`rttirib ko`rsatishga urindilar. 

 1917  -  yilgi  to‘ntarishgacha  21%i  savodxon  bo`lgan  o`lka  aholisini, 

yoppasiga savodsiz edi, dеya kamsitishga urinadilar, quruq bo‘hton yog`diradilar. 




O`lka  aholisini  savodxon  qilish  uchun  eng  avvalo  rus,  rus  tuzеm, 

gimnaziya  kabi  o`quv  maskanlari  kеrak,  madrasa  va  ―usuli  qadimiya‖  eski  usul 

maktablarida,  otinlar  maktablarida  savod  chiqarib  bo`lmaydi  dеgan  siyosatni 

yurgizishga harakat qildilar. 

Bunga  biz  1897  -  yildagi    Rossiya  tomonidan  o`tkazilgan  aholi  ro`yxati 

ma'lumotlarini ko`rsatishimiz mumkin.  

Masalan, o‘sha  aholi  ro`yxatida qayd etilishicha, Markaziy (O`rta) Osiyo 

aholisining savodxonlik darajasi quyidagicha bеlgilangan: 

Tojiklar    - 99,5% savodsiz 

Qirg`izlar   - 99,4% savodsiz 

Turkmanlar - 99,3% savodsiz 

O`zbеklar     - 98,4% savodsiz 

Qozoqlar esa -97,9% savodsiz dеb hisoblangan. 

Bu  ko`rsatkichlarning  barchasi  uydirma  edi.  Aslida  Turkiston    o`lkasi 

xalqlarining  savodxonlik  darajasi  chor  Rossiyasi  aholisining  savodxonlik 

darajasidan past emas edi.  

Chunki, Turkiston o`lkasi xalqlari 1917 -  yilgi to`ntarishdan oldin shaxsiy 

va  ommaviy  maktablar,  madrasalarda  bilim  olganlar,  va  yuksak  ilm  egasi 

bo`lganlar.  

O`lka  xalqlari  eramizning  VI  -  VII  asrlaridan  uyg`ur-turk  yozuvidan,  o`z 

yozuvlari  sifatida  foydalanib,  o`z  zamonasiga  mos  ta'lim  bеrgan  bo`lsalar,  son-

sanoqsiz  mutafakkirlar  ana  shu  turk-uyg`ur  yozuvi  va  VIII  asrdan  boshlab  arab 

grafikasi  asosida  savod  chiqarib,  butun  jahonga  dovrug`  taratganlar…‖  dеyarli 

butunlay  ―savodsiz‖, dеb talqin etilgan ona yurtimizda unib-o`sgan jahon ilmiy va 

amaliy tafakkurida alohida o`rin egallagan yuzlab qomusiy allomalarimizdan tortib  



qori-yu  otinoyilarimiz  savod  o`rgatgan  maktab-u    madrasalarimizdan  yuz  o`gira 

olmaymiz.   

Maktab  ishiga  taalluqli  asosiy  siyosiy  va  idеologiya  sohasidagi 

ko`rsatmalar  1870  yilda  chor  Rossiyasi  xalq  maorifi  noziri  D.  A.  Tolstoy 

tomonidan ifodalab bеrilgan edi:  ‖Bizning vatanimizda yashovchi barcha bеgona 

(rus  bo`lmagan)  xalqlarning  ma'lumotli  bo`lishining  oxirgi  maqsadi,  dеb  ma'lum 

qilgan  edi,  u    shubhasiz,  ularni  ruslashtirish  va  rus  xalqi  bilan  birlashtirishdan 

iborat bo`lishi kеrak‖.  

Ruslashtirish  ko`rsatmasi  1870  -    yilda  e'lon  qilingan  bo`lib  unga  binoan 

rus millatiga mansub bo`lmagan barcha xalqlar uchta toifaga bo`lingan edi: 

1. ‖Juda kam ruslashgan xalqlar‖, bularga Sharqiy Sibir va Povolj'е xalqlari 

kirar edi. Bu  xalqlar  uchun  ochilgan maktablarda o`qishni ona tilida boshlash va 

kеyinchalik rus tilida o`qitishga o`tish tavsiya qilinar edi. 

2. ‖Ruslar ham yashaydigan rayonlarda yashovchi xalqlar‖. Bu joylardagi 

maktablarda  o`qitishning  dastlab  rus  tilida  olib  borish  ayrim  hollarda  ona  tilining 

yordamiga tayanish va mumkin qadar tеzroq faqat rus tilida o`qitishga o`tish taklif 

qilinar  edi  (masalan,  gruzin  bolalari  o`qitiladigan  maktablarda  o`qitish  shunday 

olib borilardi). 

3.  ‖Yetarli  darajada  ruslashgan  xalqlar‖.  Ukrainlar,  bеlorus  va  boshqalar, 

bularning  maktablarida  o`qitishni  faqat  rus  tilida  olib  borish  tayinlangan  edi. 

Mazkur  ‖qoida‖ larni mana shu toifaga kiritilgan xalqlarga qo`llanish 60-yillarda 

ijtimoiy harakat jarayonida vujudga kеlgan ona tilida o`qitish tajribasini batamom 

siqib chiqarishga olib kеldi.  

Mana  shu  umumiy  dirеktiv  hujjat  asosida  ulkan  Rossiya  impеriyasining 

ayrim  hududlaridagi  maktablarning  ta'lim  printsiplarini  bеlgilab  bеradigan  yo`l-

yo`riqlar yaratiladi va e'lon  qilinadi. 




  

Masalan,  pravoslav  diniga  e'tiqod  qilgan  Kavkaz  xalqlarining 

maktablari  1873  -  yilda  chiqarilgan  ―Kavkazda  ta'lim  ishining  qurilishi  haqida 

ustav‖ asosida ishlashi kеrak edi.  

Chor  amaldorlari  mana  shu  va  boshqa  buyruqlar  (bular  ruslashtirish  va 

ulug`  davlatchilik  ko`rsatmalariga  qat'iy  amal  qilar  edi)  asosida  ish  ko`rib  arman 

chеrkovining oliy organlari tomonidan ochiladigan ona tilidagi maktablarni doimo 

yopib qo‘yar edilar. 

1776  -  yilda  Markaziy  Osiyo  tumanining  gеnеral-gubеrnatori  huzurida 

Turkiston  o`quv  yurtlarining  maxsus  Boshqarmasi  tashkil  etilgan  bo`lib,  avvalo, 

ruslashtirish siyosatini amalga oshirish vazifasi uning zimmasiga yuklatilgan edi.  

Tеgishli  davlat  hujjatlari  bilan  maktablarning  ish  tartibini  bеlgilab  va 

maktab  idorasi  organlari  o`z  maqsadlarida  mustahkamlanib  olingach,  chorizm 

o`qituvchilarning  faoliyatini  injiqlik  bilan  sinchiklab  nazorat  qilish  tizimini 

to`xtovsiz oshirib bordi. 

1814  -  yilda  Qo`qon  xonligi  qishloqlarini  kеzib  chiqqan  poruchik 

F.Nazarov  bunday  dеb  yozgan  edi:  "Qo`qon  va butun  Qo`qon  davlati  paxta  ekini 

va  ipak  daraxtiga  to`lib  yotibdi,  hamma  yoqda  paxta  ekilgan  dalalar  ko`zga 

tashlanadi, undan qo`qonliklar mato tayyorlab, uni buxoroliklarga rus tovari: tеmir, 

qunduz, dеngiz orti mushugi, po`lat va hokazolarga ayirboshlaydilar‖. 

Shuningdеk, o`zbеk xonliklarida oltin, kumush, rudalar va shu kabi foydali 

qazilmalar  olinar  edi.  Rossiya  mana  shunday  boy  o`lkani  bosib  olishni  asrlar 

davomida  niyat  qilib  kеlar  edi.  Ular  o`z    niyatlariga  XIX  asrning  ikkinchi 

choragida erishdilar.  

Ruslar  Markaziy  Osiyoni  osonlikcha  qo`lga  kiritmadilar.  Ular  o`z 

maqsadlariga erishgunlaricha ko`z ko`rib, quloq eshitmagan vaxshiyliklar qildilar, 

qanchadan -qancha qon to`kishlar evaziga Markaziy Osiyoni qo`lga kiritdilar.  



Ular  endi  Turkistonni  har  tomonlama  taladilar.  Tarixda  o`zbеk  xalqi  ko`p 

bosqinchilarni ko`rgan.  

Masalan  mo`g`ul-tatar  bosqinchiligini  oladigan  bo`lsak,  ular  odamlarni 

qirg`in,  mollarini  talon-taroj  qilgan…ammo  madaniyatiga,  tiliga  va  diniga 

tеgmagan.  

Eng daxshatlisi, ruslar Turkistonda barcha bosqinchilik ishlarini olib borish 

bilan birga xalqning urf-odatini, tili va dinidan ham ayirmoqchi bo`ldilar.  

   


Gеnеral  Rozеnbax  esa  shunday  dеgan  edi:  ―O`lkani  ruslashtirish 

rеjasini  amalga  oshirishda  maktab  katta  ahamiyat  kasb  etishi  lozim‖.  Haqiqatdan 

ham mustamlaka davrida rus tuzеm maktablari vujudga kеldi.  

Afsuski  bu  o`rinda  boshqa  tishga  tеgadigan  nozik  bir  xolat  ham  bor. 

‖Tuzеmеts‖  dеgan  ruscha  o`zbеkcha  lug`atda  ‖mahalliy  xalq‖,  ‖tub  aholi‖  dеb 

tarjima  qilingan.  Rus  olimi  Vladimir  Dalning  ―Vеlikorus  jonli  tilining  izohli 

Lug`ati‖  kitobida  mana  shunday  jumlalar  yoziladi:  ―Туземец.  Местной. 

Относяшиция  до  известной  страны…  Туземное  и  жители  части  Океании 

стоят на нижей ступени человечества―. 

XX  asr  boshlarida  Turkistonda  hammasi  bo`lib  20925  ishchi  bo`lgan, 

xolos. Tеmir  yo`llar o`lkamizning barcha boyliklarini Rossiyaga tashib olib kеtish 

maqsadida qurilgan. 

  

Yangi  ochilgan  turli  maktablar  mustamlakachi  amaldorlar  uchun 



tilmochlar tayyorlab bеrish uchun xizmat qilgan. 

1860  -  yillarda  Markaziy  Osiyoning  ko`pgina  qismi  Rossiya  tomonidan 

bosib  olindi.  1865  -  yilda  Rossiya  tarkibiga  kirgan  Toshkеnt  Turkiston  gеnеral-

gubеrnatorligiga qarashli yеrlarning markazi bo`lib hisoblanadi.     

Turkistonda  dastlab  ochilgan  ba'zi  bir  rus  maktablarida  o`quvchilarning  

to`rtdan  bir  qismini  va  undan  ko`prog`ini  mahalliy  aholi  bolalari  tashkil  etgan 




bo`lsada,    lеkin  butun  Turkiston  o`lkasi  bo`yicha  hisoblaganda  bunday 

maktablarda o`quvchi mahalliy aholi bolalari 200 tadan oshmas edi.  

Bularning ham ko`pi  qozoq bolalari bo`lib, o`zbеk va tojik bolalari juda oz 

edi, chunki musulmon ruhoniylar  ―kofirlar‖  maktablariga qarshi targ`ibot yurgizar 

edilar.  

Rus  maktablarida,  ayniqsa  o`rta  maktablarida  o`quvchilar  o`rtasida  o`z 

ijtimoiy ahvoliga ko`ra boylar va oqsuyaklarning bolalari ko`pchilikni tashkil etar 

edi.  


Chorizmning maktab sohasidagi siyosati ruslashtirishdan iborat bo`lsa ham, 

lеkin  rus  bolalari  bilan  mahalliy  aholi  bolalarining  birgalikda  o`qishlari,  ular 

o`rtasida o`zaro do`stlikni tarbiyalar edi.   

Toshkеntdagi gimnaziyada dastlabki yillarda, mahalliy aholining bolalarini 

rus  tili  bilan  ko`proq  shug`ullantirish  uchun  lotin  tilini  o`rgatishdan  ozod  qilinar 

edi.  


1880  -  yillarning  boshlariga  kеlib  rus  maktablarida  o`qiydigan  o`zbеk  va 

tojik  bolalari  uchun  islom  dinini  o`qitish  kеrak,  toki  ota-onalari  bu  maktablardan 

qo`rqmasinlar, dеgan fikr tarqalgan edi.  

Turkiston  ma'murlari  bu  fikrning  qanchalik  to`g`ri  ekanligini  tеkshirishga 

qaror qildilar. 

  

1884  -  yil  19  -  dеkabrda  Toshkеntda,  ‖eski  shahar‖  qismida  sinab 



ko`rish  uchun  birinchi  rus-tuzеm  maktabi  ochilgan  edi.  10  yillardan  kеyin 

Toshkеntda bunday maktablar soni 4 taga ko`paydi. 

  

Bu  tipdagi  maktablar  o`lkadagi  yirik  shaharlar  hamda  qishloqlarda 



ham tashkil etila boshladi. Ulkada rus, rus-tuzеm maktablari ilk bor XIX - asrning 

70 - yillarida yuzaga kеlgan bo`lsa, 1904 - yilga kеlib ularning soni 57 taga еtdi.     

Savol  tug`ilishi  mumkin,  Turkistonda  jadidchilik  harakati  qachon  kеlib 

chiqqan va u nimaga asoslangan edi?.  




Masalan,  XIX  -  asrning  boshlarida  Buxorodagi  ma'rifatparvar  musulmon 

ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom diniga 

kirib qolgan bid'atlarni isloh qilish fikri paydo bo`la boshladi.  

Shunday  islohot tarafdorlarini jadidlar, ya'ni yangilik tarafdorlari dеb atay 

boshladilar.  O‘sha  davrlardan  boshlab  bunga  qarama  -  qarshi  turgan  oqim,  ya'ni 

fеodal - o`rta asrchilik, diniy fanatizm ruhida bo`lgan kishilarni esa  ―qadimistlar‖, 

dеb atay boshladilar.  

XIX  -  asr  boshlarida  bir  qancha  ma'rifatparvar  mudarrislar  Buxoro 

shahridagi 200 ga yaqin madrasani isloh qilish g`oyasi bilan chiqdilar. Bu harakat 

boshida  madrasa  mudarrisi  Abu  Nasr  Al  Kursaviy  turgan  edi,  qadimistlar  esa 

ularni kofirlik va xudosizlikda aybladilar.  

XIX  -  asrning  50  –  60  -  yillarida  diniy  islohotchilik  harakati  yanada 

kеngaya  boshlaydi.  Endi  bu  harakat  boshida  Buxorolik  mudarris  va  tarixchi  olim 

Marjoniy (1818 - 1889), G`ijduvonlik domla Fozil, Mo`minjon Vobkandiy, mulla 

Xudoybеrdi  Boysuniy  va  boshqa  mudarrislar  turar  edilar.  Ular  madrasa  va 

maktablarni  isloh  qilishni  emas,  balki  ortiqcha  darslarni  olib  tashlash  tarafdori 

ekanliklarini yozadilar.  

Islohotchilar  rahnamosi  Marjoniy  o`zining  dasturida  quyidagi  6  asosiy 

masalalarini qo`yadi: 

1.  Qur'ondagi  har  qanday  diniy  masala  yuzasidan  kishilar  bilgan  holda 

o`zlari erkin fikr yuritsinlar. 

2. Birovning birovga ko`r - ko`rona ergashishi qat'iy man qilinsin. 

3.  Madrasalarda  o`qitiladigan  xoshiya  va  shirk  kabi  quruq  mazmunga  ega 

bo`lgan  va  madrasa  o`quvchilari  uchun  foydasiz  bo`lgan  hamda  ularning  8  -  10 

daqiqa vaqtini bеkorga oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin. 

4.  Madrasalarda  Qur'oni  Karim,    Hadisi  Sharif,  ularning  tarjimalari  va 

islom tarixi kabi darslar o`tilsin. 



5.  Arifmеtika,  tarix,  jug`rofiya,  tabobat,  xandasa,    mantiq,    falsafa  va 

boshqa dunyoviy fanlarni o`qishga qarshilik ko`rsatilmasin. 

6.  Har  bir  ishda  musulmonchilikni  Muhammad  alayhissalom  davridagi 

qadimiy islom madaniyatiga qaytarish ko`zda tutilsin. 

Marjoniy va uning tarafdorlari bo`lgan o‘sha davrning jadidlari musulmon 

taraqqiyparvarlaridan  edilar,  ular  madrasalarda  diniy  darslar  bilan  bir  qatorda 

qadimiy  islom  madaniyati  davridagidеk  dunyoviy  darslarni  o`qitishni  shart  qilib 

qo`ydilar.  

Biroq,  qadimistlar  va  amirning  rеaktsion  siyosati  natijasida  ta'qibga 

uchragan  Marjoniy  Buxorodan  chiqib  kеtishga  majbur  bo`ldi.  Uning 

maslakdoshlaridan  ko`pchiligi  zindonga  tashlanib,  orqalariga  75  darra  urilgach, 

ular tavba qilib, qaytib bunday  ishlarni qilmaslikka va'da bеrdilar. 

XIX  asr  oxiri  XX 

asrning 


boshlarida 

Turkistonda 

chor 

mustamlakachiligining    kuchayishi    natijasida    Markaziy  Osiyoning    ko`p  



joylarida jadidchilik harakati kuchayib kеtdi. 

Agar lo`nda qilib aytsak,  jadidlarning harakat dasturi quyidagi masalalarni 

hal qilishga qaratilgan: 

1. Diniy tasavvuf va fanatizmga qarshi kurash. 

2.  Diniy  aqidalarga  asoslangan  o`rta  asr  maktablari  o`rniga  Ovrupo 

qabilidagi  dunyoviy  ilmlarni  ona  tilida  o`qitishga  moslangan  yangi  usuldagi 

maktablarni tashkil etish, fеodal davri  maorif tizimini isloh qilish. 

3.  Jadidchilik  g`oyalarini  kеng  xalq  ommasiga  еtkazish  niyatida  yangi 

o`zbеk  adabiy  tilini  ishlab  chiqish,  matbuot  hurligi  uchun  kurash,  xalq  ommasiga 

tushunarli adabiyot va tеatrni yaratish. 

4. Xotin -qizlarni paranjidan chiqarish va  jadid maktablariga qatnashlarini 

ta'minlash yo`li bilan ular taqdirini o`zgartirish va oilada islohot o`tkazish. 




5. Mahalliy boylar va savdogar aholining  siyosiy va iqtisodiy jihatdan rus 

burjuaziyasi bilan bir huquqda bo`lishi, mahalliy amaldorlarning chor hukmdorlari 

tomonidan  siquvga  olinishiga  qarshi  kurash.  Shu  yo`l  bilan  mustamlakachilik 

siyosatini isloh qilish. 

Birinchi  marta  jadidchilik  Qrimda  paydo  bo`ldi.  Uning  asoschisi  asrimiz 

boshlarida turkiy qavmlarining chinakam jafokashi va iftixori Ismoilbеk Gaspirali 

hisoblanadi. 

Ismoilbеk  Gaspirali  1851  -  yilning  21-martida    qutlug`  Navro`z  kunida 

tavallud  topdi.  Yosh  Ismoilning  tarbiyasida  onasi  Fotima  va  enagasi  Xabibaning 

hizmatlari  katta  bo`ldi.  Ismoilni  8  yoshda  boqchasaroylik  Xoji  Ismoilning  eski 

maktabiga  bеrdilar.  10  ga  kirganda  esa  otasi  Mustafobеk  onasi  Fotimaning 

e'tirozlariga  qaramasdan,  Oqmachitdagi  gubеrniya  gimnaziyasiga  olib  boradi. 

Unda  ikki  yil  o`qigach,  Voronеjdagi  ofitsеrlar  harbiy  o`quv  yurtiga    o`tadi.  13 

yoshida o`qishni Moskvadagi Milyutin gimnaziyasiga ko`chiradi.  

1868  -  yili  uni  bitirib,  Boqchasaroyga  qaytadi.  ‖Zanjirli‖  madrasasida  rus 

tilidan dars bеra boshlaydi.  

Oradan  ko`p  o`tmay  o`qish-o`rganish  ishtiyoqi  uni  Turkiya    Istambulga 

boshlab  kеladi.  Undan    Fransiyaga  o`tadi.  Vеna,  Myunxеn,  Shtutgardda  bo`ladi. 

Mashhur  Sarbona  univеrsitеtiga  o`qishga  qatnaydi.  Nihoyat,  1876  -  yilda 

Boqchasaroyga  qaytib  kеladi  va  ―Zanjirli‖  da  rus  tili  muallimi  sifatida  ishini 

davom ettiradi. 

1883 - yilning 10 - aprеlida Ismoilbek  Gaspirali boshchiligida ―Tarjimon‖ 

nomli gazеtaning birinchi soni bosmadan chiqadi. 

1884  yilda  Gaspirali  yana  bir  muhim  ishga  qo`l  uradi.  U  o`n  ikki  bolani 

yangicha  usul      ―usuli  jadida‖  bilan  o`qitishga  kirishadi.  Va  40  kun  ichida  burro 

savodini  chiqaradi.  Imtihon  tashkil  qilib  bolalarning  ota-onalarini  taklif  etadi. 

Chеtdan kishilar kеlib ko`radilar. Hamma bir og`izdan ―usuli jadida‖ ning bеqiyos 

imkoniyatini e'tirof etadi. 




  

Xullas Ismoilbеk ikki yilda eski maktabda bеsh yilda oladigan tahsilni  

o`rgatishga  muvaffaq  bo`ladi.  So`ng  ular  uchun  ―Xo‘jai  sibyon‖    ―Bolalar 

muallimi‖ nomli birinchi darslikni tuzadi. 

Yangi usul maktabda quyidagilarga: 

   


Sinfda (maktabda) bolalar soni o`ttiztadan oshmaslikka; 

   


Bolalar  faqat  ikki  daf'a  -  yoz  va  qish  boshlaridagina  maktabga  qabul 

qilinishi; 

   

Har qabul nеchta bo`lishidan qat'iy nazar, bir sinfdan oshmasligi; 



Har bir muallimda ko`pi bilan 3 - 4 sinf bo`lishi; 

   


Agar  maktab  uch  sinfdan  iborat  bo`lsa,  darslar  kеtma-kеt  ma'lum 

uyg`unlikda qo`yilmog`i; 

   

7 - 9 yoshlardagi bola 7 - 8 soat uzluksiz o`qiy olmaydi. Uning uchun 



5 soat kifoya. Har darsdan so`ng 10 daqiqa tanaffus; 

   


Juma va bayram kunlari dam olinishi; 

    


10 oy o`qishdan so`ng yozning issiq kunlarida ta'til bo`lishi; 

   


Dars zеriktirilmasligi… 

   


Shogirdlarini urish va so`kish bеfoyda ekanligi va boshqalarga e'tibor 

qaratilgan edi. 

   

Gaspirali  ―usuli  jadid‖  bilan  o`qitishning  qoidalarini  shunday 



tushuntiradi: 

   


1.  Butun  alifboni  birdan  o`rgatish  og`irdir.  Ibtido  (boshda)  uch,  bеsh 

harf o`rgatib borish (еngil)dur.  

  

2. Birinchi darsdan shogirdlari yozishni boshlamasliklari darkor. 



3. Darslar muayyan soatlarga, qismlarga ajratilib o`rgatilishi lozim. 


4. O`quvchi bir darsni o`zlashtirmaguncha ikkinchisiga o`tilmasligi kеrak. 

5.  Harflar  bilan  tanishtirganda,  ular  haqida  kеngroq  ma'lumot  bеrilgani 

ma'qul. 

Bolalarni har olti oyda imtihon qilish, yil oxirida sinfdan sinfga o`tkazish, 

o`zlashtirmaganlarni sinfda qoldirish ko`zda tutiladi.  

Darslar  har  xil  va  har  biri  yarim  soatdan  bir  soatgacha  bo`lishi  mumkin. 

Darslar orasida tanaffuslar bo`lmog`i kеrak. 

Bu maktablar uchun  ―Xujai sibyon‖  asosiy darslik bo`lib xizmat qilar edi. 

1910 - yilgacha 27 marotaba nashr qilingan. 

  

Lеkin gap shundaki, u  Rossiyadagi  musulmonlar  ma'naviy  olamining 



barcha jihatlarini  madrasani ham, matbuotni ham, ilm-fanni ham o`z ichiga olar va 

eng muhimi, ularning hammasi turmushga nеchog`lik daxldorligi, zamonga xizmat 

qila olishi asosiy mеzon qilib ko`zda tutilar edi. 

  

Ismoilbеk  Gaspiralining  nomi  Markaziy  Osiyoda  ham  ma'lum  va 



mashhur edi. Xususan, XX  asr boshlaridagi Turkiston, Buxoro va Xivaning sakkiz 

millionli  xalqi  milliy  ongida  yuz  bеrgan  o`zgarishlarda  uning  buyuk  xizmati  bor 

dеyishga to`la haqlimiz.  

Gaspiralining g`oyalari Markaziy Osiyoga kеng tarqaldi: 

Buxoro,  Samarqand,  Fargona,  Namangan,  Qo`qon, Toshkеnt kabi o`nlab 

shaharlardagi ziyolilar guruhi jadidchilik harakatiga bosh-qosh bo`ldilar.  

Jumladan: Fayzulla Xo‘jaеv  (1896-1938 yy),  Ishoqxon To‘ra-Ibrat (1862-

1937 yy),  Muhammadsharif So‘fizoda (1869-1937 yy),   Mahmudxo‘ja Bеhbudiy 

(1874-1919yy),    Abdulqodir  Shakuriy  (1875-1943  yy),    Abdulla  Avloniy  (1878-

1934  yy),  Sadriddin  Ayniy  (1878-1954  yy),  Munavvarqori  Abdurashidxonov 

(1878-1931 yy),  Abdurauf Fitrat (1884-1939 yy), H.H.Niyoziy (1889-1929 yy)  va 

boshqa o‘nlab ziyolilarni faxr bilan tilga olishimiz mumkin. 




O‘zbek xalqining ko‘zga ko‘ringan namoyondalaridan biri, milliy ozodlik 

uchun o‘tgan asr boshlarida olib borilgan kurash raxnamosi Munavvarqori 

Abdurashidxonov hayoti va faoliyati mustaqillik sharofati bilan  o‘rganila 

boshlandi. Sababi, sobiq hukumatning milliy mustaqillik va ozodlik uchun 

kurashganlarga munosabati aniq edi. Sho‘rolar imperiyasining tarkibiga kirgan 

barcha xalqlar uning temir panjarasidan tasgqariga yashashlari mumkin emas edi. 

Shu bois ozodlik va mustaqillik uchun kurashishlar, shu fikrda bo‘lgan va 

allaqachonlar mahv etilgan ziyolilar faoliyatini o‘rganishga yo‘l berilmas edi. 

Garchi ommaviy jazolashga uchramagan bo‘lsalarda Behbudiy, Abdulla Avloniy, 

Mirmulla va Mirmuhsin Shermuhammedovlarning ijodiy faoliyatini o‘rganish 

umuman to‘xtatib qo‘yildi. Sho‘ro hukumatining birinchi raqamli dushmani deb 

atalgan o‘zbek isqtiqlolochilarining yo‘lboshchisi Munavvarqori faoliyatini tadqiq 

etish ta‘qiqlangan edi. 

XX asr o‘zbek ziyolilari tomonidan ―ma‘naviy pir‖, ―millat yo‘linda millat 

istiqbolidagi buyuk maqsadlar uchun kecha – kunduz tinmay ishlab yotgan millat 

xodimi‖ deb yakdil tan olingan, shoir Tavallo tomonidan: 

Cho‘qmunavvar etdi olamni Munavvar qorimiz, 

Ko‘rdimiz ravshanligidan fe‘limiz, atvorimiz. 

Ibrat oling,  yoshlar, deb to‘kdi ko‘zdin yoshlar. 

Nutqida tahrir etib bizlarni yo‘qu borimiz deb madh etilgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



(Tavallo) 

O‗rta Osiyo jadidchilik harakatining yo‗lboshchisi, XX asr o‗zbek milliy 

matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr 

tashkilotchilaridan biri,  adib,  shoir,  murabbiy,  muharrir,  ma‘rifatparvar,  jamoat 

arbobi Munavvar qori Abdurashidxon o‗g‗li 1878 -  yilda Toshkent shahrining 

Shayx Hovand Tohur dahasi Darxon mahallasida mudarris oilasida tug‗ildi. Otasi 




Abdurashidxon Sotiboldixon o‗g‗li mudarris, onasi Xosiyat otin Xonxo‗ja 

Shorahimxo‗ja mudarris qizi otinoyi bo‗lgan. U oilada uchinchi o‗g‗il bo‗lib, katta 

akalari A‘zamxon (1872—1919) va Muslimxon (1875—1954) muallim bo‗lishgan. 

Otasidan  yosh  yetim  qolgani tufayli dastlabki ta‘lim-tarbiyani onasidan olgan. 

So‗ng o‗z davrining mashhur o‗qituvchisi Usmon domladan ilmi qiroat va tajvidni 

o‗rganib, hofizi Qur‘on bo‗lgan.  1885 - 90 yillarda Buxorodagi Mirarab 

madrasasida tahsil olgan, ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Toshkentga qaytib, 

Darxon masjidida imomlik vazifasini bajaradi. 

Munavvar qori XIX asrning oxiridan boshlab jadidchilik harakatlarida faol 

ishtirok eta boshladi. 1901 yilda o‗z hovlisida, keyinchalik Toshkentning turli 

dahalarida jadid maktablarini ochadi. 

Munavvarqori Shayxontohurda ―Rushidiya‖ (o‘rta) maktabi ―Namuna‖ deb 

atalib ismiga mos bo‘lgan. 

20 – yillarda Munavvarqori Abdurashidxonov tilshunoslikka oid asarlar 

yozgan. Unig 1925 – yilda Qayum Ramazon va Shorasul Zunnun bilan 

hamkorlikdagi 3 bo‘limlik ―O‘zbekcha til saboqligi‖ kitobishu yo‘ldagi jiddiy 

ishlardan biri bo‘lgan. 

1904 -  yildan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotga aralasha boshlagan.      

1906 -  yildan «O‗rta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy», «Taraqqiy» gazetalarida 

adabiy xodim, I. Obidov muharrirligida nashr etilgan ushbu gazetani har jihatdan 

boshqargan. Shu yili noshir va muharrir sifatida «Xurshid» gazetani tashkil etgan. 

«Shuhrat» (1907), «Tujjor» (1907), «Osiyo» (1908) gazetalarini g‗oyaviy 

boshqargan va adabiy xodim vazifasini bajargan. So‗ng «Sadoyi Turkiston» (1914 

- 15) gazetasida mas‘ul muharrir muovini, «Al-isloh» jurnali (1915 - 17)da 

muharrir, «Najot» va «Kengash» (1917) gazetalarida mas‘ul muharrir bo‘lib 

ishlagan. 




U 1909 -  yili Toshkentda "Jamiyati xayriya" uyushmasini tuzadi va 

"Turon" nomli jamiyatni ochadi. Munavvar qori 1906 - yilda dastlabki o‗zbek 

matbuoti namunalaridan biri "Xurshid" gazetasini nashr etdi. Keyinchalik "Najot", 

"Kengash" gazetalarida bosh muharrir, "Sadoyi Turkiston"da esa bo‗lim muharriri 

bo‗lib xizmat qiladi. 

Millatimiz madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan Hamza, Elbek, 

Oybek, Akmal Ikromov, Abdulhay Tojiyev, Salimxon Tillaxonov, Qayum 

Ramazon, Bahrom Haydariy, Mannon Uyg‘ur kabi adiblar, olimlar, san‘atkorlar, 

davlat arboblari Munavvarqori Abdurashidxonovning shogirdlaridir. 

Munavvarqori Abdurashidxonov yangi o‘zbek teatrining poydevorini 

qurgan siymolaridan biridir. U 1913 – yilda o‘z atrofidagi tengdoshlari va 

yoshlarni uyushtirib ―Turon‖ madaniy – ma‘rifiy, qolaversa, siyosiy tashkiotini 

tuzadi. U rasmiy ravishda ―Toshkent shahridagi ―Turon‖ musulmonlar drama 

san‘ati havaskorlari jamiyati‖ deb atalgan. Bu jamiyat o‘z rasmiy programmasi, 

ustavi va ko‘krak nishoniga ega bo‘lgan yagona milliy jamiyat bo‘lib, atrofiga 

yangi usuldagi maktab o‘qituvchilari va havaskor artistlarni uyushtirgan. Jamiyat 

nizomi ukrain va yahudiy teatrlarining nizomlarini tanqidiy o‘rganish va mahalliy 

sharoitiga moslashtirish yo‘sinda tayyorlangan. U 73 moddadan iborat. Bu 

moddalarni ishlashda jamiyatning huquqshunos a‘zolari U. Xo‘jayev va T. 

Norbo‘tabekev, K. Norbekov, A. Avloniy, M Poshshoxo‘jayev, B. 

Asadullaxo‘jayev, N. Isomiddinxojayev, K. Boboxo‘jayevlar nomlari qatorida N3 

raqam ostida Munavvarqori Abdurashidxonovning nomi yozib qo‘yilgan. 

Binobarin, u nomlari zikr etilgan kshilar birga jamiyat mafkurasi va artist 

rejissyorlarning faoliyati va vazifasini belgilash masalasida faol ishtirok etgan. 

Nizomda asosan quyidagi 4 modda ko‘zda tutilgan: 

1. Toshkent shahrida Turon musulmon drama san‘ati havaskorlari jamiyati 

tashkil etilgan maqsadlari quyidagicha: 



a)  aholi o‘rtasida sahna ishlari va xayriyaga jiddiy munosabat muhabbatni 

rivojlantirish: 

b)  xalq uchun spektakl ko‘rsatish unga sog‘lom tomosha berish 

с) Turkiston o‘lkasi hududida yashovchi muhtoj ahli muslimning moddiy 

va ma‘naviy ahvolini yaxshilash uchun moddiy yordam ko‘rsatish 

2. Ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun jamiyat kechalar, 

konsertlar, spektakllar va oshqa ommaviy tomoshalar o‘tkazish huquqiga ega. O‘z 

nomiga klub va musiqa kurslari ochadi, o‘zining kutubxona va qiroatxonasiga ega 

bo‘ladi. Boshlang‘ich maktablar ochsh va saqlash, muhtojlarga yordam ko‘rsatish, 

o‘quvchilarga yordam puli berish, o‘rta va oily maktablarda o‘qishni davom 

ettirish uchun stipendiya to‘lash, shuningdek, davlatnikimi, xususiymi, 

jamiyatnikimi – qanday tizimda bo‘lishidan qat‘iry nazar, mavjud xayriya va 

ma‘rifat muassasalarini moddiy quvvatlash.  

3. Mavjud xayriya va ma‘rifat muassasalari – davlatniki, xususiymi yo 

jamiyatnikimi – baribir, Turon jamiyatispektakllar, konsertlar va boshqa xalq 

sayllarini tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatdan tashqari sof foydaning 20 foizini 

ushlab qoladi, bu miqdor mazkur nizomning 42 – moddasida ko‘rsatilgan sarfni 

qoplashga ishlatiladi. 

4. Jamiyat ―Toshkent shahridagi Turon nomli musulmonlar drama san‘ati 

havaskorlar jamiyati‖ deb yozilgan muhrga egadir‖ 

Nizom 4 qism:  

1.―Jamiyatning tarkibi‖,  

2.―Ijrochi a‘zolarning vazifalari‖,  

3.―Jamiyat ishlarini boshqarish‖,  




4.―Jamiyat boshqarmasidan‖ iborat. 

 Teatr va artistlar, rejissyorlar, boshqaruv, ko‘chmas mulk masalalari 

atroflicha muhokama qilingan va belgilangan bu nizom o‘z davri va malakali teatr 

tomon ilk qadamini tashlagan jamoa uchun katta vazifalarni yuklagan va 

jamoatchilik ko‘z oldida jiddiy va vatanparvar tashkilot sifatida haybatini 

ko‘rsatgan edi. 

Milliy teatr tarixini yaratgan  M. B> Solihov, Q. Ramazon, A. Avloniy, 

Cho‘lpon so‘zlariga ko‘ra o‘z faoliyatini 1913 – yilda keng omma orasida o‘z 

spektakllarini ko‘rsatgan bo‘lsada biroq hukumat tomonidan teatr truppasi sifatida 

tan olingan holda, o‘zining rasmiy faoliyatini – ilk mavsumini 1914 – yil 27 – 

fevralda boshlaydi.  

Teatrning ilk rejissyori Zoki Boyazidskiy Valeevning so‘zi bilan aytganda, 

o‘zbek teatri ―millliy dramaturgiya, milliy til, milliy artistlar tayyorlagan‖ asarini 

ko‘rsatadi. Spektaklning Munavvarqori Abdurashidxonovning nutqi bilan ochilishi 

uning faqatgina jamiyatda emas, balki butun o‘zbek xalqi oldida tutgan o‘rni va 

rolini namoyon etadi. 

Toshkent shahrining eng katta teatri Kolizeyda o‘zbek, rus, tatar, yahudiy 

tomoshabinlari omma qarshsiga peshvoz chiqqan ulug‘ adib o‘z xursandchiligini 

yashira olmaydi. U Toshkentda avval ham milliy tilde bir necha spektakllar 

o‘ynalganini ta‘kidlar ekan, teatr san‘atining mazmun va mohiyatini tomoshabinga 

quyidagicha taqdim etadi : ―Turkiston tilida biror marta  teatr o‘ynalmag‘onligi 

barchangizga ma‘lumdir. Shul sababli ba‘zi kishilarimiz teatrga ehtimolki, 

o‘yinbozlik yoxud masxarabozlik ko‘zlari ila boqurlar. Holbuki, teatrning ma‘nosi 

―ibratxona‖ yoki ―ulug‘lar maktabi‖ degan so‘zdir, teatr sahnasi har tarafi 

oynaband qiling‘on bir uyga o‘xshaydirki, unga har kim kirsa o‘zining husn va 

qabihini, ayb va nuqsinni k‘rib ibrat olur‖. 




Inson o‘zi haqidagi haqiqatni har doim ham qabul qilavermaydi, ayniqsa, 

o‘zgalar tomonidan aytilganini binobarin jamiyat ham. Ammo husn va qabhini u 

kimnikidan bo‘lishidan qa‘tiy nazar sahanda ko‘rsatilsa jamiyat ham inson ham 

o‘zini tarbiyalashga tushadi. Oxir oqibat sahna degan qilich ta‘qib etaveradi. 

Munavvarqori teatr sahnasiga chiqib yuziga un surtib bir masxaraboz shakliga 

kirgan zotlar  go‘yoki tabibi xoziq misolidadir deb artist va rejissyorlarga yuksak 

baho beradi. Yoshlikdan keng miqyosda diniy tarbiya ko‘rgan kishining teatr 

san‘atining tashkilotchisi va targ‘iotchisi sifatida elga namoyon bo‘lishi o‘sha 

davrda kutilmagan voqea bo;lgan. 

 Ammo u san‘atning tarbiyaviy quvvatiga tan berdi va shu sababli do‘sti 

Mahmudxo‘ja Behbudiyning ―Padarkush‖ asarini malakali ravishda elga taqdim 

qilishga jonbozlik ko‘rsatdi. Bu uning dunyoqarashi nihoyatda kengligidan, 

bilimining ko‘lamdorligidqan, tafakkurining teranligidan dalolat beradi.  

Ulug‘ adib bunday xulosaga kelishidan avval taraqqiy etgan 

madaniyatlixalqlar ma‘naviy hayoti bilan , shuning bilan teatr hayotining 

yaqinlarda qabul qilgan usmonli turk, ozarbayjon, tatar xalqlari madaniyati bilan 

bu san‘at turning tutgan o‘rni va roli bilan yaxshi tanishgan. Shu bois o‘zbek 

tomoshabinlariga : ―Biz shu zotlar ya‘ni teatr san‘atkorlariga va teatrlariga qanday 

ko‘z bian boqishimiz kerak?‖ – degan savol qo‘yadi. Va o‘zi;‖Buni o‘rganish 

uchun biz o‘zimizdan boshqa mutaraqqiy millatlarga boqaylik misol uchun 

ustimizga hokim bo‘lib turgan ruslarga va boshqalarga. K‘p uzoq ketmaylik eng 

yaqin qo‘shnilarimiz bo‘lgan tatar va Kavkaz musulmonlariga deb javob bergan.  

Agar XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Shekspir , Shiller, 

Gyugo, Russo asarlari turk va azar tillariga, Tolstoy, Ostrovskiy va Gogolning 

ayrim asarlari tatargacha va shundan keyin o‘zbekchaga ag‘darilganini hisobga 

olsak uning fors, arab, turk, tatar, rus tillarini bilishini e‘tiborda tutsak , 

Munavvarqori yuqorida bayon qilingan fikrlarga chuqur kuzatish va o‘rganish 

orqali kelganiga iqror bo‘lamiz.  




Bundan tashqari u taniqli turk dramaturglari Nomiq Kamol, Abdulhaq 

Homid, faylasuf va shoir Tavfiq Firqat, ozarbayjon faxri Mirza Fathali Oxundov, J. 

Mamatqulizoda, N. Vezirov, A. Haqberdiyev, M. Ordubodiy kabi dramaturglar, 

tatar faylasuf oilmlari Rizoiddin Faxriddinov, Muso Jorulloh, Ziyoiddin Kamoliy, 

dramaturglardan A. Kamol, S. Romeev, va boshqalarning asarlari hamda ijtimoiy 

fikrlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan.  

Adib , ayniqsa, Oxundov hayoti va faoliyatiga alohida bir muhabbat bilan 

qaragan va uni o‘zbek ziyolilariga ibrat qilib ko‘rsatgan. U Oxundov tufayli ozar 

xalqi katta ishlarni amalga oshirganini ta‘kidlar ekan, milliy teatrni tashkil etgan 

―Najot‖ jamiyatining san‘at ―millatning nmusi va obro‘sini hifz qilur degan 

xulosasiga qo‘shilgan. 

Munavvarqori millat o‘ro‘sini o‘zining hayoti v aobro‘si, uni 

rivojlantirishni asl maqsadi deb  bilgan. Elining nomusi, obro‘sini saqlash payida 

yurgani uchun : ―Bizim Turkiston mamlakati tufrog‘,  suv va havo jihatidan eng 

boy mamlakatlardan biri bo‘la turib na uchun o‘zimiz bundan o‘zimiz foydalana 

olmaymiz?‖ deb dard chekadi, xalq manfaati uchun ayovsiz kurashadga bel 

bog‘laydi. ―Mana ketma – ket yetgan bunday savollarga javob bermak uchun 

nodonlik va olamdan xabarsizlik, demakdan boshqa chora yo‘qdir. Bu nodonlik va 

olamdan xabarsizlik, balosidan qutulmoq uchun avval oramizda hukm surgan 

buzuq odatlarning buzuqligini bilmak va o‘rganmak kerakdir‖, - deydi adib.  

U teatr san‘atiga  ― buzuq odatlarning buzuqligini bilmak‖ va tuzatmak 

muassasasi, yuqorida aytilganidek, ―tabibi hoziq‖ deb qaradi va bu yo‘lda katta 

ishlar olib bordi, xususan tor fikrli kishilarning teatr san‘atiga qarshiligini sindirdi. 

―Turon‖ truppasining 1914 – yildan 1924 – yilgacha faoliyati fikrimizga dalolat 

bo‘la oladi. 

Millat xodimi teatr jonkuyari Munavvarqori Abdurashidxonov yosh shor va 

adiblarni ham ma‘naviy  ham ijodiy qo‘llab quvvatladi. Xususan, shoir va 

dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziyga samimiy yordam ko‘rsatgan. Buni 




Hamzaning ―Sayohat vaqtlarinda oxirgi muhabbat ila orttirdig‘imiz ahobning adres 

va ma‘lumot tahrirlari‖ qaydlaridagi biltiklari ham tasdiqlaydi.  

U tanishlari haqida ma‘lumot berar ekan, shunday yozadi:‖9 – Pirlardan: 

muhtaram usozi oily muallim Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li … dreslari: 

Eski Toshkand, Hsayxontohur< usuli savtiya aktabida, mahalla Mehrobodda, 

muloqotimiz 1908 – inchi milodiy 11 – inchi dekabrida‖. Hamza mazkur 

uchrashuvdan so‘ng o‘zining piri, ma‘naviy ustozi bilan ko‘p marta uchrashgan va 

doim maktub orqali aloqa qilib turgan. 

Hamza va Munavvarqori o‘rtasida yozishmalar ko‘p. Munavvarqori Hamza 

ijodiga uslub jihatidan taklif bergan, Hamza o‘z sahna asarlari xusisida ustozi bilan 

ko‘p va tez – tez fikr almashib turgan va ularni bostirish haqida yordam so‘rab 

murojaat qilib turgan. Masalan, Hamza 1915 – yil oktabr – noyabr oylarida piriga 

quyidagi maktubni yo‘llaydi. 

―Hurmatli Qori afandi! 

Ushbu yubordig‘im kitoblarni tezda adresi zakaznoy banderol ila 

yubormog‘ingizni rijo qilurman. Mumkin qadar qo‘lyozmalig‘I po‘chta 

ma‘murlarina ma‘lum o‘lmaydurg‘on tarzda o‘ramoq lozim. 

Qancha xarajat bo‘lsa, men berurman. 

Adres: Ctar. Margelan, Chayniy bazar, g – nu Zaynullinu. Hamza 

Hakimzoda maxsus. 

Hisoblar nima bo‘ldi? Tamom bo‘lishi uchun qachon yig‘in qilamiz? Shuni 

ham yozib yuboring!      

                                                                                           Hamza  Niyoziy―. 

Maktubdan ko‘rinib turibdiki, Hamza o‘z piridan asarlarini bostirishsarf 

xarajati masalasida yordam so‘rayapti. Javobni ham tez olishni istayapti. Chunki 



o‘sha davrda Munavvarqori „Turkiston kutubxonasining― muassislaridan biri va 

rahbari edi. Binobarin nashr , tahrir masalalari uning zimmasida bo‘lgan. Shu bois 

Hamzaning yordam so‘rashi tabiiy.  

Munavvarqorining Hamzaga yozgan o‘nlab xatlari va Hamzaning ustoziga 

yozgan yoki u haqida fikr bildirilgan talaygina maktublari saqlangan. Maktublarga 

va matbuot materiallariga qaraganda ustoz va shogird o‘rtasidagi ijodiy aloqa uzoq 

davom etgan. Hamza turli – tuman kitoblar, tarjimalar olib turgan, ularni 

Munavvarqori yordamida nashr ettirishga inilgan va o‘zining iqtisodiy ahvolni 

yaxshilab olgan. Uning 1971 – yil 10 – oktabrda Toshkentga kelib, Munavvarqori 

bilan uchrashgani ma‘lum. Munavvarqori shoir uchun tom ma‘noda pirlik 

vazifasini o‘tagan va shogirdini doimo qo‘llab quvvatlagan.  

Uning ijodiga keng yo‘l ochgan. Afsuski, ikki adib ustoz shogirdning   

1921 – yildan keying aloqalari noma‘lum chunki bu davrga kelib Hamza ijodiy 

ishlari biroz chekingan, Munavvarqori esa ―Milliy itthod‖ tashkilotining ishi bilan 

Buxoroga ketib qolgan edi. Munavvarqori arxivining GPU xodimlari tomonidan 

kuydiib yuborilganligi, Hamza arxivining to‘la o‘rganilmay qolgani ko‘pgina 

masalalarni xususan, Munavvarqori va Hamza munosabatlarini kengroq yoritishga 

imkon bermaydi. Biroq ―Nomid shayton‖, deganlaridek kelajakda tadqiqtlar bu 

masalaga yanada kengroq oydinlik kiritadi deb o‘ylaymiz. 

XX asr o‘zbek milliy uyg‘onish davri qahramoni Munavvarqori 

Abdurashidxonovning yosh umri sho‘rolar hukumati tomonidan bevaqt mahv 

etilgan bo‘lsada biroq u hamon barhayot. U poydevorini qurgan milliy teatrning 

faoliyati shunday demoqqa to‘la asos beradi.  

Sho‗ro davrida u o‗zining ochiq ma‘rifiy ishlarini va yashirin siyosiy 

harakatlarini davom ettirdi. 1918  - yilning aprelida Turkiston xalq dorilfununining 

asoschisi va rektori etib saylanadi. Uning  sa‘y-harakati bilan 1918 -  yil 2 -  iyunda 

dorilmuallimin ish boshlaydi. U 1918 -  yilda "Turk o‗chog‗i" ilmiy-ma‘rifiy 

jamiyatini tashkil qiladi. 




Munavvar qori 20 - yillarda o‗zbek yurtining mustaqilligi uchun kurash 

vazifasini o‗z oldiga qo‗ygan "Milliy ittihod" va "Milliy istiqlol" yashirin 

tashkilotlariga rahbarlik qilgan. 

Munavvar qori turli jamiyat  va  uyushmalar tashkilotchisi. U «Jamiyati 

Imdodiya» (1909),  «Turon» (1913),  «Turkiston kutubxonasi» (1914), «Umid» 

(1914),  «Maktab» (1914),  «Ko‗mak» (1921)  jamiyat, tashkilot, shirkat va 

uyushmalarida muassis,  muovin, rais, a‘zo. Sho‗rolar hukumati davrida Xalq 

dorilfununi sho‗rosining raisi, Turkiston  Maorif  xalq komissarligi turk 

sho‗basining  ish yurituvchisi (1918), Toshkent shahar maorif noziri, Sharq 

xalqlari s‘ezdi (1920, Boku) delegati va hay‘ati a‘zosi. BXSR  Maorif nozirligi 

vaqf bo‗limi boshlig‗i (1920 - 21), Toshkent shahar ijtimoiy tarbiya bo‗limi mudiri 

(1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov 

nomidagi pedagogika texnikumi, ayollar pedagogika institutida muallim (1923  - 

25), Samarqand shahar muzeyida ilmiy xodim, O‗zbekiston osori-atiqalarni 

saqlash qo‗mitasining Toshkent - Farg‗ona bo‗limida mas‘ul kotib (1927 - 28). 

Munavvar qori bir qancha  darslik muallifidir. Uning «Adibi avval» (1907), 

«Adib us-soniy» (1907), «Usuli hisob», «Tarixi qavm turk», «Tajvid» (1911), 

«Havoyiji diniya», «Tarixi anbiyo», «Tarixi islomiya» (1912), «Yer yuzi» (1916 - 

17),  4 qismdan iborat «O‗zbekcha til saboqligi» (Shorasul Zunnun va Qayum 

Ramazon bilan birga, 1925 – 26 - yillar, 4 - qismi musodara qilingan) darsliklari 

bir necha marta chop etilgan. 1914  - yilda taraqqiyparvar o‗zbek shoirlarining 

she‘rlarini jamlab, «Sabzavor» nomi bilan nashr etgan. 

Munavvar qori ijtimoiy - pedagogik faoliyat  bilan birga badiiy ijod bilan 

ham shug‗ullangan. Uning  ixcham hikoyalari, talaygina she‘rlari o‗sha davrdagi 

matbuot va o‗zi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek,  u o‗tkir 

publitsist adib sifatida tanilgan. Maqolalarida inson va jamiyat, din va dindorlik, 

axloq, mustamlakachilik va xurriyat,  ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi 

masalalariga alohida e‘tibor qaratgan. 




Munavvar qori o‗z faoliyati davomida pedagogik,  matbuotchilik, 

muharrirlik, adiblik bilan cheklanmay,  jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu 

sababli mustamlaka hukumati tomonidan bir necha bor hibsga  olingan. 

Yevropa  savdo-sanoat, ilm-fanini o‗rganishga chaqirgan, ma‘naviy 

qoloqlikni qoralagan. U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik 

davlat tarafdori bo‗lgan. Shu sababli  Qo‗qon shahrida tashkil topgan Turkiston 

muxtoriyatini (1917) qo‗llab - quvvatlagan. Umr bo‗yi o‗z vatanini mustaqil 

ko‗rishni istagan. 

20 - yillarning o‗rtalarida milliy ziyolilarni ta‘qib qilish kuchayishi 

natijasida Munavvar qori hamma lavozimlardan chetlashtiriladi. Biroq hatto 

qatag‗on ham Munavvar qori Abdurashidxon o‗g‗lini  istiqlol g‗oyalaridan qaytara 

olmadi. 


U 1929 -  yil 6 -  noyabrda qamoqqa olinib, Moskva shahridagi Butirka 

qamoqxonasida qatl qilingan, 1931-yilda otib oʻldiriladi  va Vagankova 

qabristoniga dafn etilgan. 1991 -  yilda rasman reabilitatsiya qilingan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Munavvarqori Abdurashidxonov.  O‘zbekistonda  olib borilgan vaqf  ishlari   

(1924)  


 


Faqat  O'zbekiston  jumhuriyatida vaqf  bor, boshqa yoqlarda yo‗qdek. 

O'zbek xalqi o‗ziga ayrim katta bir jumhuriyat bo‗lib tuzilgandan keyin vaqf  

ishlari yana ham ahamiyat kasb etadir. 

Bosh  vaqf  idorasi vaqfni keng doirada idrok qilish uchun tuzgan loyihasi   

15 - dekabrgacha Inqilobqo‗m  hay'at  ra'iyasiga taqdim qilsa kerak.  Bu loyiha 

Sho‗rolar Markaziy Ijroqo‗mi tomonidan ham tasdiq etiladir.  

Shu vaqtg‗acha ayrim  bo‗lgan  Buxoro,  Xorazm  jumhuriyatlaridagi  vaqf  

mulklari juda sustlik bilan kelgan, ko‗p mulklar ro‗yxat qilinib, ro‗yxatga olish 

ham vaqf qaramog‗idagi eski - yangi maktablarni qanday hisoblash va boshqalar 

uchun Bosh vaqf idorasi tomonidan bir ta'limot yuborildi. 

Xorazm, Buxoro jumhuriyatlaridagi vaqf mulklari 1925 -  yil birinchi 

apreligacha ro‗yxat qilinub bo‗lg‗usidir. 

Milliy jumhuriyatlarga bo‗linish munosabati bilan O'zbekiston jumhuriyati 

doirasidagi vaqf mulklaridan foydalanish  Qozog‗iston,  Qoraqirg‗izga o‗tib 

ketadir. Mana bu masala jumhuriyatlar tuzilib bitguncha idora qilish tegishli 

hukumat idoralarining qo‗lida bo‗ladir. 

Vaqf mulki bo‗libda hozirgacha boshqa hukumat idoralarining tasarrufida 

bo‗lgan joylar 25 - yilning birinchi apreligacha Bosh vaqf idorasiga o‗tkazish 

uchun tegishli idoralar bilan chorasi ko‗rilur. 

Buxorodagi vaqf mulklari mamlakatning to‗rtindan birini, Xorazm vaqf mulklari 

mamlakatning uchdan birini tashkil etgani holda o‗shal jumhuriyat komxozlarining 

qo‗l ostida idora qilinib keladir, desak,  xato bo‗lmas. (Bundan oz bir qismi vaqf 

idoralarida tasarruf qilinadur.)  

Vaqf yerlaridan dehqonlarga bo‗linib berilmagan bog‗lar, chorvoqlar bordirki, 

bular har kimlarning qo‗lida yotadir. Shularni Bosh vaqf idorasiga o‗tkazish 



chorasi ko‗rilmoqda va loyihalari tayyorlanmoqdadir. 

Bosh vaqf idorasi O'zbekiston doirasidagi vaqf sarmoyalarini xususiy fondda 

saqlash harakatida. Bosh vaqf idorasining hozirg‗i sarmoyasi 700 ming so‗mdir, 

agarda mamlakat mulklari ro‗yxatga olinib bo‗lsa, vaqf daromadini o‗n martaba 

orttirish kutiladir. 

Hozir vaqf  ta'minotida,  Xorazm va Buxorodan tashqari, 85 boshlang‗ich 

maktab, 6638 o‗quvchi, 2 - 3 bosqich maktab, 400 o‗quvchi, 10 savodsizlar kursi, 

6 ta'lim-tarbiya kursi bor. Bundan boshqa vaqf shefligida klub, qiroat - xona, xotin 

- qiz bilim yurti ham 25 stipendiya olg‗uvchi bor. Demak, Bosh vaqfning umumiy 

daromadidan 89 yarim prosenti ilmiy ishlarga sarf bo‗lib, qolgani idora ishchilariga 

ketadir. 

Bosh vaqf  idorasi o‗zining keyingi planida ko‗rsatilgan ishlarni bajarib, 

butun vaqf  mulklarini inventarga olsa, undan chiqodirg‗on daromadga 

qilinadurgan ishlar juda ko‗p. Buxoro va Xorazmda ta'lim-  tarbiya kurslari ochish, 

yangi maktab binolari solish ham chetlarda o‗quvchi talabalarga ko‗prak yordam 

berish birinchi vazifalardandir. Shuning bilan birga daromad manbalarini 

ko‗paytirib, buzilgan do‗kon, saroylarni tuzatish kerak. 


Download 359,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish