Pedagogika 015, 4-son Muassis: Nizomiy



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/134
Sana22.02.2022
Hajmi1,59 Mb.
#82616
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134
Bog'liq
4977 189 Pedagogika 2015 4

PEDAGOGIKA
2015, 4-son
 
 
130 
Ayrim biologik hodisalarni aniq ajratib olish uchun ularning ikki so‘z – 
qo‘sh nom bilan nomlanishi zarur. Bu botanika fanining o‘z talab va qoidalari 
bilan belgilanadi. Bu hodisa ham “Boburnoma”da qayd etilgan asosiy biologik 
kashfiyotlardan biridir. Boburning sharofati bilan kokil tol, ko‘k ishboq, lolayi 
gulbo‘y, lolayi sadbarg, mehri giyoh, nay shakar, sariq arg‘uvon, sebi 
samarqandiy, qizil arg‘uvon, qulon quyruq, qizil arg‘uvon kabi o‘simlik nomlari 
saqlanib qolgan.
Bobur biologik xilma-xillik haqida ham ancha jiddiy kuzatishlarni amalga 
oshirgan. Xususan, Farg‘ona vodiysi, Zarafshon vohasi, Afg‘oniston va 
Hindistonning o‘simliklar olami, hayvonot dunyosini o‘zaro taqqoslaydi. 
Natijada, bu o‘lkalarning florasi hamda faunasiga oid qimmatli ilmiy ma’lumot 
va materiallar tarixiy fakt va hodisalar bisotidan joy oladi. Ularning ilmiy 
qimmati haligacha o‘z kuchini saqlab turibdi. Bularning barchasi Abdukarim 
Zikriyayevni Boburning tabiatshunoslikka oid ilmiy kashfiyotlarining mohiyatini 
yangidan tiklagan olim sifatida e’tirof etilishiga olib keldi. 
Tadqiqotchilik, kashfiyotchilik olimning birinchi fazilati. Dunyoqarashi-
ning favqulodda kengligi, o‘zaro suhbatlardagi madaniyat, har qanday holatda 
ham suhbatdoshni tinglashdagi yuksak bardosh va chidam, fikr izhoridagi 
g‘arbona oshkoralik bilan sharqona mulohazakorlikning omuxtalashgan shakli 
faqat va faqat Abdukarim akaning o‘zigagina xos ravishda namoyon bo‘ladi. 
Abdukarim aka tom ma’nodagi o‘zbek ziyolisi edi.
Abdukarim aka Yevropa, Afrika hamda Markaziy Osiyo tabiatidagi o‘ziga 
xosliklarni maysalar, gullar, daraxtlar va ayrim hayvonlar misolida juda maroqli 
qilib hikoya qilib bera olardi. Qaysi mevada efir moyining serobligi-yu, qaysi bir 
daraxtning po‘stlog‘ida spirtning haddan tashqari ko‘pligi, sitrus mevalarinining 
inson organizmiga foydasi-yu, sal me’yoridan oshadigan bo‘lsa, ularning bolalar 
salomatligiga yetkazadigan zarar va ozorlari haqida ham u kishining hayotiy 
misollari “cho‘ntagida” turardi. O‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari 
haqidagi mulohazalari ham fikrimizni quvvatlaydi. 
Tashkilotchilik xususiyati ko‘pchilikda bor. Ammo u har bir kishida o‘ziga 
xos tarzda namoyon bo‘ladi. Tashkilotchi degani – boshqalarni umum manfaati 
yo‘lida o‘z ortidan ergashtira oladigan, umumiy manfaatlar bilan tashkilotning 
har bir a’zosidagi xususiy manfaatlarni mumkin bo‘lgan darajada 
yaqinlashtirishni uddalay oladigan shaxs degani. Tashkilotchilik har qanday 
qiyin vazifani ham uddaburrolik bilan, ishning ko‘zini bilgan holdagi 
yondashuvni topa bilish degani hamdir. Abdukarim akada shu xislat to‘liq va 



Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish