PEDAGOGIKA
2015, 4-son
129
talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilgan. Olimning fan tarixiga
bo‘lgan qiziqishlari ham katta edi. Mana shu qiziqishlarning qonuniy natijasi
sifatida Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy qarashlarida tabiatshunoslikka
oid ko‘plab kashfiyotlarning ham muallifi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Zahiriddin Muhammad Boburning tarixchi, filolog, shoir, davlat arbobi,
keng qamrovli olim ekanligini ko‘pchilik yaxshi biladi. Bobur ijodiga qiziqish
ko‘plab horijiy mamlakat olimlarida ham kuchli. Ularda Boburning rang-barang
ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijodiy faoliyati keng yoritilgan. Shunga qaramasdan,
Bobur ilmiy kashfiyotlarining mohiyati to‘la-to‘kis, xolis e’tirofini topganicha
yo‘q. Jumladan, biologlar orasida “introduksiya” degan hodisa yaxshi ma’lum.
Bu o‘simlik yoki biror hayvon turining o‘zi mansub bo‘lgan muayyan hududdagi
tabiiy sharoitdan boshqa bir iqtisodiy-jug‘rofiy hududga moslashtirilishini
anglatadi. O‘simliklar introduksiyasining asoslari shveysariyalik olim
O. Dekandol nomi bilan bog‘liq. U eng muhim qoidalarini 1855-yilda
shakllantirgan. N. I. Vavilov uning ilmiy asoslarini ishlab chiqqan. Qisqacha
qilib aytganda, u introduksiya hodisasining ilmiy tavsifini birinchi marotaba
amalga oshirgan olim sifatida e’tirof etilgan. A. Zikiryayev fandagi mana shu
kashfiyotning
ilk
muallifi
Zahiriddin
Muhammad
Bobur
ekanligini
“Boburnoma” materiallari asosida ilmiy jihatdan isbotlab bera oldi. Natijada,
introduksiya hodisasining fan tarixida qayd etilgan sanadan ancha oldin,
aniqrog‘i, O. Dekandoldan 300 yil, N. I. Vavilovdan 400 yil oldin kashf etilgani
ma’lum bo‘ldi.
Professorning ko‘rsatishicha, Bobur birinchilardan bo‘lib shakarqamishni
O‘rta Osiyoga qo‘shni mamlakatlardan introduksiya qilgan. Hozirgi Sariosiyo
tumanidagi shakarqamish plantatsiyalari ayni mana shu harakat natijasi sifatida
yashab kelmoqda. Shimoldagi o‘simlik va daraxtlarning janubga, Afg‘oniston va
Hindistonga introduksiyasi ham bevosita Bobur nomi bilan bog‘liq. Jumladan,
“Boburnoma”da tog‘ olcha, atirgul, qovun, uzumning O‘rta Osiyodan keltirib
ekilgani va yaxshi mevalar qilgani alohida ta’kidlanadi.
O‘simliklarda ham jins tushunchasining mavjudligini Bobur o‘z tajribalari
orqali kuzatgan va bu hodisaning ilmiy tavsifini yaratib bergan. Fan tarixida
italiyalik botanik olim Pospero Alpini (1533-1617) xurmo daraxtining erkak va
urg‘ochi turlari mavjudligini birinchi bo‘lib qayd etgan olim sifatida e’tirof
etiladi. Aslida bu kashfiyot Bobur tomonidan italiyalik olimdan deyarli yuz yil
oldin kashf etilgani “Boburnoma sahifalarida bo‘y ko‘rsatib turibdi (bu voqea
1520-1525-yillar atrofida yuz bergan)”.
Do'stlaringiz bilan baham: |