1-rasm. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
PT nazariy fan sifatida ta’lim-tarbiya sohasida kafolatli natijaga erishish darajasini oshirish muammolarini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi.
O‘quv fani ko‘rinishida PTni ijtimoiy hodisa, nazariy fan, ta’lim-tarbiya tizimi, jarayoni, pedagogik faoliyat va uning metodikalari, aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi sifatida turli ta’lim muassasalarida belgilangan o‘quv dasturi asosida o‘rgatishdan iborat.
Ta’lim-tarbiya tizimi ko‘rinishida PT belgilangan ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshirish uchun xizmat qiluvchi moddiy ta’minot va ma’naviy qadriyatlardan iborat. Bunga o‘quv reja, dasturlar va didaktik vositalar ham kiradi. Bu tizim boshqa ijtimoiy tizimlar kabi tegishlicha maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassislar mehnati orqali faoliyat olib boradi.
PTni ta’lim-tarbiya jarayoni sifatida ishtirokchilarning faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonning pirovard maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish bo‘lib, asosan quyidagilardan tarkib topadi:
ta’lim-tarbiya berish;
axborotlarni avloddan-avlodga uzatish;
mustaqil fikrlashga o‘rgatish;
bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘rgatish va o‘zlashtirilishiga erishish;
turli metodikalarni qo‘llash va takomillashtirish;
diagnostika, monitoring olib borish;
insonparvarlik, xalqparvarlik, mafkuraviy tamoyillarga asoslanish;
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini, psixologik, fiziologik, yosh xususiyatlarini, gigiyenik talablarni hisobga olish;
ta’lim menejmenti, marketingi talablari va xulosalarini, ijtimoiy motivlarni hisobga olish.
Pedagogik texnologiyalarni mazmuni quyidagi yo‘nalishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan:
A. Insonparvarlashtirish va demokratlashtirish.
B. Individuallashtirish
C. Rivojlantirish
D. Faollikni oshirish (bajarib o‘rganish).
O‘qitish texnologiyasi tarkibiga o‘quv jarayonini boshqarishning aniq usullari, boshqarish va o‘qitishning ayni istiqbolli tadbirlari haqidagi ham nazariy, ham amaliy bilimlar kiritiladi. O‘quv jarayonining borishi sharoitlariga mos ravishda ularning izchilligi belgilanadi.
Pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish jarayonida quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur:
1. Texnologiya yaxlit didaktik tizim sifatida tashkil etilishi lozim.
2. Aniqlangan maqsadga qaratilgan, ma’lum sharoitni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan texnologiyani qayta takrorlana olish darajasida bo‘lishi kerak.
3. Texnologiyani ishga tushirish mexanizmlarini ustuvorligi.
4. Texnologiyani o‘quvchi shaxsiga moslashtirish.
5. Rivojlantiruvchi axborot materialini kengligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |