3-rasm. Pedagogik tadqiqotlar mantig’i.
Akademiklar S.Rajabov va V.A.Slastyoninning ilmiy maktabiga ko‘ra,
pedagogik jarayon – dinamik ta’lim-tarbiya tizimidir. Pedagogik jarayon –
tarbiyalanuvchilar tomonidan ijtimoiy-madaniy tajriba, hamda mazkur jarayon
ishtirokchilarining rivojlanishi maqsadida ta’lim va tarbiya vositalarini qo‘llagan
holda tashkil etiladigan pedagog va tarbiyalanuvchilarning aniq maqsadga
qaratilgan o‘zaro ta’siridir. Pedagogik jarayon, avvalo pedagogik o‘zaro ta’sirning
mazmun va texnologiyasi bilan bog‘liq maxsus tashkil qilingan sharoitlarda amalga
oshiriladi. Pedagog va tarbiyalanuvchilar – pedagogig jarayonning kechishi va
natijalarini belgilab beruvchi faol ishtirokchilar, ushbu jarayonning subyektlaridir.
Pedagog va tarbiyalanuvchi, ta’lim-tarbiya mohiyati va vositalari singari
komponentlar o‘rtasidagi aloqa dinamik tizim sifatidagi real pedagogik jarayonni
Do'stlaringiz bilan baham: |