2-AMALIY MASHG‘ULOT. PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING METODOLOGIK TA’MINOTI DARAJALARI VA MANBALARI Metodologik tadqiqot va maxsus ilmiy tadqiqot.
Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xosliklari. Intuitsiya, zehn va pedagogik tafakkur. Pedagogik izlanish.
Innovatsion faoliyat va innovatsion salohiyat.Tadqiqot loyihasi va dasturi.
AQLIY HUJUM METODI AQLIY HUJUM metodi (braine storning) — muammoni tezkor hal qilish metodi bo‘lib, ijodiy faollikni rag‘batlantirish asosida muhokama ishtirokchilariga muammo yechimi yuzasidan iloji boricha ko‘proq variant aytish taklif qilinadi va aytilgan fikr-larning umumiy sonidan amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan nisbatan muvaffaqiyatli fikrlar tanlab olinadi.
Metodning mazmuni fikrlarni ilgari surish, taklif etish jarayoni ularni tanqidiy baholash va tanlab olish jarayonidan ajratilganligi bilan izohlanadi.
Aqliy hujum – bu:
– muammoni echishning novatorlik metodi;
– qisqa vaqt ichida juda ko‘p fikrlar;
– fikrlashda erkinlik, o‘z xatti-harakatidan mamnun bo‘lish (qanchalik kutilmagan fikr bo‘lsa shuncha yaxshi);
– tanqidning mavjud emasligi (fikrni har qanday baholash keyinga qoldiriladi);
– bu o‘zining va boshqalarning fikrini rivojlantirish, uyg‘un-lashtirish va o‘zgartirish.
Ushbu metod quyidagi ketma-ketlikni qamrab oladi: 1) mavzu tanlanadi;
2) mavzuning asosiy tavsifi yoki qismlarining ro‘yxati tuziladi; 3) har bir tavsif yoki uning qismini bajarishning barcha imko-
niyatlari sanab o‘tiladi; 4) ob’ektning barcha qismlarini bajarish bo‘yicha eng qiziqarli variantlar tanlab olinadi.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish:
O‘quv guruhi tinglovchilari ichidan takliflarni ishlab chiquvchi kichik guruh shakllantiriladi (qoidaga ko‘ra 5-1o kishi) va ular tomonidan ilgari surilgan fikrlarni tahlil qilish va eng yaxshi-larini tanlab olish uchun o‘quv guruhining qolgan tinglovchilaridan ekspertlar guruhi tashkil etiladi (taklif ishlab chiquvchilarning o‘zi takliflarni ishlab chiqqanidan so‘ng ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin).
Mashg‘ulotdan bir -ikki kun oldin ishtirokchilarni mavzu va vazifa mazmuni bilan qisqacha tanishtiradi (bu kimdir mashg‘ulotga tayyor fikrlar bilan kelishiga sharoit yaratadi).
Fikrlarni yozish va ro‘yxatini namoyish qilish uchun barcha zaruriy narsalarni tayyorlab qo‘yish talab etiladi. Masalan,
– doska va mel;
– varaq va ruchkalar;
– turli rangdagi stikerlar;
– proektorga ulangan noutbuk.