O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TАSDIQLАYMAN”
O‘quv ishlаri bo‘yichа prоrеktоr
___________ N.X.Raxmankulova
“ ” 2020-yil
PEDAGOGIK RISKOLOGIYA
FANINING
ISHCHI O’QUV DASTURI
(1 kurs)
Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Magistratura mutaxassisligi:
|
100000 –
110000 –
5A110903 –
|
Gumanitar
Pedagogika
Ta’lim muassasalarini boshqarish
|
№
|
Mashg’ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
semestr
|
|
III
|
|
1
|
Ma’ruza
|
32
|
32
32
38
64
102
|
|
2
|
Amaliy
|
32
|
|
3
|
Mustaqil ta’lim
|
38
|
|
Jami auditoriya soatlari
|
64
|
|
Umumiy o’quv soati
|
102
|
|
Toshkent – 2020
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 20____yil “___________” dagi _____-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Pedagogik riskologiya” fan dasturi asosida tayyorlangan.
Ishchi o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2020-yil “_________” dagi ____-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
|
Kaldibekova A.S. –
Xodjayev B.X. –
|
Umumiy pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi
Umumiy pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori
|
Taqrizchilar:
|
Sh.Olimov –
A.Choriyev –
|
Buxoro davlat universiteti “Pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor (turdosh OTM);
Qarshi davlat universiteti “Pedagogika” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori, professor (turdosh OTM)
|
Magistratura bo’limi boshlig’i
2020-yil “____” _____________ ________ R.Berdikulov
(imzo)
“Umumiy pedagogika” kafedrasi mudiri:
2020-yil “____” ______________ ________ B.X.Xodjayev
(imzo)
Fanning ishchi o`quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2020-yil “___” ____ dagi “___” – sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Mamlakatimizda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mada-niy o’zgarishlar uzluksiz ta’lim tizimida ham o’z aksini topmoqda. Shu asosda ta’lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish eng dolzarb vazifaga aylandi.
Ushbu dastur pedagogikadagi yangi yo’nalish hisoblanmish – pedagogik ris-kologiya, ya’ni pedagogning kasbiy faoliyatidagi muqarrar xatti-harakat yo’nali-shini tadqiq etuvchi, uning mazmun-mohiyatini o’rganuvchi fandir. Pedagogik riskologiya ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik hodisa sifatida pedagog faoliyatining muqarrar tanlov vaziyatidagi xususiyatlarini, uning umumiy qonuniyatlarini o’rga-nadi. Pedagogik riskologiya yangi integrativ fan bo’lib xizmat qiladi. Pedagogik riskologiya pedagoglarning pedagogika, psixologiya, madaniyatshunoslik, sotsio-logiya fanlari bo’yicha bilimlarini yangi mazmundagi darajaga ko’tarib, ta’lim muassasalarini boshqarishda zaruriy ko’rsatmalarni berishga mo’ljallangan. Maz-kur fan pedagogik faoliyatda uchrashi mumkin bo’lgan ijtimoiy risk tizimlari va ta’lim boshqaruvidagi ichki nizolar, ziddiyatlar, qarama-qarshiliklarning umumiy jihatlarini o’rganishga va shu asnoda o’qituvchining innovatsion kasbiy faoliyatini oqilona tashkil qilishga yo’nalganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Magistratura yo’nalishida tahsil oluvchi magistrant ta’lim muassasalari bosh-qaruvidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ruhiy risklarning kelib chiqish sabablari, ularni bar-taraf etish yo’llari va oldini olishga mo’ljallangan strategiyalar, O’zbekiston Res-publikasining ta’lim siyosatida bu boradagi yangiliklar, izlanishlar, tadqiqotlardan xabardor bo’lishi talab etiladi. Shu sababli, magistrant magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda pedagogik riskologiya fanining metodologiyasini mukammal egal-lashi, fanning metodlaridan foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi zarur. Magistrantlarni ta’lim muassasalarini boshqarish faoliyatiga tayyorlashda mazkur fan muhim ahamiyatga ega.
Fanning maqsadi – magistrantlarni pedagogik riskologiya metodologiyasi bilan tanishtirish va ta’lim muassasalarini boshqarish faoliyatiga tayyorlashda pe-dagogik faoliyatda uchraydigan ijtimoiy-iqtisodiy, ruhiy, ma’naviy risklarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |