PEDAGOGIK PSIXOLOGYA: TUSHUNCHA VA CHEGARALAR
.
Reja:
Tariflashning maqsadi, tuzilishi,turlari
Tariflashga o‘xshash mantiqiy usullar
Tasniflash
Tariflashning maqsadi, tuzilishi,turlari
Kundalik muloqat tili bazi jihatlariga ko‘ra noaniq(masalan, xushovoz xonanda, yaxshi odam so‘zlari, ular ifoda etuvchi tushunchalari mazmuni noaniqligi shundaki, ular Qanday xususiyatlariga ko‘ra? Nima uchun?, degan savollarni tug‘diradi. ). Bazi mikroorganizmlarning hayvon yoki o‘simlik ekani, bazi kitoblarning qiziqarli yoki qiziqarli emasligini aniqlashning murakkabligi barchamizga malum.
So‘zlarning noaniqligiga qo‘shimcha yana ko‘p manoligi ham qatiy tarzda to‘g‘ri fikrlash yo‘lida xavf tug‘diradi. Mushohada yuritishda, ayniqsa ilmiy bilishda bunday noaniqliklarni bartaraf etish yoki kamaytirishning mantiqiy vositalaridan biri tushunchani tariflashdir.
Tariflash (yoki definitsiya) tushunchaning mazmunini ochib beradigan mantiqiy amaldir. Tarif aniqlanuvchi va aniqlovchi qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi qismni mazmuni ochib berilishi lozim bo‘lgan tushuncha, aniqlovchi qismni esa, aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi. Masalan, «mantiq to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fandir» degan tarifda «Mantiq» aniqlanuvchi qismni, qolganlari esa aniqlovchi qismni hosil qiladi. Tariflash bilishda quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishda yordam beradi: 1) tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini ko‘rsatadi; 2) tushunchani ifoda qiluvchi so‘zning (terminning) manosini ochib beradi; 3) termin hosil qilishga imkon beradi. YUqoridagi vazifalardan qaysi birining hal qilinishiga qarab nominal va real tariflar farq qilinadi.
Nominal tariflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi termin bilan almashtiriladi hamda uning manosi aniqlanadi. Masalan, «Mantiq grekcha «logos» so‘zidan olingan bo‘lib, tushuncha, fikr, so‘z, qonuniyat kabi manolarga ega», desak, mantiq tushunchasiga nominal tarif bergan bo‘lamiz. «Til belgilarini o‘rganuvchi fan semiotikadir», degan tarif ham nominal tarifga misoldir.
Real tarifda predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, «Atom – moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasi», real tarifdir.
Real tarif aniq va noaniq ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Aniq real tarif predmetlarning muhim belgilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib beradi. Noaniq real tarifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. Masalan, o‘qigan parchamizda notanish terminlar uchrab qolganda, uning manosini lug‘atdan foydalanmasdan, boshqa so‘zlarning manosiga qarab aniqlashimiz mumkin.
Aniq real tarifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali tariflash; 2) genetik tarif.
YAqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali tariflash real tarifning eng ko‘p ishlatiladigan turi bo‘lib, u ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi. SHu tariqa uning mazmuni qisman ochib beriladi. Ikkinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi, yani uning tur belgisi ko‘rsatiladi. SHu tariqa mazkur tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib beriladi. Masalan, bizning oldimizda «metafora» tushunchasining mazmunini aniqlash vazifasi turibdi, deylik. Bunda, avval aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi: u «so‘z» tushunchasidir. «Metafora so‘zdir» deyish bilan «so‘z» tushunchasi mazmunida fikr qilinadigan muhim belgilarning metaforaga ham tegishli ekanligini ko‘rsatamiz, yani «metafora» tushunchasi mazmunini tashkil etuvchi umumiy belgilarni aniqlaymiz. Ko‘chirma manoda ishlatilishi esa, metafora sifatida ishlatilayotgan so‘zning tur belgisi, yani individual belgisi hisoblanadi. Bu tur belgini yaqin jinsga qo‘shib «Metafora ko‘chirma manoda ishlatiladigan so‘zdir», degan to‘la tarif hosil qilamiz. SHu tariqa eng qisqa yo‘l bilan, yani yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish bilan tushunchaning mazmunini aniqlaymiz.
Real tarif chin yoki xato bo‘lishi mumkin asl hukmdan iborat4.
Do'stlaringiz bilan baham: |