Pedagogik psixologiya



Download 138,95 Kb.
bet9/34
Sana02.01.2022
Hajmi138,95 Kb.
#308653
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
Пед психология маъруза матни 2021

Birinchidan tabiiy xususiyatlarsixik xususiyatlar taraqqiyotning turli yullarini va usullarini belgilab beradi .Inson nerv sistemasining xususiyatlari o`z –o`zicha shaxsning hech qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi.

Hech bir normal bola dadil yoki kurkok irodali yoki irodasiz mehnatsyevar yoki yalkov intizomli yoki intizomsiz bo`lib tugilmaydi. Agarda turbiyoya to`g`ri tashkil qilinsa nerv sistemasining istalgan tipii asosida xarakterning barcha ijtimoiy kimmatli xususiyatlarini hosil qilish mumkin masalan sabot matonat va o`zini tuta bilish xislatini nerv sistemasining tipii shiddatli (Pavlov bo`yicha) bo`lgan bolalarda ham nerv sistemasining tipii vazmin bo`lgan bolalarda ham tarbiyalash lozim va tarbiyalasa bo`ladi.

Ikkinchidan tabiiy xususiyatlar odamning biror sohada erishgan yutuqlari darajasiga ham ta'sir qilishi mumkin, masalan, qobiliyat kurtaklarida tug`ma individual farqlar bo`lmaydi shu sababli ba'zi odamlar boshqa odamlardang ma'lum bir faoliyatni egallash imkoniyati jihatidan ustun turishlari va shuning bilan bir paytda bir faoliyat turini egallash imkoniyatini o`zini musika qobiliyati rivojlanishi uchun qo`lay tabiiy kurtakka (tabiiy sharoitga ega bo`lgan bola boshqa hamma sharoitlar bir xil bo`lishiga qaramay musika qobiliyati rivojlanishi uchun tabiiy kurtakka egap bo`lmagan bolaga nisbatan musika sohasida tez rivojlanadi va nisbatan katta yutuqlarga erishadi, mana shu ma'noda olganda odamlar o`z qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega emaslar .

Psixik rivojlanishning biologik asoslari tug`ma tabiiy kurtaklar masalaga yakun yasar ekanmiz maktab rahbarlari va o`qituvchilarning diqqatini asosiy xulosaga karatish lozim garchi tabiiy kurtaqlar maktab o`quvchisining psixik rivojlanishi ma'lum ahamiyatga ega bo`lsa (shu sababli, masalan ta'lim jarayonida ayrim o`quvchilarda boshqa o`quvchilarda nisbatan ko`proq zo`r berish talab qilinadi, ayrim o`quvchiga o`qituvchi boshqa o`quvchiga nisbatan ko`proq kuch sarflaydi e`tibor beradi va ko`proq vaqt ajratadi.

Bu kurtaklarning o`zi psixik taraqqiyotida xal qiluvchi rol oynamaydi.ana shuning uchun ham o`quv tarbiya ishlarida jiddiy qiyinchiliklar yuz bergan vaqtlarda o`qituvchilar o`quvchilarda xaqiqatdan ham (yoki chamasi) tabiiy qobiliyat kurtaklari yoq ekan deb qo`lni yuvib qo`ltiqga urishlariga ,xafsalasiz bo`lishlariga hech qanday asos yoq. Rivojlanish deganda –hodisalarning har xil ikki katyegoriyasi tushuniladi,ammo bu katyegoriyalar bir birlari bilan chambarchas bog`langandir.

Miyaning o`z biologik organik yetilishi ,uning anatomik biologik tuzilish jihatdan yeilishi psixik (aqliy)rivojlanishning ma'lum dinamik darajalari sifatidagi o`ziga xos aqliy yetilish sifatidagi psixik (shu jumladan aqliy) rivojlanish. O`z-o`zidan ma'lumki aqliy rivojlanish miya to`zulishining biologik ettirilishi bilan bog’liqdir va bu faqat o`quv tarbiya ishlarida albatta hisobga olinishi lozim.

Ta'lim miyaning organiq jihatdan yetilishini inkor eta olmaydi.Miya to`zilishining organiq jihatdan yetilishini muhitga ta'lim –tarbiyaga mutlaqo bog`lanmagan xolda o`zining qat’iy biologik qonunlari asosida sodir bo`ladi deb bo`lmaydi.Muhit ta'lim tarbiya va tegishli mashq miya to`zulishining organiq jihatdan yetilishiga yordam beradi, shuning uchun masalan,biz aqliy rivojlanish haqida gapirganimizda bu jarayonni miyaning biologik jihatdan yetilishi bilan chambarchas bog`langan xolda sodir bo`ladi deb hisoblaymiz.

Ta'limsiz to`la aqliy rivojlanish bo`lishi mumkin emas. Ta'lim rivojlanishiga stimul bo`ladi rivojlanishni o`z orqasidan ergashtirib boradi ta'lim masalan ,katta J.Piaje fikridek mantiqiy fitkrlashni ta'minlovchi miya to`zulishlarining to`la to’kis yetilishini kutib turmaydi. Zarur sharoit tugilganda ta'lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy rivojlanish uchun stimul bo`ladi.

Lekin ta'lim rivojlanishiga stimul bo`lish bilan o`zi rivojlanishiga tayanadi,erishilgan rivojlanish darajasining xususiyatlarini hisobga oladi, rivojlanishning ichki qonunlarini inkor ettirmaydi. Inkor etolmaydi ham, ta'limning imkoniyatlari juda keng bo`lsa ham ammo sheksiz emas. Ta'lim bilan rivojlanishni aynan uxshash narsa deb o`ylash aynan bir narsa deb o`ylash bir yoqlama fikr yuritishdir va shuning uchun ham bu noto`g`ri nuqtai-nazardir

Bolaning maktab o`quvchisining psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar murakkab va turli tumandir.

Rivojlanishning mohiyatini qarama-qarshiliklar ko`rashidan yoki ziddiyatlar ko`rashidan iborat deb tushunishga asoslanib, bolaning, maktab o`quvchisining psixik rivojlanishini bevosita harakatga keltiruvchi kuchlar ta'lim-tarbiya jarayonida yuzaga keladigan hamda bartaraf qilinadigan esqilik bilan yangilik o`rtasidagi qarama-qarshiliklardan iiboratdir deyish mumkin. Bunday ziddiyatlarga, masalan faoliyat tomonidan yuzaga keladigan Yangi extiyojlar bilan ularning qondirish imkoniyatlar o`rtasidagi ziddiyatlar bolaning usib borayotgan jismoniy va ruhiy imkoniyatlari bilan eski tarkib topgan o`zaro munosabat formalari va faoliyat turlari o`rtasidagi ziddiyatlar jamoa katta odamlar tomonidan kundan kunga ortib borayotgan talablar bilan psixik taraqqiyotning mazkur darajasi o`rtasidangi ziddiyatlar kiradi.

Uuqorida ko`rsatilgan ziddiyatlar hamma yosh uchun xarakterlidir, lekin qaysi yoshda namoyon bo`lishiga qarab, ma'lum spyetsifikaga (xsusiyatga) ega bo`lib boradi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o`quvchida mustaqil irodaviy faoliyatga nisbatan belgan tayyorgarlik bilan xatti-harakatlarning mavjut vaziyatga yoki vosita ichki kechinmalarga bog’liqligi o`rtasida ziddiyat bor. O`smirda eng kuchli ziddiyatlar, bir tomondan, uning o`ziga o`zi baho berishi va o`z talabalari darajasi va ikkinchi tomondan, atrofdagilarning unga nisbatan bo`lgan munosabatlari haqidagi ichki kechinmasi o`rtasida, shuningdek, o`zining jamoadagi rayel mavkyei to`g`risidagi ichki kechinmasi o`rtasida, katta odamlar hayotida to`la xuquqli a'zo sifatida katnashish extiyoji bilan birga o`z imkoniyatlarining mos kelmasligi o`rtasida paydo bo`ladi.

Dialektik nuqtai nazardan qaraganda, rivojlanish faqat sof miqdor o`zgarishlari jarayonidan, ya'ni qandaydir psixik hodisalarning, psixik xsusiyatlar va sifatlarning ko`payishi yoki kamayishidan iborat emas. Psixik rivojlanishni faqat, yosh oshgan sari diqqat xajmining, psixik jarayonlar ixtiyoriyligining, ma'no jihatdan esda olib kolish va shuning kabilarning ortishi, bola fantaziyasining kamayishi, xatti-harakatlarning impulsivligi, idrokining o`tkirligi, yangiligi va xokozolardan iborat deb bo`lmaydi. Psixikaning rivojlanishi ma'lum yosh davrlarida sifat jihatdan yangi xsusiyatlarning, ya'ni «yangidan hosil qilingan sifatlarnin» (o`smirlarda katta bo`lib kolganlik xissining yoki ilk o`spirinlikda mehnat qilib mustaqilhayot kyechirish extiyojining) paydo bo`lishi bilan bog’liqdir.

Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy tyendyentsiyalari, qonuniyatlari borligini qayd qilib ko`rsatmokdalar. Lekin muhit ta'siriga nisbatan bu qonuniyatlari (keng ma'noda olganda) ikqilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning o`ziga xos xsusiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatga va tarbiyaga bog’liqdir. Manna shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi novbatda psixik rivojlanishning noteksligi kiradi.

Psixik rivojlanishning notekisligi shundan iboratki, har qanday sharoitda, xatto ta'lim va tarbiyaning eng qo`lay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, psixik funktsiyalari va psixik xsusiyatlari rivojlanishning bita darajasida tuxtab turmaydi. Bolalarning rivojlanishidagi ayrim davrlarda psixikaning u yoki bu yo`nalishlarda rivojlanishi uchun nihoyatda qo`lay sharoitlar paydo bo`ladi va bu sharoitlarning ba'zilari vaqtinchalik, o`tkinchi xarakterda bo`ladi. Ehtimol psixik faoliyat ayrim turlarining tarkib topishi va o`sishi uchun optimal muddatlar mavjud bo`lsa kerak.

U yoki bu psixik xsusiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qo`lay sharoitlar bo`lgan an shunday yosh davlatlari syenzitiv davrlar deb ataladi (L.S.Vikotskiy, A.N.Leontyev). Bundan senzitivlik davrining mavjudligiga miyaning organiq jihatdan yetilish qonuniyati ham, ayrim pisxik protsesslar hamda xususiyatlar asosida tarkib topishi ham (masalan, matematik tafakkur faqat ma'lum darajada tarkib topgan, abstrakt tafakkur kubulift asosida tarkib topishi mumkin) hayotiy tajriba ham sabab bo`ladi. Masalan, nutqning rivojlanishi uchun 1 yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan davr, ko`pgina harakat malakalarning tarkib topishi uchun kichik maktab yoshdagi davr, matematik tafakkurning tarkib topishi uchun 15-20 yoshgacha bo`lgan davr syenzitiv davr hisoblanadi.

Boshqa bir qonuniyat psixika intyegrasiyasidir. Inson psixikasi o`z taraqqiyoti davomida tobora ko`proq yaxlitlik, birlik mustaxkamlik va doimiylik xsusiyatlarini kasb eta oladi. N.D.Livitovninng ko`rsatishicha, kichkina bola psixik jihatdan turli frogmyentar psixik xolatlarining kichik bir sistemaga uyushtirilganidan iboratdir. Psixik rivojlanish psixik xolatlarning syekin-asta usib, shaxs xislatlariga aylanishidan iboratdir.

Uchinchi qonuniyat plastiklik va kompyensatsiya imkoniyati I.P.Pavlov faqatgina tegishli ta'sir ko`rsatilsa, hamma narsaning yaxshi tomonga o`zgartirish mumkinligini ta'kidlab nerv sistemasini nihoyatda plastikligini ko`rsatib o`tgan edi.Ta'lim va tarbiya sharoitida bolaning, maktab o`quvchisining psixikasini maqsadga muvofiq o`zgartirishning boy imkoniyati nerv sistemasining anna shu plastikligiga asoslanadi.

Plastiklik kompyensatsiya uchun ham yo`l ochib beradi: bir xil psixik funktsiyaning rivojlanishi zaif yoki nuksonli bo`lsa boshqa funktsiyalar jadallik bilan rivojlanadi. Masalan xotira kuchsiz bo`lsa uni faoliyatning zo`r uyushganligiga va aniqligi bilan kompyensatsiya qilish mumkin, ko`rishdagi nuksonlar kisman eshitish analizatorining o`tkir darajada rivojlanishi bilan kompyensatsiya qilinadi. Shunday qilib, bolaning maktab o`quvchisining rivojlanishi murakkab murakkab diolyektik jarayondir.

Ayniqsa keyingi yillarda bolalar va maktab o`quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishining tezlashib borishida kurinayotgan akseleratsiya (lotincha tezlanish) hodisasi deb ataladigan hodisa bolalarning yosh xarakteristikasini qayta kurib chiqishga sabab buldi.

Bolalar tezroq usib rivojlanmokda va psixik intyellyektual rivojlanishida bunda bir nyecha un yil ilgarigiga qaraganda yoqsakroq darajaga erishmokdalar ,olimlar aksyelyeratsiya hodisasining ham biologik ham ijtimoiy sabablarini ko`rsatmokdalar.Bu hodisaning biologik sabablari oz miqdordagi ionlashgan nurlanishlarning va radio tulkinlarining ta'siri ,kishlok xujaligiga va myeditsina da o`sish va rivojlanishni stimullashtiruvchi biologik aktiv moddalarning qo`llanilishi, inson ozukasida xayvon oksil moddalari miqdorining oshishidan iborat bo`lsa ,bu hodisaning ijtimoiy sabablari hayot tyempining kuchayishi ,hayot tonusining ortishi tyelyevidyeniye radio kino orqali bolaning o`smirning ilk yoshlik chogida n boshlab miyasiga yigiladigan g`oyat ko`p miqdordagi informatsiyalar , ma'lumotlar okimining ta'siridan iboratdir.

Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko`ra bo`larning hammasi yosh xususiyatlari xarakteristikasini shunchalik shartli beqaror harakatchan va dinamik qilib qo`yadiki natijada yosh xususiyatlari degan tushunchaning o`zi shubxa ostida koladi.

O`ylaymizki, bu fikr bilan kelishib bo`lmaydi, yosh xususiyatlari yoshning eng tipik va eng xarakterli bo`lgan hamda rivojlanishning umumiy yo`nalishini ko`rsatadigan umumiy xususiyatlari sifatida mavjuddir. Biroq o`z o`zidan ma'lumki yosh o`zgarmas va absolyut katyegoriya emas. Yosh chegaralari va yosh xususiyatlari tushunchasi absolyut emas, balki nisbiy ahamiyatga egadir. Ta'lim-tarbiyaning vazifasi bolada maktab o`quvchisida birinchidan mazkur yosh boskichida yoqsak rivojlanish darajasini xarakterlab beradigan va ikkinchidan bolani ,maktab o`quvchisini keyingi yosh bosqichiga ya'ni psixik rivojlanishning yanada yoqsakroq darajasiga qonuniy ravishda o`tishga tayyorlanadigan psixik xususiyatlarini, xislatlarini va sifatlarini shakllantirishdir.


Download 138,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish