Ko’nikma - mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti-Harakatlarning avtomatlashgan usuli. Fiziologik jihatdan ko’nikma bosh miyaning katta yarim sharlari po’stlogida Hosil bo’lib, vaqtinchalik nerv boglanishlarining barqaror tizimining funktsiyasini ta'minlaydi. Dinamik-styeryeotiplarni yaratish sharoitlari bir vaqtning o’zida avtomatlashgan akt bilan murakkab analitik-sintyetik faoliyatni yuzaga keltiradi. Buning natijasida nafaqat ko’nikmalar, bilim malakalar Ham yuzaga keladi.
Malaka - oldinga qo’yilgan maqsad va xatti-Harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli Harakatlar usulidir. Malakalar xatti-harakat uslbi bo`la turib, ma'lum faoliyat turiga qarab ishlab chiqarish, o`quv, ijtimoiy, sport, tashkiliy, texnik faoliyat, ilmi faoliyat, san'at sohasidagi ko`nikmalar va boshqalar bo`lishi mumkin. Lekin, barcha faoliyat turlarida qo`llaniladigan ko`nikma va mialakalar mavjud: bular – harakat, sensor, aqliy ko`nikma va malakalardir. Harakat ko`nikmalariga jismoniy myehnat , sport va o`quv ko`nikmalari (xat yozish, tez o`qish va hokazo) kiradi.
Sensor ko`nikma va malakalarga o`lchov, yorug`lik, ovoz va simvolik ma'lumotlarni tez va to`g`ri qabul qilish bilan bog`liq bo`lgan va boshqarish markazlarida takrorlab borishlar kiradi.
Aqliy ko`nikma va malakalarga – kuzatish usullari, malakalrni rivojlantirish, og`zaki va yozma hisob-kitobni ishlab chiqish, harakatlarga yo`naltirish, kitob bilan ishlash, arxiv materiallarini yig`ish, ilmi tajriba o`tkazish va hokazo, ko`nikmalar mashq natijasida yuzaga keladi, ya'ni bunda maqsad sari yo`naltirilgan( doimi) qaytarish mstahkamlashga olib keladi va samarali usullar asosida qata-qayta qaytarilishi amalga oshiriladi.
Inson tomonidan egallangan ko`nikma va malakalar yangi ko`nikmalarni shakllantirishga ta'sir ko`rsatadi.
Qonuniyatlar:
Ko`nikmalarning hosil bo`lishining notekis jarayoni. Bu mashqlarning egri grafigida namoyon bo`ladi. Yuqorida keltirilgan rasmda buni ko`rish mumkin.
Ko`nikmalarning ko`chishi, Ijobiy ko`nikmalarning yangilarini shkallanishiga ta'siri ko`chish dyeyiladi. Ko`nikmalardagi salbiy ta'sir esa interferentsiya deb ataladi, bunda eski ko`nikma yangisining shakllanishiga xalaqt beradi.
Ko`nikmani progryesiv va ryegryessiv – ko`nikma uzoq vaqt miqdorida xizmat qilishi uun undan foydalanish lozim. Aks holda deavtovatlashtirish yuzaga kelib, zarur harakatlar o`z tezligi, yangiligi, aniqligi va avtomatlashtirilgan harakatlarni ta'minlovchi xususiyatlarini yo`qotadi.
Odatlar – bu shunday xattiqharakatlarki, ular o`z-o`zidan avtomatik tarzda yuz beradi. Odatlarni insonning madaniy va axloqiy xulqida ahamiyati katta.
Ta'lim boqariladigan jarayoni bo`lib, bunda har bir bolaning harakati qadamba-qadam nazorat qilinadi, o`qituvchi har bir bosqichda o`quvchining bilimlarini malakalarini o`zlashtirish haqida axborot olib turadi, yangi material avvalgi myetrialni o`zlashtirishga qarab taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |