Mavzu. Pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlar
Kuzatishni quyidagi prinsipial qoidalarga asoslangan xolda tashkil qilish kerak:
1.O`quvchilarni ta'lim va tarbiyaning tabiiy sharoitlarida kuzatish hamda urgatish lozim. O`quvchilarni ana shunday tarzda o`rganish ularga individual-psixologik xsusiyatlarini hisobga olgan xolda, psixologik jihatdanasoslangan individual tarbiyaviy ta'sirko`rsatish usullarini tashkil qilish hamda rejalashtirishning zaruriy shartlaridandir. O`quvchilarni o`rganish faqat yaxshi ta'lim va tarbiya berish uchungina emas, balki ularni tarbiyalashprotsyessida o`rganish va o`rganish protsyessida tarbiyalashuchun zarurdir. Shunday qilib, o`quvchilarni o`rganish, ta'lim-tarbiya ishlaridan ajralgan xolda emas, balki ta'lim-tarbiya ishlari bilan organiq birlikda amalga oshirilishi kerak.
2.O`quvchini inson shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslangan holda, ya'ni analitik-sintetik nuqtai nazardan kuzatish lozim. Bu murakkab psixologik birikmani psixologik analizsiz o`rganib va tushunib bo`lmaydi. Shu sababli o`quvchini uning shaxsini analiz qilmay shaxsning ayrim tomonlarini ayrim xislatlarini va tashqi xususiyatlarini bilib olmay turib o`rganib bo`lmaydi.
Lekin o`quvchi shaxsning ayrim xususiyatlari yaxlit bir butun shaxsning muhiti doirasida qarab chiqilishi lozim. Masalan; qat’iylik, dadillik tanqidiylik kabi xislatlarni shaxsning xususiyatlari ( masalan shaxsning yo`nalishi ) bilan boglamay analiz qilib bo`lmaydi.
O`quvchi shaxsining namoyon bo`lishining juda ko`p tomonlari orasida asosiylarini ,xal qiluvchilarini, yetakchi xislatlarni topib, ko`rsatib berish lozim. O`quvchini o`rganishda uning shaxsining yaxshi tomonlarini ko`rsatib berish ta'lim va tarbiya ishlarida tayanish mumkin bo`lgan ,rivojlantirish kerak bo`lgan ijobiy tomonlarni topish lozim bo`ladi. Odamdagi yaxshi xislatlarni ko`ra bilishgina emas, balki unda yaxshi xislatlarni tugdira bilish ham juda muhimdir.
Pedagog bu ishni qila bilishga majburdir,degan edi A.S.Makarenko. Ammo pedagog nimalarga barham berish nimalarni yo`qotish va qayta tarbiyalash kerakligini ham ko`ra bilishi shart .
3. Shaxsni qat’iy ob'yektiv material –ob'ektiv ifodalangan ko`rsatkichlar, tekshirib ko`rish mumkin bo`lgan faktlar asosida har tomonlama bilish mumkin. Ana shu uuqoridagi ob'yektiv ko`rsatkichlarni izoxlash va baholashda yanglishish va sub'yektivizmga, ozgina miqdordagi faktlarni yuzaki analiz qilib birinchi tasavvurlarga yoki intuittsiya deb atalgan narsaga asoslanib shaxsning xislatlarini aniqlashda shoshmashosharlik qilishga yo`l qo’yib bo`lmaydi. Bunday kundalik rejali sistemali kuzatish natijalaridan olingan va tekshirib kurilgan konkryet faktlarga asoslanish zarurdir
4.O`quvchi shaxsining xususiyatlarini tushunish uchun ularni shaxs shakllanadigan sharoitlar va tevarak atrofdagi muhit bilan mustaxkam bog’liq xolda qarab chiqish lozim. Shaxsdagi ma'lum xususiyatlarning namoyon bo`lishi sabablarini aniqlash zarur. Masalan, qaysarlik ko`pol munosabatga qarshi norozilik tarikasida yuzaga kelgan xislatmi yoki ortik erkalatib yuborish natijasimi buni bilish juda muhimdir.
5.Buni bir muncha uzoqvaqt mobaynida o`rgangan xolda ,shaxs xususiyatlarini uning taraqqiyotini va dinamikasida qarab chiqish lozimdir.Hayot sharoiti va faoliyati o`zgarishi munosabati Bilan shaxs rivojlanib o`zgarib boradi .Bunda faqat o`quvchi shaxsining taraqqiyot tarixinigina o`rganib qolmay balki bu taraqqiyotning tyendyentsiyasini tushunish va nimalar yoq bo`lib borayotganligini ,nimalar usayotganligini ko`ra bilish lozim. Masalan, o`quvchida ko`pollik kabi salbiy xususiyatning yoqolib borayotganligi yoki rivojlanayotganligi, yoki o`ziga nisbatan tankidiy munosabatda bo`lish kabi ijobiy xislatlarning yoqolib borayotganligi yoki rivojlanib borayotganligi biz uchun mutlaqo befarq narsa emas.
6. O`quvchini jamoada va jamoa a'zosi sifatida o`rganish lozim. Ayrim o`quvchini o`rganish jamoa xususiyatlarini o`rganish bilan birga olib borilishi kerak. Odam hamisha jamoaning bir kismi hisoblanadi. Agar o`quvchi a'zo bo`lgan va o`z tasiri ostida o`quvchi shaxsi tarkibyu topadigan yakin ijtimoiy muhit ,jamoa oila sinf guruh va shuning kabilar yaxshi o`rganilmasa bunday paytda o`quvchining shaxsiga doir ko`p tomonlarni ham tushunib bo`lmaydi. Chunki shaxs xususiyatlari ko`p jihatdan mazkur jamoa xususiyatlari bilan aniqlanadi.Biroq shaxsga jamoa ta'sirining passiv maxsuloti sifatida qarab bo`lmaydi. Shaxs aktivdir va o`z navbatida jamoaga ta'sir qiladi.
7. Kuzatishdan yaxshi natijalar olish uchun, shaxsning xislatlari turli xilda namoyon bo`lishini nazarda tutib ,ularni turli sharoitlarda rejali va sistemali tarzda kun sayin o`rganish kerak.
Bu o`quvchining xatti – harakatlarida yuz bergan o`zgarishlarni bilish va qo`llanilgan metod hamda usullarning samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Psixolog o`quvchi amalga oshiradigan ma'lum ish harakatlarning faqat vaziyatini va sharoitinigina emas ,balki o`quvchining xolatini ham jiddiy ravishda e'tiborga oladi .
O`quvchi odatdan tashqari vaziyatda o`zining xarakter xislatlariga mutlaqo mos bo`lmagan xususiyatlarni namoyon qilishi mumkin. Ehtimol o`quvchining oilasida qandaydir alohida sharoit sodir bo`lgan bo`lishi mumkin. Salomatlik xolati, kayfiyati, toliqish darajasi ham o`quvchi shaxsining namoyon bo`lishiga ta'sir qilishi mumkin. O`quvchining ustidan maxsus kuzatish olib borilayotganini syezdirmaslik ba'zan juda muhimdir,chunki u sezib qolsa, bu narsa o`quvchi shaxsining tabiiy ravishda namoyon bo`lishini siqib qo`yishi mumkin.
Nihoyat shuni ham ko`rsatib o`tish lozimki o`quvchiga baho berish uchun uning ham ijobiy, ham salbiy xatti-harakatlari muhim ahamiyatga egadir. Ammo o`quvchining xatti-harakatlaridagi qarama-qarshilik va mantiqsizlikni qayd qilish bilan birga tipik bo`lmagan, tasodifiy xislatlarni xarakterli, singib ketgan, tipik xislatlardan ajrata bilish kerak.
O`quvchiga beriladigan xarakteristikani uning tashqiqkiyofasini ko`rsatish bilan to’ldirish mumkin. Masalan, o`quvchining kostyumi, imo-ishoralari, mimikasi uning xarakterida kamtarinlik yoki takabburlik kabi xislatlarning borligi haqida faras qilish uchun asos bo`ladi.
O`quvchi shaxsining individual-psixologik xususiyatlarini tushunish uchun uning Bilan o`tkaziladigan intyervyu va suhbatlar juda ko`p ma'lumot beradi (shuningdek, o`quvchi haqida bo`ladigan suhbatni uni yaxshi biladigan odamlar – ota-onalari, o`qituvchilari, tarbiyachilari va urtoklari bilan o`tkazish mumkin). Bu suhbatlar o`quvchining hayotiy faktlarga, boshqa kishilarga va o`zining xatti-harakatlariga bo`lgan munosabatlarini namoyon qilishga yordam beradi.
Suhbat ilmiy tadqiqot metodi sifatida quyidagi prinsiplar asosida tuziladi:
a) tadqiqotchi o`quvchiga ishonchsizlik yoki ehtiyotkorlikxolatini tugradigan begona, uzoqodam bo`lib kurinmaslikka intilishi kerak, tadqiqotchi bilan o`quvchi o`rtasida o`zaro ishonch, xayrixoxlik va samimiylik vaziyatidagi munosabatlar urnatilishi lozim;
b) suhbatni qandaydir alohida tekshirish yoki savol anketalariga javob olish xarakteriga aylantirmay, maksimal darajadagi tabiiy sharoitda, jonli va bamaylixotirlik bilan o`tkazish zarur;
v) suhbat o`tkazish ko’nikma, malakat va taktni talab qiladi; suhbat o`tkazishga albatta tayorlanish zarur: suhbatning maqsadini aniq tasavvur qilish kerak, uning rejasini oldindan belgilab olish kerak, taxminiy savollarni oldindan uylab olish kerak (bir xil savollar o`quvchiga bildirmasdan boshqa savollarni nazorat qilishi kerak), suhbat o`tkaziladigan konkret sharoit va vaziyatni suhbatlashilayotgan o`quvchining individual xsusiyatlarini hisobga olgan holda suhbat shaklini aniqlash kerak.
Qo’shimcha materialni o`quvchilar ijodiy faoliyatlarini maxsulotini analiz qilish natijasinida olish mumkin ,chunki bu yerda ham o`quvchining voqeylikga bo`lgan munosabati namoyon bo`ladi. Bunday faoliyat samarasini analiz qilishga bolalarning ishlagan rasmlari, chizgan chizmalari, ko`rgan texnik konstruktsiyalari va xususan ( «mening orzuim»; «mening eng yaxshi ko`rgan kahramonim»; «o`z xarakterimni tarbiyalash ustida men qanday ishlamoqdaman» va shu kabi) erkin mavzuda yozgan insholarini kiritish mumkin.
Bundan tashqari, faoliyat samarasini analiz qilishga o`quvchilarning turli fanlar buyicha to`tgan daftarlarini va shuning bilan birga, agar qo`lga kiritishimkoniyati bo`lsa, o`quvchilarning shaxsiy kundaliklarini o`rganish ham kiritish mumkin. O`quvchi shaxsini bilish uchun faqat uning faoliyat mahsulotining mazmuni emas, balki shakli ham (masalan, yozma nutqining uslubi ham) muhimdir.
Suhbat, anketa va turli insholar psixologik jihatdan odamning o`zidan o`zi haqida yozma va ogzaki ma'lumot olish usulidir.
Xozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning aniq ilmiy tekshirish vazifasiga ega bo`lgan sohalari bor. Bularga, birinchi navbatda, maktabda pridmyetlarni o`qitishning psixologik asoslarini kiritish mumkin. Masalan, o`qitishning psixologik asoslaridan quyidagilarni ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |