Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari. Pedagogik psixologiya


Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati



Download 119 Kb.
bet6/8
Sana31.10.2022
Hajmi119 Kb.
#858788
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari. Pedagogik psixologiy

Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati- bu qobiliyat bir vaqtning o’zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zining diqqat e’tiborini o’quv materialini qanday bayon etilishiga , uning mazmuniga, o’z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishiga yki o’quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan toliqmaganliga e’tiborli yoki e’triborsizligiga, darsni tushunish tushunmasligiga ahamiyat berib, o’quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o’zining shaxsiy xulq atvoriga ( yurish turishiga, o’zining qanday tutishiga, mimika va pontamimikasiga ) e’tibor beradi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qobiliyatlardan tashqari o’qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik, kabi qator ijobyuiy xislatlariga ega bo’lishi lozim. U o’quvchilarni tarbiyalar ekan, o’zining xulq- atvori, yurish- turishi, xullas, butun o’qituvchilik shaxsi bilan o’quvchilarga o’rnak bo’lishi kerak. O’qituvchining o’zini qo’lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.


Konstmktiv qobiliyat - o'quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan avtish qobiliyati. Bu qobiliyat o'quvchi shaxsining rivojini loyihalashga, o'quv-tarbiya mazmunini, shuningdek, o'quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab olishga imkon beradi.


Gnostik qobiliyat - tadqiqotga layoqatlilik bo'lib, o'z faoliyatini, bu faoliyat jarayonini va uning natijalarini tekshirish hamda o'rganish natijalariga muvofiq faoliyatni qayta qurish qobiliyatidir.

F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlarni tarkib toptirish bosqichlari, xususiyatlari va xossalari to ‘g‘risida mukammal ma’lumotlar beradi. Ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirishda pedagogik qobiliyatlarning roli tajriba materiallariga asoslanib sharhlab beriladi.


Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshishi ko‘p jihatdan pedagogning maxsus pedagogik qobiliyatlarni egallaganligiga bog‘liq: T.I.Gavakov pedagogik qobiliyatlarni quyidagi tarzda guruhlashtirishni taklif etadi:
obyekt(ta’lirn oluvchilar)ni his eta olish;
kommunikativ (kishilar bilan aloqa o ‘rnatish, samimiylik, muloqotchanlik);
pertseptiv (kasbiy etuklik, empatiya, pedagogik intuitsiya);
shaxs dinamizmi (irodaviy ta’sir ko‘rsatish va mantiqiy ishontirish qobiliyati); 
emotsional barqarorlik (o‘z-o‘zini boshqara olish qobiliyati);
kreativ (ijodiy ishga qobiliyatlilik).
Maxsus qobiliyatlar ham o‘qituvchining o‘rgatuvchilik, ham tarbiyaviy ishiga taaluqlidir. O'qituvchining o‘qitish, o‘qish va o ‘rgatishga doir qobiliyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
o‘rganiladiganlarini ko‘ra olish va his eta olish qobiliyati;
o‘quv materialini mustaqil tanlay olish, ta’limning samarali metodlari va maqbul vositalarini aniqlay olish; 
o'quv materialini tushunarli bayon eta olish, uning barcha ta’lim oluvchilar uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlash; 
ta’lim oluvchilarning individualligini hisobga olish bilan bogiliqlikda o ‘qitish jarayonini tashkil eta olish qobiliyati;
o ‘quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalana olish qobiliyati; 
ta’lim oluvchilarning har tomonlama rivojlanishini tashkil etish qobiliyati;
o ‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati; 
o‘zining shaxsiy tajribasini boshqalarga uzatish qobiliyati;
mustaqil ta’lim olish va o ‘z-o‘zini rivojlantirishga qobiliyatlilik.
Pedagog olim l.P.Podlasiy pedagogik qobiliyatning tuzilishini quyidagi tarzda aniqlashtirgan:
1) tashkilotchilik - ta’lim oluvchilarni jipslashtirish, ularning faoliyatini rejalashtirish, jamoaviy ishga jalb etish, yakunlarini chiqarish;
2) diagnostik - o ‘quv materialini tanlay olish, o‘quv materialini tushunarli, aniq, obrazli, ishonchli va tizimli bayon eta olish; o ‘quvchilarning bilishga qiziqishlari va intellektini rivojlantirishni rag‘batlash, o‘quv-biluv faolligini oshirish hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va ijodkorlikka qobiliyatlilik;
3) pertseptiv - ta’lim oluvchilarning ichki olamiga ta’sir ko‘rsatish; ularning emotsional holatini xolis baholash, psixikasidagi o‘ziga xosliklarni aniqlay olish ko‘nikmasi;
4) kommunikativ - ta’lim oluvchilar va jamoa bilan pedagogik maqsadga qaratilgan munosabatni o ‘rnata olish ko‘nikmasi;
5) suggestiv (suggestiya - ishontirish) - o'quvchilarga emotsional ta’sir ko‘rsatish;
6) tadqiqotchilikka doir - pedagogik jarayon va vaziyatlami anglash hamda obyektiv baholay olish ko‘nikmasi
7) ilmiy-bilishga doir - tanlangan ixtisoslikka doir belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlami egallay olish qobiliyati;
8) gnostik - obyekt, jarayonni va o‘z faoliyati natijalarini tadqiq etish hamda olingan natijalar asosida uni korrektsiyalay olish qobiliyati.
Pedagogik qobiliyatlami har tomonlaina o'rganish qobiliyatlar shaxsning aql-idroki, his-tuyg'usi va iroda sifatlarning namoyon bo'lishidan iborat ekanligmi ko'rsatdi. Pedagogik qobiliyatlar umumiy qobiliyat: masalan, adabiy va ilmiy ijod qilish, loyihalashqobiliyatlari bilan bog'langan. Ular o'qituvchi faoliyatining samaradorliginioshiradi. Bunday o'qituvchilar o'z o'quvchilarini (talabalarni) ana shu faoliyatga jalb qila borib, ularga ta’lim va tarbiya berishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Pedagogik qobiliyatlar o'qituvchi xarakter-xislatlari bilan bog'liq. Uyushqoqlik, qat’iylik, haqqoniylik pedagogik faoliyat darajasining ortishiga olib keladi, aksincha, uyushmaganlik, ko'ngilchanlik, adolatsizlik pedagog faoliyat samarasini pasaytiradi. Har bir o'qituvchi o'ziga xos individual-psixologik xislatlarga ega bo'ladi. Ulardan ba’zilari harakatchanroq, boshqalari sustkashroq, ba’zilari qattiqqo'lroq, boshqalari yumshoqroq bo'ladilar. Bu xususiyatlar yaxshi, ulardan oqilona foydalanishni bilish katta ahamiyat kasb etadi. Bundan o'qituvchiga his-tuyg'ular, emotsiyalar yot bo'lishi kerak, degan ma’no kelib chiqmaydi, aksincha u quvonishi ham, g ‘azablanishi ham, qayg‘uga tushishi ham, xafa bo‘lishi ham mumkin va lozim.

Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish