Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari. Pedagogik psixologiya



Download 119 Kb.
bet1/8
Sana31.10.2022
Hajmi119 Kb.
#858788
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari. Pedagogik psixologiy




5-variant


1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari. Pedagogik qobiliyatlar.




Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari.


Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2 yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta qissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uzviy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psixologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasi d a oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakteri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.
30-yillarning o‘rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy tamoyillari: determinizm tamoyili, ong va faoliyatning birligi tamoyili, psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyili aniq ifodalab berildi.
Determinizm tamoyili psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi. Agar hayvonlar psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda bu psixikaning rivojlanishi biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash bilan belgilanadi. Agar odamning psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda kishida ong shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi pirovard natijada tirikchilikning moddiy vositalarini ishlab chiqarish usullarini rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Kishi ongining ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega ekanligini tushunish kishi ongining ijtimoiy borliqqa bog‘liqligi haqidagi umumiy materialistik tamoyilidan kelib chiqadigan eng muhim xulosadir.
Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan tamoyili ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi. Оng faoliyatning iсhki rejasini, uning programmasini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan modeli aynan ongda hosil bo‘ladiki, odam o‘zini qurshab turgan muhitda Shuning yordamida mo‘ljal oladi. Ong va faoliyatning birligi tamoyili psixologlarga xulq-atvorni, faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadlariga erishishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochish imkonini berdi.
Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili shuni anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bo‘lsagina, u to‘g‘ri tushunilishi va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin. Bu tamoyil psixologlardan P.P. Blonskiy, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, S.L. Rubinshteyn, B.M.Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topdi.
Psixikaning taraqqiyotini dialektik nuqtai nazardan tushunish psixik taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan xos bo‘lgan psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. L.S. Vigotskiy, ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, degan fikrni aytib, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi, deb ta’kidlaydi.
P.P.Blonskiy tafakkurning kichik maktab Yoshida o‘yinlar bilan, o‘spirinlik Yoshida o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L. Rubinshteyn ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi, deb yozgan edi. B.M.Teplov odamning eng muhim individual-psixologik fazilatlaridan bo‘lgan qobiliyatni tadqiq qilarkan, qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo‘lgan, deb ta’kidlaydi. Lekin rivojlanish faoliyat jarayonidan bo‘lak boshqacha muhitda yuz bermaganidek, “qobiliyat tegishli qonkret faoliyatdan ajralgan holda paydo bo‘la olmaydi”.



Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish