BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING KASBIY O’ZLIGINI ANGLASH
PEDAGOGIK – PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA
Yusupova Barchinoy
Aliqulovna
TerDPI, Pedagogika va psixologiya yo’nalishi talabasi
barchinoy.yusupova00@list.ru
Annotatsiya:
Mazkur maqolada bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy o’zligini
anglashda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
bo’lajak o’qituvchi, pedagog, pedagogik mahorat, bilim,
ko’nikma, qobiliyat.
Hozirgi globallashib borayotgan zamonda yangicha fikrlaydigan,
ijodiy
tafakkur va qobiliyatga ega bo’lgan yoshlarni yetuk kadr qilish maqsadida
davlatimiz tomonidan ko’plab chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda,
bularning
hammasi esa tarbiyalanganlik darajasi, fan va texnika, pedagagik mahoratga borib
taqaladi. Bolada qaysi kasbga qiziqish va qobiliyati borligini uning xarakter-
xususiyati qaysi kasbga to’g’ri kelishini erta aniqlagan holda unga to’g’ri
yo’nalishni o’z vaqtida ko’rsatib borish lozim. Bolani qobilyatini erta aniqlab uni
to’g’ri yo’lga solishning afzalligi shundaki, u o’z kasbining yetuk kadri bo’lib
yetishadi. Bolaga yoshligidan u qiziqqan kasbni yanada unga qiziqarliroq qilib uning
yaxshi tomonlarini ko’rsatib borsak uning bu kasbga qiziqishi ortib boradi, inson o’z
sevgan kasbida ishlasa uning ijodiy salohiyati yuksak kasbga qiziqishi zo’r bo’lib,
unda ruhiy charchoq kasbiy stresslar kuzatilmaydi. Shunday ekan bolaga boshidan
to’g’ri yo’l ko’rsatilib, to’g’ri tarbiya berilgan bo’lsa, bo’lajak o’qituvchi
kasbiy
o’zini anglashda hech qanday muammoga duch kelmaydi, kelgan taqdirda ham uni
olgan bilim, ko’nikma va malakalariga tayangan holda tezda unga yechim topadi.
Ammo shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki kasbini sevgan bilan unga doir
bilim va ko’nikmalar yetarlicha bo’lsada kifoya qilavermaydi, insonda kasbga mos
bilish jarayonlari ham yaxshi rivojlangan bo’lishi kerak. Masalan o’qituvchilik
kasbini oladigan bo’lsak pedagogning bilimi qanchalik yetarli bo’lmasin unda bilish
jarayonlaridan nutqiy faoliyat yaxshi bo’lmasa, fikrini to’liq ifodalay olmasa ya’ni
so’z boyligi kam bo’lsa ham u o’z kasbining yetuk kadri bo’lolmaydi. Shunday ekan
oliy ta’lim tizimida bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy o’zligini anglashga yordam
berish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022 dagi PQ-
289-sonli “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy
taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
qaroriga asosan 2022-2023-oʻquv yilidan boshlab kunduzgi taʼlim shaklidagi 2-4-
bosqich talabalar uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlar “4+2”, ya’ni darslarning 4 kuni
OTMda, 2 kuni umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtash tartibida olib
borilishi joriy etildi. Bu esa bo’lajak o’qituvchilarning fanlarda olgan o’z nazariy
bilimlarini amaliyotda qo’llab, bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib borishmoqda.
Ma’lum pedagogik - psixologik sharoitlarda bo'lajak o’qituvchining
shaxsiy
kasbiy o’z-o’zini o’rganishini talqin qilishi boshlang’ich nazariy asos va jadval
vazifasini o’taydi. Bo’lajak o’qituvchining professional refleksiyasini oliy
pedagogik ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonini individualizatsiyalashtirish
asosida rivojlantirish mumkin.
Kommunikativ va shaxsiy refleksiyani o'rgangan V.A-Krivosheevning
ta’kidlashicha, o'qituvchi o'z faoliyatida pedagogik mahoratni o‘zlashtirgani sari
hamkasblari va o'quvchilar u haqida nima o'ylashlarini
ancha yaxshi tushuna
boshlaydi, chuqur o'zlashtirilgan bilim va pedagogik mahorat tufayli o'qituvchi o‘z-
o‘zini baholashga kirishadi. Kommunikativ refleksiya shaxsiy refleksiyaning
mazmunini, tizimini va aynan bir xilligini belgilaydi degan xulosaga keladi muallif.
Xulosa
Hozirgi fan va texnika jadal rivojlanayotgan davr o`qituvchisi yangi
zamonaviy ta’limga tayyor turmog’i lozim, sababi
kundan-kunga yangi turlicha
metodika va texnalogiyalar ishlab chiqilmoqda, bu esa hozirgi zamon
o’qituvchisidan
kuchli bilim, ko’nikma va malakani talab etadi. Bu metodika va
texnologiyalarni chuqur o’zlashtirib uni o’z faoliyatida keng tarzda samarali qo’llay
olishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar: