Pedagogik psixologik muammo sifatida



Download 348,3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.05.2023
Hajmi348,3 Kb.
#938232
Bog'liq
Yusupova B.A. 4-sho\'ba



BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING KASBIY O’ZLIGINI ANGLASH 
PEDAGOGIK – PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA 
Yusupova Barchinoy
Aliqulovna
TerDPI, Pedagogika va psixologiya yo’nalishi talabasi 
barchinoy.yusupova00@list.ru 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy o’zligini 
anglashda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari bayon etilgan. 
Kalit so‘zlar: 
bo’lajak o’qituvchi, pedagog, pedagogik mahorat, bilim, 
ko’nikma, qobiliyat. 
Hozirgi globallashib borayotgan zamonda yangicha fikrlaydigan, ijodiy 
tafakkur va qobiliyatga ega bo’lgan yoshlarni yetuk kadr qilish maqsadida
davlatimiz tomonidan ko’plab chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda, bularning 
hammasi esa tarbiyalanganlik darajasi, fan va texnika, pedagagik mahoratga borib 
taqaladi. Bolada qaysi kasbga qiziqish va qobiliyati borligini uning xarakter-
xususiyati qaysi kasbga to’g’ri kelishini erta aniqlagan holda unga to’g’ri 
yo’nalishni o’z vaqtida ko’rsatib borish lozim. Bolani qobilyatini erta aniqlab uni 
to’g’ri yo’lga solishning afzalligi shundaki, u o’z kasbining yetuk kadri bo’lib 
yetishadi. Bolaga yoshligidan u qiziqqan kasbni yanada unga qiziqarliroq qilib uning 
yaxshi tomonlarini ko’rsatib borsak uning bu kasbga qiziqishi ortib boradi, inson o’z 
sevgan kasbida ishlasa uning ijodiy salohiyati yuksak kasbga qiziqishi zo’r bo’lib, 
unda ruhiy charchoq kasbiy stresslar kuzatilmaydi. Shunday ekan bolaga boshidan 
to’g’ri yo’l ko’rsatilib, to’g’ri tarbiya berilgan bo’lsa, bo’lajak o’qituvchi kasbiy 
o’zini anglashda hech qanday muammoga duch kelmaydi, kelgan taqdirda ham uni 
olgan bilim, ko’nikma va malakalariga tayangan holda tezda unga yechim topadi. 
Ammo shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki kasbini sevgan bilan unga doir 
bilim va ko’nikmalar yetarlicha bo’lsada kifoya qilavermaydi, insonda kasbga mos 
bilish jarayonlari ham yaxshi rivojlangan bo’lishi kerak. Masalan o’qituvchilik 
kasbini oladigan bo’lsak pedagogning bilimi qanchalik yetarli bo’lmasin unda bilish 
jarayonlaridan nutqiy faoliyat yaxshi bo’lmasa, fikrini to’liq ifodalay olmasa ya’ni 
so’z boyligi kam bo’lsa ham u o’z kasbining yetuk kadri bo’lolmaydi. Shunday ekan 


oliy ta’lim tizimida bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy o’zligini anglashga yordam 
berish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022 dagi PQ-
289-sonli “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy 
taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
qaroriga asosan 2022-2023-oʻquv yilidan boshlab kunduzgi taʼlim shaklidagi 2-4-
bosqich talabalar uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlar “4+2”, ya’ni darslarning 4 kuni 
OTMda, 2 kuni umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtash tartibida olib 
borilishi joriy etildi. Bu esa bo’lajak o’qituvchilarning fanlarda olgan o’z nazariy 
bilimlarini amaliyotda qo’llab, bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib borishmoqda. 
Ma’lum pedagogik - psixologik sharoitlarda bo'lajak o’qituvchining shaxsiy 
kasbiy o’z-o’zini o’rganishini talqin qilishi boshlang’ich nazariy asos va jadval 
vazifasini o’taydi. Bo’lajak o’qituvchining professional refleksiyasini oliy 
pedagogik ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonini individualizatsiyalashtirish 
asosida rivojlantirish mumkin. 
Kommunikativ va shaxsiy refleksiyani o'rgangan V.A-Krivosheevning 
ta’kidlashicha, o'qituvchi o'z faoliyatida pedagogik mahoratni o‘zlashtirgani sari 
hamkasblari va o'quvchilar u haqida nima o'ylashlarini ancha yaxshi tushuna 
boshlaydi, chuqur o'zlashtirilgan bilim va pedagogik mahorat tufayli o'qituvchi o‘z-
o‘zini baholashga kirishadi. Kommunikativ refleksiya shaxsiy refleksiyaning 
mazmunini, tizimini va aynan bir xilligini belgilaydi degan xulosaga keladi muallif. 
Xulosa 
Hozirgi fan va texnika jadal rivojlanayotgan davr o`qituvchisi yangi 
zamonaviy ta’limga tayyor turmog’i lozim, sababi kundan-kunga yangi turlicha 
metodika va texnalogiyalar ishlab chiqilmoqda, bu esa hozirgi zamon 
o’qituvchisidan kuchli bilim, ko’nikma va malakani talab etadi. Bu metodika va 
texnologiyalarni chuqur o’zlashtirib uni o’z faoliyatida keng tarzda samarali qo’llay 
olishi zarur. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022 dagi PQ-289-sonli 
“Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim 
muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori. 
2. Xoliqov A. A. Pedagogik mahorat. Darslik, O’zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligi. - Т.: “Iqtisod-moliya”, 2011, -420 b.
3. Turg‘unboyev K., Tolipov M., Oxunov I., “Ijtimoiy pedagogika asoslari”, 
Toshkent “Fan va texnologiya” 2008 yil 

Download 348,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish