Kurs ishi himoyasi va uni reyting tizimi asosida baholash
Kurs ishi yozib bo‘lingach, uni belgilangan muddatgacha kafedraga topshiriladi. Taqrizga jo‘natilganligi to‘g‘risida maxsus daftarga qayd etiladi. Taqrizga yuborilgan kundan boshlab kurs ishiga 2 hafta mobaynida taqriz yozilib, tinglovchiga qaytarilishi lozim.
Taqrizlar asosan 3 yo‘nalishda ifodalanishi mumkin:
Kurs ishini talabga javob berishi ta’kidlanadi.
Kurs ishida ayrim kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatilib, uni tuzatishga uslubiy maslahatlar beriladi.
Bajarilgan kurs ishi talabga javob bermasligi qayd etilishi mumkin.
Har uchala holda ham kurs ishlari tinglovchilarga qaytariladi. Taqriz bilan tanishgach: birinchi yo‘nalishdagi taqrizga ega tinglovchilar kurs ishi mazmunini puxta o‘rganib, himoyaga tayyorgarlik ko‘rishda davom etadilar. Ikkinchi yo‘nalishdagilar kamchiliklarni to‘g‘rilab, himoyaga tayyorgarlik ko‘rish payida bo‘ladilar. Uchinchi yo‘nalishdagi taqrizga tinglovchilar esa kurs ishini qayta yozish va uni o‘zlashtirishlari lozim bo‘ladi. Kurs ishlari ikkinchi marta taqriz uchun qabul qilinmaydi.
Kurs ishlari himoyasi fakultet dekanatlari tomonidan belgilangan kunda o‘tkaziladi. Kurs ishlari himoyasi kafedrada tuzilgan maxsus komissiya huzurida (kafedra mudiri- komissiya raisi va a’zolari ikkita professor-o‘qituvchilar) amalga oshiriladi. Himoya jarayonida komissiya a’zolari kurs ishi bilan tanishib, taqrizchining fikrini inobatga olinganlik darajalari bilan qiziqadilar va aynan kurs ishi mavzusi yuzasidan tinglovchiga savollar bilan murojat etadilar. Bunda tinglovchining mavzuni o‘zlashtirganlik darajasi, fikrlash qobiliyati, nutq madaniyatiga katta e’tibor beriladi.
Taqrizchi kurs ishini himoyaga tavsiya etishi yoki rad etishi mumkin. Kurs ishini faqat komissiya a’zolarigina baholash huquqiga egadirlar. Kurs ishlari «reyting» balli tizimda baholanadi. Kurs ishi natijalari reyting daftarchasining maxsus ajratilgan joyiga qayd etiladi va komissiya a’zolarining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kurs ishi mazmunini tinglovchining mustaqil fikrlari sezilib turgan, ifodalari aniq va ravon bo‘lgan, nazarda tutilgan masalalar batafsil yoritilgan, bezakli jihozlarga boy kurs ishlari e’tiborga loyiq, hamda namunali ish hisoblanadi. Masalan, umumiy ko‘rinishlari bejirim va toza saqlangan kurs ishi yuqori bahoga sazovor bo‘ladi.
Kurs ishlarini belgilangan muddatgacha taqrizga topshirmagan, hamda tinglovchining o‘z mehnati natijasi hisoblanmagan kurs ishlari baholanmaydi.
Kurs ishi rejasini tuzish va matnini yozish
Kurs ishiga puxta reja tuzish ishning eng asosiy yutuqlaridan hisoblanadi. Chunki ishning talabga javob beradigan tarzda yozilishi bevosita tuzilgan rejaga bog‘liqligi ayon. Shu bois, rejadagi ju’ziy kamchiliklar ham ishning saviyasi pasayishiga va mazmuni atroflicha, to‘liq yoritilmaganligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kurs ishlari mavzulari rejasidagi asosiy savollar 5-7 tadan iborat bo‘lishi lozim. Rejadagi har bir bandga o‘ziga xos yondashuv asosida javob yozish talab etiladi (namunadagi rejalarga ilova qilingan). Shuningdek har kurs ishi uchun taalluqli ko‘rgazmali jihozlar tavsiya etilgan bo‘lib, tinglovchi ularga e’tibor berishi lozim.
Kurs ishlarining kirish va xulosa qismlarida yoritilishi kerak bo‘lgan masalalar quyida keltirilgan.
Kirish
«Pedagogi-psixologik fanlarini o’qitish metodikasi» fanidan kurs ishi yozishning ahamiyati, mavzuning dolzarbligi, maqsadi va asosiy vazifalari. Tanlangan mavzuning tinglovchi uchun ahamiyati. Kurs ishi tuzilmasi va h.k.
Xulosa
Mavzu yuzasidan umumiy jamlama, ya’ni xulosa chiqariladi. Mavzuning o‘ziga xos tarzda yoritilishi tinglovchida qator umumiy tushunchalar–xulosalarni yuzaga chiqarishi mumkin.
Kurs ishlari (loyixalari) bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Kurs ishlari (loyixalarining) kengaytirilgan mavzulari va ularni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar alohida ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Malakaviy bitiruv ish.
. Tinglovchining malakaviy bitiruv ishi ta‘limining yakuniy bosqichidir. Malakaviy ishni bajarishdan maqsad-tinglovchining ta‘lim dasturi bo`yicha egallagan nazariy bilim hamda amaliy ko`nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni amaliyotda muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, ta‘lim va boshqa sohalarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo`llay olishga o`rgatishdir. Malakaviy bitiruv ishining mavzular ro`yxatini ixtisoslik kafedrasi tuzadi, oliy o`quv yurti yoki fakultet ilmiy kengashi tasdiqlaydi. Tinglovchining malakaviy ishi mavzusi va rahbari rektorning buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi.
Malakaviy ishga rahbarlar oliy o`quv yurtining o`ituvchisidan yoki boshqa korxona, muassasalarning yuqori malakali mutaxassislaridan tayinlanadi. Malakaviy ishi rahbarining vazifalari - tinglovchiga topshiriq berish; malakaviy ish rejasini tuzishga ko`maklashish; asosiy adabiyotlar, arxiv va boshqa manbalarni tavsiya etish; tinglovchiga maslahatlar berish, malakaviy ishni bajarish jarayonini nazorat qilish; malakaviy ishning sifati va tinglovchi o`zi bajarganiga kafolat berish, mavzuning, ishning aynan qaytarilishi, ko`chirilishiga yo`l qo`ymaslik, zarur hollarda maslahatchilarni taklif etishdan iborat.
Ixtisoslik kafedrasi malakaviy ishga qo`yiladigan talablarni, hajmini belgilaydi, ishni bajarish bo`yicha metodik qo`llanmalar ishlab chiqib, tinglovchilarni ta‘minlaydi.
Malakaviy ishni shaxsan tinglovchining o`zi bajaradi.Malakaviy ishda, ilgari bajarilgan ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning ishlari (ilmiy ma‘ruza, maqola, hisob-grafik ishlar, kurs ishlari, loyihalari), albatta, manbai ko`rsatilgan holda aks etdirilishi mumkin.
Malakaviy bitiruv ishi oliy o`quv yurti belgilagan tartibda bajariladi, ilmiy ishlarga qo`yiladigan talablar asosida rasmiylashtiriladi. Ish rahbarning tavsiyasi bilan kafedra mudiriga taqdim etiladi, kafedraning ishni himoya qilishga tavsiya qilish haqidagi qarori va tashqi taqriz bilan himoyaga taqdim etiladi, himoyadan so`ng oliy o`quv yurtida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |