Adabiyotlar, kartografik va boshqa manbalardan foydalanish
Kurs ishini yozish avvalo tavsiya etilgan tegishli adabiyotlar, ekologik statistik ma’lumotlar bilan tanishishdan boshlanadi. Tavsiya etilayotgan adabiyotlarning (oxirgi betda) aksariyat qismini universitet kutubxonasidan topish mumkin. Ayrimlarini shahardagi boshqa kutubxonalardan izlash lozim. Adabiyotlar bilan tanishilganda kurs ishiga taalluqli bo‘lgan qismlar konspekt tarzida maxsus daftarga qayd etilib borilgani ma’qul.
Manbalardan shuningdek internetdan olingan ma’lumotlar ham kiritiladi. Foydalanishning asosan ikki usuli mavjud:
So‘zma-so‘z olingan jumlalar (fikrlar) yoki sitata keltirish. Bu usul ko‘proq oldinga surilayot holatga yoki noto‘g‘ri ekanligini isbotlashda qo‘llaniladi. Sitata qo‘shtirnoq ichida foydalanib, kimning fikri ekanligi (muallif, ish nomi, nashr joyi, nashriyot nomi, yili, beti) ko‘rsatilishi shart. Sitata keltirishni suiste’mol qilgan holda butun kurs ishini sitatalar majmuasiga aylantirish ham o‘ta mantiqsizlikdir. Ularni faqat o‘rni kelganda qo‘llash lozim.
Manbalar mazmunini o‘z so‘zi bilan bayon etish (yozish). Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzishda ham ma’lum qabul qilingan tartib va qoidalar borligini unutmaslik lozim.
Avvalo kitob yoki muallifning familiyasi va ismi- sharifi (bosh harfi), kitob yoki maqola (ish), nomi, nashr etilgan joyi, nashriyot nomi va nashr yili ko‘rsatiladi. Agar ish maqola bo‘lib, biror ilmiy to‘plamda, jurnalda nashr etilgan bo‘lsa, maqola nomidan so‘ng drob chizig‘i (//) qo‘yiladi (bu chiziq «Ilmiy to‘plam, jurnal, gazeta» degan ma’nolarni bildiradi) va to‘plam, jurnal, gazeta nomi, yili, soni va betlari ko‘rsatilishi kerak.
Adabiyotlar ro‘yxati tuzilayotganda foydalanilgan bo‘lsa, kurs ishi mavzusiga taalluqli bo‘lgani holda avvalo O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, so‘ng hukumat qonunlari va Prezident farmonlari, Prezident asarlari hamda nutqlari tartibini berilgani ma’qul. Kurs ishida qonun, farmon va Prezident asarlarining bir nechtasiga murojat etilgan bo‘lsa, ular nashr yili bo‘yicha tartiblanadi, so‘ng boshqa mualliflar familiyasi alifbo tarzida davom etadi. Masalan:
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» T.: O‘zbekiston, 1992.
O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni. 1992 y. 9 dekabr.
Karimov I.A. «O‘zbekiston XX1 asrga intilmoqda» -T.: O‘zbekiston, 1998.
Kurs ishlari mavzularini keng yoritishda dunyo va O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy geografik atlaslaridan foydalanishni bilish lozim. Kartalarni puxta o‘qib olish tinglovchiga kurs ishini talab darajasida yoritishga katta yordam beradi. Chunki karta va ilmiy izlanishlar o‘zida juda ko‘p natijalarni mujassamlashtirgan. Ulardan foydalanish, turli bezakli chizma, diagramma va jadvallar ishlanishi mumkin. Bu tinglovchining kartadan foydalanish mahorati va ilmiy dunyoqarashi ko‘lamiga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |