Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari



Download 376,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/27
Sana15.01.2022
Hajmi376,49 Kb.
#368376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
qadriyatlarga oid ziddiyatlar turlari

ASOSIY QISM: 

1. Qadriyatli tasavvurlar tizimini  

shakllantirish pedagogik muammo sifatida

 

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin jamiyat ma’naviy hayotini 



sog’lomlashtirish va rivojlantirish, inson omiliga katta e’tibor berish asosiy 

vazifa sifatida kun tartibiga qo’yildi. Bu jamiyat oldida turgan vazifalarni hal 

etishga  oqilona  yondashishning  ko’rinishidir.  Prezident  Islom  Karimov  Oliy 

Majlis  ikkinchi  chaqiriq  birinchi  sessiyasi  yig’ilishida  so’zlagan  nutqida  bu 

boradagi vazifalarga alohida e’tibor berib shunday degan edi: «Bu sohadagi 

eng  asosiy  vazifamiz  milliy  qadriyatlarimizni  tiklash,  o’zligimizni  anglash, 

milliy  g’oya  va  mafkurani  shakllantirish,  mutqaddas  dinimizning  ma’naviy 

hayotimizdagi  o’rnini  va  hurmatini  tiklash  kabi  mustaqillik  yillarida 

boshlangan  ezgu  ishlarimizni  izchillik  bilan  davom  ettirish,  ularni  yangi 

bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir»

1



Darhaqiqat,  istiqlol  tufayli  xalqimiz  o’z  taqdirining  egasi,  tarixining 



ijodkori,  o’ziga  xos  milliy  madaniyatining  sohibiga  aylandi.  Milliy  o’z-

o’zini anglashga intilish kuchaydi. 

Mazkur  jarayonda  tarbiyaviy  qadriyatlarga  alohida  e’tibor  qaratilishi, 

uning  yuksak  ma’naviyatli  shaxsni  shakllantirishdagi  ahamiyatining  ochib 

berilishi  o’ta  muhimdir.  Yuksak  ma’naviyatli  shaxsini  shakllantirishda 

quyidagi tarbiyaviy qadriyatlar muhim ahamiyat kasb etadi: 

-

 

boy ma’naviyatimiz sarchashmalaridan bahramand bo’lib borish; 



-

 

jahon  madaniyati  xazinasiga  katta  hissa  qo’shgan  buyuk 



ajdodlarimizning ilmiy, madaniy merosi chuqurligi anglab olinganligi; 

-

 



yoshlarni  o’z  o’tmishiga,  milliy,  diniy  an’analarga  hurmat  bilan 

qarashi, ularni asrab-avaylash ruxida tarbiyalanayotganligi; 

                                                           

1

 



Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон хаѐт - пировард мақсадимиз.// Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон хаѐт - пировард 

максадимиз.Т.8. - Т.: «Ўзбекистон», 2000. - Б. 341.

 



 

-



 

o’z  millatining  o’zga  millatlar  oldidagi  qadr-qimmatidan,  obro’-

e’tiboridan faxrlanish; 

-

 



millat manfaatini himoya qilishdagi mas’uliyatni his etish va kelajakka 

ishonch. 

Yuqorida  qayd  etib  o’tilganidek,  biron-bir  jamiyat  o’zining  ma’naviy 

va  axloqiy  qadriyatlarini  rivojlantirmay  hamda  mustahkamlamay turib, o’z 

istiqbolini tasavvur eta olmaydi. «Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy 

merosi  ming  yillar  mobaynida  sharq  xalqlari  uchun  qudratli  ma’naviyat 

manbai  bo’lib  xizmat  qilgan.  Uzoq  davom  etgan  mafkuraviy  tazyiqqa 

qaramay,  O’zbekiston  xalqi  avloddan  avlodga  o’tib  kelgan  tarixiy  va 

madaniy  kddriyatlarini  hamda  o’ziga  xos  an’analarini  saqlab  qolishga 

muvaffaq bo’ldi»

2



Mustaqilligimizning  dastlabki  kunlaridanoq  bebaho  madaniy  va 



ma’naviy  merosni  tiklash davlat  siyosati  darajasiga  ko’tarildi.  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  1994  yil  23  apreldagi  Farmoni  va  Vazirlar 

Mahkamasining  1994  yil  8  iyundagi  Qaroriga  asosan  Respublika 

«Ma’naviyat  va  ma’rifat»  jamoatchilik  markazi  tuzildi.  Uning  faoliyat 

yo’nalishi quyida-gilardan iborat qilib belgilandi: 

- O’zbekiston xalqining ma’naviy-madaniy merosi, milliy va umuminsoniy 

qadriyatlar  ruhiga  mos  g’oyalarni  shakllantirish,  tegishli  tavsiyalar  ishlab 

chiqish; 

- yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan 

istiqboli sari yo’naltirish; 

millatlararo  hamjihatlik  va  fuqarolar  totuvligini  ta’minlash  va 

boshqalar. 

Mustaqillikning  ijtimoiy,  ma’naviy  mohiyati  bevosita  ommani  fikrini 

uyg’otishda, xalqning o’tmishi, buguni va kelajagi xususida qayg’urish hissini 

                                                           

2

 



Каримов И. А. Баркарорлик шартлари хамда тараккиѐт кафолотлари //Хавфсизлих ва баркарор тараққиѐт йўлвда. Т.6. - Т.: «Ўзбекистон», 1998. - Е. 125.

 



 

kuchaytirishdan  iborat.  Chunki,  «....faqat  ma’naviy  sog’lom,  kuchli 



jamiyatgina islohotlarga tayyor bo’lishi  mumkin»

3

. Xalqimizga xos bo’lgan 



milliy  qadriyatlar,  an’analar,  uning  eng  yaxshi  xislatlari  jamiyatdagi 

ma’naviy birlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  birinchidan, 

biron-bir  jamiyat  o’zining  madaniy  merosini,  ma’naviy  va  axloqiy 

qadriyatlarini odamlar ongida rivoj-lantirmay hamda mustahkamlamay turib, 

o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Ikkinchidan, mamlakatimiz yoshlarida 

yangi  siyosiy  dunyoqarash  shakllanayotgan  bir  paytda,  ota-bobolarimizdan 

meros  bo’lib  o’tgan  bebaho  go’zal  madaniy  durdonalardan  unumli 

foydalanish  va  ular  asosida  yangicha  mazmun  kasb  etadigan 

dunyoqarashni,  ma’naviyatni  shakllantirish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Ana  shu  sababli  kelgusida  pedagoglik  kasbi  bilan  shug’ul-lanuvchi 

pedagogika  oliy  ta’lim  muassasasi  talabalarida  qadriyatli  tasavvurlar 

tizimini  shakllantirish  o’zida  muhim  pedagogik  muammoni  aks  ettiradi. 

Muammoning  yechimini  topish  uchun  eng  avvalo,  tadqiqotga  doir  muhim 

tushunchalarning  mazmun  va  mohiyatini  aniqlashtirib  olish  zarur.  Ana  shu 

sababli  biz  quyida  muammoga  doir  «qadriyat»,  «pedagogik  qadriyatlar», 

«ta’limning kadriyatli paradigmasi», «qadriyatli tasavvur» va «talabalarning 

kadriyatli tasavvurlarini shakllantirish» kabi tushunchalarga alohida-alohida 

to’xtalib o’tamiz. 

Qadriyat tushunchasi maxsus falsafiy lug’atda XIX asrning 60-yillarida 

paydo bo’lganligi ta’kidlab o’tilgan. Falsafiy lug’atning 5-jildida qadriyatga 

quyidagicha ta’rif berilgan: 

«Qadriyat  falsafiy  va  sosiologik  tushuncha.  U  birinchidan,  bir  obyektning 

ijobiy  va  salbiy  qimmatini,  ikkinchidan,  ijtimoiy  ongning  normativ 

                                                           

3

 



Каримов И. А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.: «Ўзбекистон», 1995. - Б.306.

 



 

belgilovchi-baholovchi  jihati  (subyektiv  qadriyatlar  yoki  ong  qadriyatlari)ni 



ifoda etadi». 

«Qadriyatlar  va  ijtimoiy  tarakkiyot»  nomli  ilmiy  ishlar  to’plamida 

«Qadriyat  deyilganda,  inson  va  insoniyat  uchun  ahamiyatli  bo’lgan  millat, 

elat  va  ijtimoiy  guruhlarning  manfaatlari  va  maqsadlariga  xizmat  qiladigan 

va  shu  tufayli  ular  tomonidan  baholanib,  qadrlanadigan  tabiat  va  jamiyat 

ne’matlari  hodisalari  majmuini  tushunmog’imiz  lozim»,  deb  ta’kidlab 

o’tilgan. 

«Mustaqillik izoxda ilmiy-ommabop lug’at»da, «Qadriyatlar - jamiyatda 

kishilar  o’rtasida  obro’ga,  e’tiborga,  hurmatga,  nufuzga,  ahamiyatga  ega 

kishilar,  munosabatlar,  holatlar,  moddiy  narsalar  va  ma’naviy  boyliklar 

majmuasi», degan ta’rif berilgan. 

Qiyomiddin  Nazarov  umumiy  tahriri  ostidagi  «Falsafa:  qomusiy  lug’at» 

(2004)da  «Qadriyat  -  voqyeliqdagi  muayyan  hodisa-larning  umuminsoniy, 

ijtimoiy-axloqiy, 

madaniy-ma’naviy 

ahamiyatini 

ko’rsatish 

uchun 


qo’llaniladigan  falsafiy-sosiologik  va  aksiologik  tushuncha»,  deb  ta’rif 

berilgan. 

O.Tohirov,  B.Ochilovalarning  ta’kidlashicha,  «Qadriyat  -  bu  tabiiy  va 

ijtimoiy  hayotda  namoyon  bo’ladigan,  kishilar  qadrlaydigan  va  ular  uchun 

manfaatli,  foydali,  ijobiy  ahamiyatli  tabiiy,  individual  va  ijtimoiy  ehtiyojni 

qondirishga 

xizmat 

kiladigan, 

moddiy-iqtisodiy, 

madaniy-ma’naviy, 

mafkuraviy va siyosiy omillar yig’indisidir». 

«Qadriyatlar,  -  deb  yozadi  O.Musurmonova,  -  inson  tomonidan 

qadrlanadigan  narsalardan  iborat  bo’lib,  kishilarning  talabi,  xohishi,  qiziqishi 

va  maqsadi  asosida  o’zaro  munosabat,  o’zaro  ta’sir  (atrof-muhit  bilan, 

insonlar bilan) natijasida dunyoga keladigan holatdir». 

Siyosatshunos olim N.Jo’rayevning ta’kidlashicha, «Qadriyat deyilganda, 

inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning 



 

manfaatlari  va  maqsadlariga  xizmat  qiladigan  tabiat  va  jamiyat  hodisalari 



majmui tushunilishi lozim». 

S.Yuldashevaning 

fikricha 

esa, 


qadriyatlar 

deganda, 

atrof-dunyo 

obyektlarini  o’ziga  xos  ijtimoiy  belgilash,  ularning  inson  va  jamiyat  uchun 

ijobiy ahamiyatini aniqyaash tushuniladi

4



Qadriyat  tushunchasining  kelib  chiqishi  shuni  ko’rsatadiki,  unda  uch 

asosiy belgi birlashadi: narsa va hodisalarni baholashga doir insonning amaliy 

va emosional munosabatini ta’riflash; insonning psixologik tavsifini aniqlovchi 

axloqiy  kategoriya-larni  tavsif  etish;  odamlar  orasidagi  munosabatlarni 

xarakter-lovchi  ijtimoiy  hodisalarni  ta’riflash.  «Qadriyat»  tushuncha-sining 

rivoji  shartli  ravishda  qadriyatlarning  turli  ko’rinish  (iqtisodiy,  psixologik, 

axloqiy, estetik, bilishga oid, ijtimoiy)larini ajratib ko’rsatish, inson tabiati, 

uning  bilishga  intilish  mexanizmlarini  anglab  yetish,  bilish  faoliya-tining 

harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlashga imkon beradi. 

 

 




Download 376,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish