“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/205
Sana23.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#843288
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   205
Bog'liq
PM. MS. Sport

“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
 
129 
Oʻrgatish jarayoni – bu pedagogik jarayon boʻlib, murabbiy-oʻqituvchidan katta mahorat, kasbiy 
tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin shunday boʻlsa-da, harakatni (oʻyin malakasini) ijro etish texnikasiga 
oʻrgatish boshqa ahamiyatli sabablarga ham bog’liqdir: bolaning faolligi, mashg’ulotlarning soni, sifati, davom 
etish muddati, yordamchi texnik uskunalar, mashg’ulot oʻtkaziladigan joyning shart-sharoitlari, bolaning 
qiziqishi, harakat “boyligi”, tajribasi va hokazo [3, 12, 13, 14]. 
Shuni ham aytish zarurki, harakat texnikasini oʻzlashtirish muddati bolaning oilaviy sharoitiga, uning 
ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatiga hamda ruhiy holatiga ham bog’liqdir. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumot va oʻrgatish jarayonida e’tiborga olinadigan omillar ma’lum uslubiy 
tartibda asoslangan rejalashtiruv hujjatlaridan joy olishi kerak. Bundan tashqari, bolaning ichki “sirli” 
imkoniyatlarini hamda mavjud omillarni aniqlash tanlov dasturi va mashqlari yordamida amalga oshirilishi 
zarur. Olingan natijalar oʻrgatish uslublari, bosqichlari va texnologiyasini qoʻllashda tayanch omil boʻlib 
xizmat qilishi kerak. 
Dastlabki oʻrgatish jarayoni bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi va bu bosqichlarning har biri 
oʻziga xos uslub va vositalarni oʻz ichiga oladi. 
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar oʻyinchida jismoniy barkamollik va oʻyinchi uchun zarur boʻlgan 
harakat koʻnikmalari va malakalarini sayqallash uchun qoʻllaniladi. 
Muhokamalar va natijalar.
Barcha mashqlar oʻz yoʻnalishiga mos ravishda birlashgan holda mashq 
qilishning maxsus tayyorgarligi asosiy qismlarini tashkil etadi: umumiy jismoniy, maxsus jismoniy, texnik, 
taktik, oʻyin tayyorgarligi. Har bir tayyorgarlik turida oʻzining yetakchi omillari borki, ular yordamida 
koʻzlagan maqsadga erishiladi. Shu bilan birga barcha turdagi tayyorgarliklar bir-biri bilan uzviy bog’liq. 
Misol uchun, agar oʻquvchi jismoniy yaxshi tayyorlanmagan boʻlsa, u hujumda zarba berish texnik mashqini 
yaxshi bajara olmaydi. Bunday holda oʻquvchini jismoniy tomondan chiniqtirish, zarba berish usulini koʻp 
marta takrorlashdan koʻra foydaliroqdir. 
Birinchi bosqich – oʻrganiladigan harakat texnikasi bilan tanishish. Bunda, aytib berish, koʻrsatish va 
tushuntirish uslublari qoʻllaniladi. Oʻqituvchi shaxsan koʻrsatish bilan birga koʻrgazmali qurollardan 
foydalanadi: kinofilm, tasviriy film, sxema, maydon maketi va hokazo. 
Namoyishni tushuntirishlar bilan qoʻshib olib borish kerak. Oʻqituvchilarning dastlabki urinishlari 
ularda birlamchi harakat sezgisini shakllantiradi. 
Ikkinchi bosqich – texnikani soddalashtirilgan (oddiylashtirilgan) holatda oʻrganish. Mazkur oʻrganish 
bosqichida muvaffaqiyat koʻp holatlarda yondashtiruvchi mashqlarning toʻg’ri tanlanganligiga bog’liqdir. 
Ular oʻzining tuzilishi shakliga koʻra oʻrganilayotgan harakat texnikasiga yaqin va oʻquvchilar bajara oladigan 
boʻlishi kerak. Murakkab tuzilishga ega boʻlgan harakat (hujum zarbasi), uni tashkil qiluvchi asosiy zvenolarga 
(qismlarga) ajratib beriladi. Bu bosqichda boshqarish uslublaridan foydalaniladi (buyurish, koʻrsatma berish, 
koʻrish va eshitish, koʻrib ilg’ash, texnik vositalar va hokazo) hamda koʻrgazmali harakat (oʻqituvchining 
bevosita yordami, yordamchi jihozlarni qoʻllash), axborot (toʻpga boʻlgan zarba kuchi, tushish aniqligi, 
yorug’lik yoki ovozni belgilash) kabi uslublar alohida ahamiyatga ega boʻladi. 
Uchinchi bosqich – texnikani murakkablashtirilgan sharoitda oʻrgatish. Bunda quyidagilar qoʻllaniladi: 
takroriy usul, harakatni murakkab sharoitlarda bajartirish, oʻyin va baholash uslubi, qoʻshma uslub, “davra 
aylana” mashqlari. Takrorlash uslubi bu bosqichda eng asosiydir. Koʻp marotaba takrorlashgina malakani 
shakllantiradi. Malaka hosil qilish uchun takrorlash turli sharoitlarda mashq bajarishni (harakat sharoitini 
oʻzgartirishni, asta-sekin murakkablashishni) taqazo etadi. Hattoki, charchaganda ham mashqlar bajartiriladi, 
qoʻshma va oʻyin uslublari bir vaqtning oʻzida texnikani sayqallashtirishga, maxsus jismoniy sifatlarni 
oʻstirish masalalarini hal qilishga hamda texnik-taktik tayyorgarlik va oʻyin mahoratini takomillashtirishga 
qaratilgan boʻladi. 
Toʻrtinchi bosqich – harakatni oʻyin jarayonida mustahkamlashni koʻzda tutadi. Bunda bajarilgan 
harakatlarni talqin qilish uslubi qoʻllanadi (rasmlar, jadvallar, oʻquv filmlari, tasviriy filmlar), oʻyin jarayonida 
texnik-taktik, maxsus tayyorgarlik topshiriqlari, oʻyin va “bellashish” usullari (1-jadval). 
Tayyorgarlik va oʻquv oʻyinlarida har bir usulni (malakani) oʻrganish, uni takomillashtirish va 
mukammallashtirish koʻzda tutiladi. Malakani mustahkamlashning eng yuqori vositasi – bu 
musobaqalashishdir. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish