Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni va ahamiyati



Download 76 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2022
Hajmi76 Kb.
#573005
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1404052693 50320


Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni va ahamiyati

R e j a :





  1. O’qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji va mazko’r kasbning jamiyatda tutgan o’rni.

  2. Pedagogik mahorat haqida tushuncha.

  3. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.

Pedagoglik – o’qituvchilik kasbining paydo bo’lishi insoniyat tarixining eng kadim zamonlariga borib takaladi. O’qituvchilik kasbi bilan tarbiyachilik faoliyati bir vaqtda vujudga kelgan deb faraz kilamiz.


Kishilar tuplagan turmush tajribasini yoshlarga o’rgatish, ularni xayotga, mexnat faoliyatiga tayyorlash extiyoji natijasida kadim zamonlardayok ta‘lim va tarbiya mustakil ijtimoiy faoliyat sifatida paydo buldi.
Ibtidoiy to’zum davrida tarbiya mexnat jarayonida vujudga kelgan, jamoada amalga oshirilgan, yoshlarga mexnat kunikmalari, jamoaning urf – odatlari, marosimlarini bajarish o’rgatilgan. Asta – sekinlik bilan tarbiya ijtimoiy vazifa sifatida ajralib chikkan, ya‘ni keksa yoshdagi kishilar bolalarni tarbiyalash ishi bilan shug’ullangan. Bolalarning tanasini chiniktirish, chidamlilikka o’rgatish, harbiy – jismoniy mashklarni bajartirishga ko’proq e‘tibor berilgan. Ko’p oilalar o’z bolalarini bilimli, ogir tabiatli, maxsus kishilarga berib o’qitganlar. Yoshlarga ta‘lim – tarbiya beruvchi bunday kishilarni pedagog, professor deb, bolalarni tuplab o’qitiladigan joyni – maktab, gimnaziya, akademiya, universitet deb ataganlar.
Turli xalqlar – ( bizning ota – bobolarimiz ) kadim zamonlardan beri O’rta osiyoda – Turon zaminida yashab keladilar. Xududlardan topilgan yodgorliklar shundan dalolat beradiki, eramizdan oldingi ming yillikda ham katta – katta ko’rgonlar, shaharlar, davlatlar mavjud bo’lgan. Ularda madaniyat elementlari, din, yozuv, maktablar vujudga kelgan.
Demak, turkiy xalqlar kadim zamonlardayok o’z yozuviga ega bo’lgan. Arablar istilosidan sung arab alifbosi kabul qilingan. 1929 yilda lotin, 1939 yilda rus alifbosiga utildi. 1993 yilda O’zbekiston Respublikasi lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosiga utish haqida qaror chikardi.
Kadimgi Turon zaminida yashagan odamlar dunyoviy ilmlardan astronomiya, geometriya, arifmetika, tibbiyot kabi fanlarni saroy, ibodatxonalar xo’zurida ochilgan maktablarda yoshlarni diniy va dunyoviy ilmlar bilan ko’rollantirganlar. Kozi, mirzalar, xakamlar kabi davlat xizmatchilari tayyorlaydigan maktablar ham bo’lgan.
Kadimgi Shark mamlakatlarida maktablarda kattik intizom urnatilgan, jismoniy jazoga yul kuyilgan. Ko’pchilik xunarmand, kosib, dexkon, chorvadorning bolalari oilada, turmush, mexnat jarayonida tarbiya olganlar, kasb – xunar o’rganganlar. ( M.Ochilov. «Muallim qalb me‘mori», Toshkent, «O’qituvchi», 2001 yil ).
Yer yo’zidagi barcha xalqlar katori turkiy kavmlar ham kadim zamonlardayok, xayotiy extiyoj takozosi bilan o’z bolalarini soglom, baquvvat, mexnatsevar, katta – kichiklarni izzat – xurmat kiladigan kishilar bo’lib ulgayishlarini orzu qilganlar. Tarbiya soxasida tuplagan tajribalarini, orzu – istaklarini umumlashtirib, makol, topishmok, ertak, rivoyat, xikoyat, doston, urf – odat, marosimlar, bayramlar, an‘ana shaklida ifodalab, yoshlarga, oila a‘zolariga va bashqalarga o’rgatganlar. Demak, koldirilgan bu pand – nasixatlarning ijodkori ham, asrlar davomida yoshlarni kamolot sari yetaklab kelgan o’qituvchi ham, xayot ilmini, turmush saboklarini o’rgatib kelgan ustoz ham xalqdir. Bunday orzu – istaklar Abulkosim Firdavsiyning «SHoxnoma» asarida quyidagicha tasvirlanadi:
Akl yul ko’rsatib, dilni etar shod,
Har ikki olamda aklli obod.
Hamisha aklingni raxnamo etgil,
Noloyik ishlardan olisrok ketgil.
Xozirgi zamon pedagogika fani oldida to’rgan muxim muammolardan biri -- o’qituvchi va pedagogik mexnat sharoiti masalasidir. Chunki, o’qituvchida barcha pedagogik goyalar mujassamlangan bo’lib, uning faoliyati orkali bu pedagogik goyalar amalga oshiriladi va xayotga tadbik etiladi.
O’qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyat zaminida yosh avlodni odobli, e‘tiborli kilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan ko’rollantirish kabi muxim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o’qituvchining xilma – xil faoliyatiga bog’liq : bolalarni o’qitish, maktabdan va sinfdan tashkari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o’tkazish, ota – onalar o’rtasida pedagogik targibot ishlarini olib borish va xokazo. Bularning hammasi o’qituvchidan chuqur bilimlarga ega bo’lishni, o’z soxasini, bolalarni sevishni talab etadi.
O’zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim kontseptsiyasida o’qituvchi mutaxassis oldida to’rgan vazifalar quyidagicha belgilanadi : «Mutaxassis malakasi – chuqur ilmiy bilim, keng dunyoqarash va kasb tayyorgarligi, kompyuter buyicha savodxonligi, o’z bilimini tezlik bilan yangilash va tuldira olish qobiliyati singari omillardan tashkil topadi. Shular katorida uning intizomi, mas‘uliyati, ziyolilik, o’z ishiga, mamlakati mustakilligiga, Vatan va jaxon tarakkiyoti yulida ezgulik va adolatga sadokat tuygularini ham tarbiyalash zarur».
Ma‘lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan oktyabr oyining birinchi yakshanbasi xalq ta‘limi xodimlari kuni deb e‘lon kilindi.
Bu vokea davlatimizda o’qituvchilarning jamiyatda tutgan o’rni nakadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ilg’or o’qituvchilarimizga yuksak unvonlar, davlat mukofotlari berilishi ularga mas‘ul vazifalar ham yuklamokda. Ayniksa, Respublikamiz mustakillikka erishgandan keyin, o’qituvchining jamiyatdagi roli va mas‘uliyati ortib bormokda.

Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish