17-rasm. Pedagogy texnika metodlarining guruhlari
Agarda o'qituvchining kayfiyati yomon bo'lsa, uni qandaydir muammolar bezovta qilsa, oldida turgan pedagogic muammolar o'ylantiraѐtgan bo'lsa, u bu holatlarni yashirib tura olish, oshkor qilmaslikni uddasidan chiqishi darkor. Bu kabi salbiy holatlarni ochiq havoda pieda sayr qilish, tabiat qo'ynida, ayniqsa, suv havzalarining bo'ylarida dam olish, qiziqarli kitoblarni o'qish orqali mavjud ruhiy zo'riqishlarni bartaraf qilish mumkin. Yuz ifodasi va harakatlar faqatgina ta'lim maqsadiga, ma'naviy-ma'rify islar samaradorligini oshirishga yo'naltirilishi zarur. O'qituvchi yuz muskullarini va ko'zlarini tez-tez harakatlantirishdan, ularning birday qotib qolishidan ehtiёt bo'lishi kerak. O'qituvchi nigohi o'quvchilarga qaratilgan bo'lishi, bevosita ko'rish aloqasini vujudga keltira
olishi zarur. Devor, deraza va shipga qarab turishdan saqlanishi, aksincha, barcha o'quvchilarni diqqat markazida ushlab tourism muhim.
O'qituvchi o'z faoliyatida pedagogik texnika metodlari bilan birga pedagogik texnika vositalaridan ham foydalanadi.
Mohyatiga ko'ra pedagogic texnika vositalari nutq va og'zaki bo'lmagan muloqot jaraёnida qo'llaniladigan vositalar sanaladi. Pedagogy amalietda ёsh o'qituvchilarning pedagogic texnika-
sida quyidagi juz'iy kamchiliklar uchraydi:
o'quvchi yoki uning ota-onasi bilan sidqidildan so'zlasha olmaslik;
g'azabni to xtata olmaslik yoki uni o'z o'rnida ishlata olmaslik;
o'zida ishonchsizlikni ye nga olmaslik;
nutqni ravon bayn eta olmaslik;
ortiqcha qattiqqo'llik;
xushmuomala bo'lishdan qo'rqish;
juda tez gapirish (ayniqsa darslarda);
ortiqcha harakat yoki bir joyda qotib qolish, qo'llarini qaerga qo'yishni bilmaslik;
o'z gavdasini tutishda muayyan kamchiliklarga yo'l qo'yish (bukchayib, ye rga qarab yurish, o'rinsiz kulish, ortiqcha harakat, qo'lida turli jismlarni aylantirib yurish);
monotone - bir Ohangda so'zlash, nutqning zerikarliligi, jonli emasligi;
ifodali o'qish, so'zlarni aniq, to'g'ri talaffuz qila olmaslk (noto'g'ri diksiya), sinf xonasi, auditoriya uchun zarur tovush balandligini Belgilay olmaslik.
O'qituvchining o'quvchilarga pedagogic ta'sir ko'rsatishida uning nutqi ham hal qiluvchi omillardan biri sanaladi.
Ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda nutqning monologue, dialog, polilog shakllaridan foydalaniladi. O'qituvchi faoliyatida ham nutqning aynan mana shakllaridan foydalanish holatlari kuzatiladi (18-rasm):
Shakllar
Do'stlaringiz bilan baham: |