Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari



Download 84,5 Kb.
bet1/3
Sana09.02.2022
Hajmi84,5 Kb.
#439005
  1   2   3
Bog'liq
1 mavzu


  1. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari.



REJA:
1.Pedagogik faoliyat. Pedagogik faoliyat xususiyatlari, ijtimoiy ahamiyati.
2. Pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari.
3.“Pedagogik mahorat” tushunchasining mohiyati. O’qituvchi mahoraitni shakllantirishga doir psixologik, pedagogik nazariyalar mazmuni va ahamiyati.
4. Madaniyat va pedagogik madaniyat. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.
5.Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash va ularning pedagogik mahoratga ega bo’lishlariga qo’yiladigan talablar.
Eng qadimgi VII asrgacha bo’lgan davrda o’qituvchi, ustoz, tarbiyachi faoliyati, mahorati, ularning jamiyatdagi o’rni, haqida to’xtalib o’tish lozim.
Ibtidoiy jamoa davrida jamiyatdagi kishilar yosh jihatdan 3 guruhga bo’linar edi.

  1. Bolalar va o’smirlar.

  2. Hayot mehnatining to’la qimmatli va to’la huquqli ishtirokchilari.

  3. Keksalar.

Yangi tug’ilgan bolani jamoadagi keksa kishilar boqib o’stirardilar. Bola tegishli biologik yoshga to’lib, mehnat qilishni o’rganib, hayotiy bilim va malakalarni egallagandan so’ng to’la mehnatchilar guruhiga o’tgan. Ibtidoiy bola o’zining hayot faoliyati jarayonida kattalarning ishlarida qatnashib, ular bilan kundalik muomalada bo’lib tarbiyalanar va ta’lim olar edi. O’g’il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan, qizlar esa ayollarning ishlarida qatnashardilar. Keyinchalik o’g’il bolalar uchun alohida, qizlapr uchun alohida tarbiya muassasalari yoshlar uylari paydo bo’ldi. Bu erda ulug’ oqsoqollar rahg’arligida yashash, mehnat bo’yicha o’tkaziladigan sinovlarga tayyorlanar edilar.
Ibtidoiy jamiyatda dehkonchilik turli kasb-xunarlar paydo bo’ldi. Shu bilan bog’liq ravishda tarbiya ham murakkablashib, ko’p tomonlama va rejali bo’la bordi. Bolalar tarbiyasi tajribali kishilarga topshiriladigan bo’ldi. Ular bolalarga mehnat ko’nikma va malakalarini o’rgatish bilan bir qatorda, paydo bo’lib kelayotgan diniy urf odatlarning qoidalari, naqllari bilan bolalarni tanishtirar, yozishga o’rgatar edilar.
Sharqning barcha gumanistlari Rudakiy, Firdavsiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Nizomiy, Xofiz, Shayx Sa’diy, Umar Xayyom, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy kishilarni ma’naviy go’zalligini, tengsizligini kuyladilar, insonparvarlik g’oyalarini olg’a surdilar.
Ular yashab o’tgan davr ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlar avj olgan, tashki dushmanlar xukumi tez-tez takrorlanib turgan, ideologik hayotda sohta targ’ibot ildiz otgan, xalq erksiz kashshoq xolda yashagan, kitob va yozma manbaalar faqat qo’lda ko’chirib yozilgan davr edi.
Ana shunday-ziddiyatli zamonla yashab o’z maqsadi, hayotini olg’a surgan, vazifalarni bajarishga kirishgan allomalar fan, madaniyat, tarix, ilmiy bilimlar sohasida munosib o’rin egalladilar.
Mutafakkirlar mustaqil dunyoqarash, sabr-matonat bilan o’tmish avlodlar bilimlarini chuqur o’rganib, o’zlari ham mehnat qilib turli fanlarda yangi tushuncha va xulosalar chiqara oldilar. Insoniyat tarixi, madaniyat fani o’zaro aloqadorligida o’sib, rivojlanib, boyib borishini isbotladilar. Ayniqsa pedagogika, psixologiya, etika fanlarining mustaqilligiga keng yul ochdilar. Ta’lim-tarbiya, mulokat, odob-ahloq, gumanizm, estetika tushunchalarini boyitdilar.
Sharq mutafakkirlari va allomalarning ijodiy meroslarida o’qituvchi-tarbiyachi mahorati, ustoz-shogirdlik o’artlariga ham alohida o’rin berilgan.
Abu Nasr Farobiy X asr sharq falsafiy fikrlarining eng yirik namoyondalaridan bo’lib, hayot, inson haqidagi ta’limotni dastlab yaratuvchilardan biri sanaladi. O’rta asrning bir qancha ilmiy yutuklari, umuman Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyoparvar ijtimoiy, falsafiy tafakkur taraqqiyoti uning nomi bilan bog’liq bo’lgan. Forobiy o’z zamonasi ilmini barcha sohasini mukammal egallagan. Uning asarlarida odam shaxsining eng yaxshi va oliyjanob xususiyatlari, kishilar hayotida adolat o’rnatilishi, yaxshilik, aqliy kamolatiga erishuvchi inson haqida falsafiy fikrlar ifoda etilgan.
Abu Nasr Forobiy ustoz o’qituvchiga shunday talab qo’yadi:
«Ustoz shogirdlariga katta zulm ham haddan tashqari ko’ngilchanglik ham qilmaslik lozim».
Chunki ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi-yu, ustoz juda ham yumshoq bo’lsa shogird uni mensimay qo’yadi va u beradigan bilimdan sovub ham qoladi. U o’quvchiga bolalarning fe’l atvoriga qarab tarbiya jarayonida «qattiq» yoki «yumshoq» usullardan foydalanishni maslahat beradi. Uning fikricha:

  1. Tarbiyalanuvchilar o’qish-o’rganishga moyillik bildirsalar, ularga ta’lim tarbiya jarayonida yumshoq usul qo’llaniladi.

  2. Tarbiyalanuvchilar o’zboshimcha itoatsiz bo’lsalar, kattiq usul (majburlov) qo’llaniladi.

Abu Ali ibn Sino jahon madaniyatiga katta hissa ko’shgan mashhur entsiklopedist olim. Tabiatshunos, faylasuf, astranom, matematik musiqashunos, xuquqshunos, filolog, yozuvchi va shoir. Evropada Avitsienna nomi bilan mashhur bo’lgan Ibn Sino jahon fani taraqqiyoti tarixida muhim rol o’ynaydi.
Ibn Sinoning gumanistik ta’limida birinsi masala inson kamolatidir, insonni olamdagi mavjudodlardan yuqori qo’yishdir.
Abu Ali ibn Sinoning ijodiy faoliyati juda hilma-hil va rangbarangdir. Uning asarlarida falsafa, tarix filologiya, etika, pedagogika, psixologiya, she’riyat, tabobat, terapiya, xirurgiya, diagnostika, gigiena va tabiatshunoslik fanlarning har qaysisiga doir mustaqil fikrlar va xulosalar bor. Ibn Sino buyuk olim. U inson aqlining har tomonlama rivojlanishiga tabiat sirlari va haqiqatni bilish mumkinligiga qattiq ishongan. Isbotlab misollar keltirgan. U o’zining ilm-fan sohasidagi katta fazilatlari bilan jahon ma’rifati va madaniyatining namoyondasi sifatida tanildi.
Ibn Sinoning ta’lim va tarbiya sohalaridagi boy meros o’z davrida jaholatga qarshi kurashda juda katta progressiv ahamiyatga ega bo’ldi. Ulug’ zotning talay asarlaridagi g’oyalarini olimlarimiz, pedagoglarimiz hamon o’rganmoqdalar, amaliy hayotga tadbiq etmoqdalar.
Buyuk alloma Ibn Sino bolaga bilim berish o’qituvchining ma’suliyatli burcha ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha bolalar bilan muomolada bosiq va jiddiy bo’lish, berilayotgan bilimning bolalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor berish kabilar muhimdir.
Ibn Sino haqiqiy olim bo’lganligi sababli tilga doir ko’pgina asarlarni yuzaga keltirdi. Abu Ali Ibn Sino fanning qaysi bir sohasiga qo’l urmasin, unga falsafiy tus berdi. Uning shoir va adib sifatida yozgan asarlari ham o’zining falsafiy jihatdan chuqur g’oyalari asosida sug’orilganligi bilan ko’zga tashlanib turadi.
XI asrda yashab o’tgan allomalardan biri Yusuf Xos Xojib ham o’z ijodida ilm ahillarini, ustozlarini ulug’laydi. «Qutadg’u bilig» asarida ilm ahli ulug’lanadi.
Abu Rayhon Beruniyning qarashlari progressiv mazmun kasb etadi. Mutafakkirning gumanist qarashlarida rostguylik bilan adolat ximmaga ega bo’lgan sifatlardir. Olim xulqlarni yaxshi va yomon xulqlar deb 2 qutbga bo’lib ko’rsatadi. Uning fikricha yaxshi xulqlar-rostguylik, adolat, mardlik, botirlik, ximmat va shu kabilardir. Bu haqida u shunday deydi: hammaning tabiatida adolat bevosita sevimli va hamma uning yaxshiligiga qiziqadigan bo’lgani kabi rostguylik ham shunday, lekin rostguylikning shirinligini tatimagan yoki shirinligini bilsa ham, totishni istamaydigan kishi uni sevmaydi.
Umar Xayyom o’zining jahonshumul ilmiy asarlari bilan emas, nozi r poetik asarlari-ruboilari bilan olamga mashhur bo’ldi. Shoir o’z ruboilarida olam sirlari haqida fikr britdi, zo’ravonlikni, jaholatni, riyokorlikni fosh etdi, shaxs erkinligini kuyladi. Umar Xayyom insonni ulug’ladi, dunyodagi eng oliy mavjudot sifatida qo’lladi.
Umar Xayyom dunuoqarashida inson va uning xayotiy muammolari, inson hayoti bilan bog’liq bo’lgan tashvishlar, gumanizm masalalari markaziy o’rin egalladi.
Umar Xayyom kishilarni ahillik va do’stlikka, ittifoqlikka chaqiradi, har qanday mushkul ishni hal qilishda ittifoqlik, do’stlik juda katta kuch ekanini qayta-qayta ta’kidlaydi.
Sharq mumtoz madaniyatining butun dunyoga mashhur namayondalaridan biri Sa’diy Sheroziy ta’lim-tarbiyada muallimning talabchanligi bilim va tarbiya berishda qattiqqullik bo’lishining tarafdori bo’lgan.
«Guliston» da ustoz shogird munosabtiga oid hikoyat keltiriladi. «Bir odam kurash san’atida zo’r mahorat qozondi, u 300 xiylani bilar va har kuni bir hiylani ishlait kurashar edi. Shogirdlaridan biriga 299 hiylani o’rgatdi. Ammo bir hiylani o’rgatmadi. Ustozning hurmatini bilmagan shogird ustozdan ham ustunligini aytib maqtanadi. Bu so’z podshoga yoqmaydi. Ular kurash tushmoqlarini buyuradi. Ustoz oxirgi hiylasini ishlatib shogirdini engadi. Ustoz hurmatini bilmagan shogird esa xaloyiq va podshohning nafratiga uchraydi».
Muallim ustozga nisbatan hurmatda bo’lishining ifodasi shuki, shogird muallimdan oldin yurmaslik uning o’rniga borib o’tirmalik lozim. Mashg’ulotlar davomida o’quvchilar muallimdan uzoq bo’lmasinlar, ular orasi o’q-yoy oralig’ida bo’lsin, mana shunda ilmga intiluvchilarni o’z ustozlariga hurmati ma’lum bo’ladi.
Sohibqiron Amir Temur ham o’z hukumronligi davrida ilm ahllari, muallimlarga hurmat bilan qaraydi. Kishilarga mansab berishda ham ularning ilmlarini hisobga oladi. Jamiyatning rivojida ularning o’rni muhim deb biladi. Ko’plab madrasalar ochadi, ularga muallim va muddarislar tayin etadi. O’zining ustozlarini ham juda qadralaydi.
Alisher Navoiy o’zbek xalqining ulkan shoiri va mutafakkiri, ulug’ olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining siymolaridan biri. Shoir butun hayoti va faoliyatida insonning baxt-saodati uchun kurashgan. Navoiy o’zining hamma asarlarida insonning er yuzidagi haqiqiy inson degan nomini yuqori darajaga qo’yadi, inson huquqi bilan yashashni, inson shaxsining ozodligini yoqlaydi.
Alisher Navoiy ijodida ham ustoz masalalariga keng o’rin beriladi. U yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar, muddarislar hamda ustoz murabbiylarning o’zlari ham bilimli va tarbiyali bo’lishi zarurligini uqtiradi. U nodon mutassib johil domlalarni tanqid etadi va o’qituvchi ma’lumoti o’qitish yullarini biladigan muallim bo’lishi zarur deydi. Masalan: «Maxbub ul qulub» asarida maktabdorlar haqida fikr britar ekan, ularni o’ta qattiqqo’l johil va ta’magirliklarini qoralaydi. Daraxaqiqat johil muallimlar gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarning azoblashga, kaltaklashga o’rgangan. G’azabli, qoshi chimirilgan, gunohsizlar bilan achchiqlanishga odatlangan.
Xusayn Voiz Koshifiy o’z asarlarida usto-shogird munosabatlariga keng to’xtaladi: «Agar shogirdlikning binosi nimani ustiga quriladi deb surasalar iroda ustiga deb javob bergin. Agar iroda nima deb surasalar samo’ va totatdir deb aytgin. Agar samo’ va toat nima deb surasalar nimani ustoz aytsa uni jon qulog’i bilan eshitish, chini bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalda ado etishidir deb ayt». U shogirdlikning 8 ta odobini ko’rsatadi:

  1. Birinchi bo’lib salom berish.

  2. Ustozning oldida oz gapirish.

  3. Boshni oldinga egib turish.

  4. Ko’zni har tomonga yugurtirmaslik.

  5. Gap so’ramoqchi bo’lsa oldin ustozdan ijozat olish.

  6. Ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik.

  7. Ustoz oldida boshqalarni g’iybat qilmaslik.

  8. O’tirib turishda hurmat saqlash.

Koshifiy ustozlik shartlarini ham ko’rsatadi. «Bilgilkim hech bir ish ustozsiz amalga oshmagay va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa ul ishni asosi mustahkam bo’lmaygay».
Mashhur allomaning fikrlaridan shu narsa ko’rinib turibdiki, o’qituvchilik er yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda fahrli kasb deb hisoblangan va unga juda katta ahamiyat berilgan. Shunday ekan bugungi kunda ham o’qituvchiga hurmat bilan qarash lozimligini talab qilinadi. Albatta bunda o’qituvchining o’zi ham jamiyatda qanday muhim vazifani bajarayotganligini tushunib olishi va o’z qadr qimmatini yaxshi bilib ishlashi zarur. O’qituvchi sof vijdonligi, ishchan, sabotli, o’quvchilarga o’zi singdirish lozim bo’lgan fazilatlarga jonli namunasi, keng ma’lumotli va mehnatsevar kishi bo’lishi lozim. U o’z ishini behad sevishi, o’quvchilarga ba’misli otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug’dirishi zarur. O’zi namuna ko’rsatib o’quvchilarni o’ziga ergashtirish o’qituvchining eng birinchi vazifasidir.
O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to‘g‘ri­sidagi muammolar Yevropa olimlari Ya.A.Komenskiy, Djon Lokk, G.Pes­ta­lotssi, A.Disterverg, K.D.Ushinskiy kabilarning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, chex olimi, mashhur pedagog Ya. A. Komenskiy o‘qituv­chining eng muhim xususiyatlari qatoriga bola­larni sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritadi va ularning mohiyatini mukammal tavsiflab beradi.
Yan Amos Komenskiy o‘z davrida o‘qituvchilarning bola dunyo­qa­rashini rivojlantirishdagi roliga yuqori baho berib, o‘qituvchilik «yer yuzi­dagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, o‘qituvchi o‘z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o‘z qadr-qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. Ya.A. Komenskiy o‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shax­sida quyidagi fazi­latlar namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiqligini ta’kid­­laydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quv­chilarga mehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘o­tuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakl­lantiruvchi.
I.G.Pestalotssi o‘qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga, asosan uning xalq ta’limi tarmog‘ini takomillashtirishdagi roli hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to‘xtalib o‘tadi.
A. Disterverg o‘qituvchining ta’limdagi roliga yuqori baho be­rib, u o‘z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o‘quv­chilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O‘qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoli­yatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilim­larga ham ega bo‘lishi kerakligini takidlab o‘tgan.
Pedagog olim Djon Lokk o‘qituvchi psixologiyasining eng mu­­­him jihatlarini ishlab chiqqan. Ular orasiga mo‘’tadillik, g‘ay­rat-shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi hislatlarni kiritib, o‘qituv­chi­ning pedagogik faoliyatidagi rolini asarlarida yoritib bergan.
A.I.Gersen, L.N.Tolctoy, I.G.Chernishevskiy, K. D.Ushinskiy ka­bi rus pedagog olimlari g‘arb mutafakkirlari g‘oyalarining voris­lari sifatida mazkur muammolarga o‘z mulohazalarini bildirganlar. Jumladan, A.I.Gersen mulohazalariga ko‘ra, o‘qituvchining asosiy hislati – bu uning bolalar bilan munosabatda bo‘layotganligini sezish­da, bolalar ruhiy dunyosini tushuna olishida, axloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday iste’dodga ega bo‘lmog‘i zarurki, unga har qaysi o‘qituvchi erisha olmaydi.
Taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituv­chining roli va shaxsiga yuqori baho berib, o‘qituvchi kasbi­ga oid ilmiy mulohazalarida hech bir Qonun yoki Programma, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi metod yoki tamoyillar o‘qituvchi shaxsi­ning pedagogik faoliyatdagi mahorati o‘rnini bosa olmaydi deb hisob­laydi.
K.D.Ushinskiy o‘qituvchi ma’naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda tako­millashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi. Mazkur g‘oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o‘qituvchilarni qayta tayyorlovchi kurslar tizimini tashkil etishni u ilk bor asoslab bergan.
K.D.Ushinskiy o‘qituvchining mashaqqatli mehnatini ta’riflab shun­day deydi: “Hali yetilmagan va fikri xayoli tarqoq bo‘lgan o‘ttiz yoki qirqta o‘quvchining ongini butun dars davomida mashg‘ul qilib turish uchun o‘qituvchi o‘z so‘zlari va bergan masalalari to‘g‘risida ko‘p bosh qotirishi, serdiqqat bo‘lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo‘lgan har bir kishi o‘qituvchi bo‘lishga layoqatli bo‘lavermaydi. Jamiyat tomo­nidan hamma vaqt ham etarlicha ta’rif qilinmaydigan bu vazifani insof bilan ado qilmoq uchun zo‘r matonat va mahorat talab qilinadi”.
K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, o‘qituvchi qalbining bolalarga nisbatan mehrini bildiruvchi axloqiy hislatlaridan biri, muallimning tarbi­yaviy kuchini va qobiliyatini ko‘rsatadigan ma’naviy oyinasi ijti­moiy qimmatga ega bo‘lib, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etka­zishda namoyon bo‘ladi. Pedagogik faoliyatning yana bir muhim tarkibiy qismio‘qituvchining xapakteri va his-tuyg‘ularida, uning o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish usulida namoyon bo‘luvchi pedagogik-psixologik takt (odob, axloq) xususiyatlarini qo‘llashdir. Uning fik­ri­cha psixologik takt (odob, axloq) hayotimizning barcha jabha­larida g‘oyatda keng qo‘llaniladigan faoliyat turi, shuning uchun ushbu taktlarga ega bo‘lmasdan, odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyatining o‘zi ham bo‘lishi mumkin emas, deb ta’kidlaydi.
«Aqlli, fikran boy, bag‘ri keng insonchalik hech narsa yoshlarni qiziqtirmaydi, o‘zining ortidan ergashtira olmaydi ham..., aql – aql bilan tarbiyalanadi, vijdon – vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik – bevosita vatan uchun xizmat qilish bilan..., – deb ta’kidlagan edi mashhur rus pedagogi V.A.Suxomlinskiy. – O‘qituvchi o‘zining butun borlig‘i, kundalik hayoti, ma’naviy madaniyati bilan hamkasblari va o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladi va ularni o‘z ortidan ergashtiradi».
O‘qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy – nazariy asoslari pedagog olim V.A. Slastyonin tomonidan ham tadqiq qilingan. U kasbiy – pedagogik tayyorgarlik, o‘qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanish yo‘nalishi va bunda pedagogik mahorat to‘g‘risida so‘z yuritib, shunday yozadi: “O‘qituvchi muntazam ravishda peda­gogik nazariyalarga tayansagina, o‘qituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir, amaliyot bo‘lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat – falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mush­kul”. Demak, o‘qituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukam­mal egallash talab etiladi, balki, pedagogik amaliyotni to‘g‘ri va maq­sadli tashkil qilish uchun chuqur ilmiy – nazariy ma’lumotlarga ham ega bo‘lish lozim.
Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy o‘qituvchi fazilatining mukam­mal­li­gini o‘z mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘li­shi bilan bir vaqtda bolalarga bo‘lgan munosabatida, ularni xuddi o‘z far­zand­laridek jon-dilidan sevishida ekanligida ko‘rgan. Uning ta’­kid­lashicha, “agar o‘qituvchi faqat ishiga havas qo‘ygan bo‘l­sa, u yax­shi o‘qituvchi bo‘ladi. Agar o‘qituvchi bolaga faqat otasi va onasi kabi havas qo‘ygan bo‘lsa, u oldingi o‘qituvchidan yaxshiroq bo‘ladi. Bordiyu, ikkala hislatni ham o‘zida mujassam­lashtirsa, u holda u mukammal va mahoratli o‘qituvchi bo‘la oladi”.
Ma’lumki, pedagogik mahorat tizimida o‘qituvchining pedagogik nazokati (odobi) muhim mavqega ega. O‘qituvchi nazokatsiz, kasb odobisiz yuksak cho‘qqilar sari odimlay olmaydi. Masalaga shu nuqtai – nazardan yondashilganda, muallifning so‘zlari, o‘qituvchi pedagogik mahoratiga qo‘yilgan talablarga mos va hamohangdir.
Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘z asarlarida o‘qituvchining kasbiy fazilati to‘g‘risida quyidagi fikrlarini bayon qilgan: “Pedagog darsda ma’lum bir o‘ziga xos rolni o‘ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o‘ynashni bilmaydigan o‘qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum ma’noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo‘lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko‘ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg‘ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko‘ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo‘lsa, pedagog ham ko‘ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. O‘quvchiga ba’zan muloqotda ko‘ngil azobini namoyish etishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o‘ynashni ham bilishi kerak. Tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o‘qituvchi g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan o‘tkazishni ham bilishi kerak.
Biroq shunchaki tashqi, sahnaviy rol o‘ynash yaramaydi. Bu o‘yinda pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog‘laydigan qandaydir kamar bor, bu sizning go‘zal xulqingizni namoyish etib bog‘lovchi rolingiz. Bu sahnadagi o‘yin o‘lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg‘ularingizni, mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir”.
Pedagog olim o‘qituvchining hech bir kasbga o‘xshamaydigan kasbiy faoliyatini yuksak baholab, “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq yoki jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin” – deb yozgan edi.
Shunday qilib, evropa mutafakkirlari o‘z ilmiy asarlarida o‘qi­tuv­­chining bir qator muhim fazilatlari haqida fikr yuritganlar. Bu­lar­­ning qatoriga quyidagi fikrlarni alohida qayd etish lozim: o‘qituv­chining har tomonlama barkamol bo‘lishi, o‘zining yuksak hislatlari va his-tuyg‘ulari bilan boshqa kasbdagi kishilardan ajralib turishi, bola­lar ruhiyatiga oson kira olish kobiliyati, darslarni o‘zlash­tirish­da orqa­­da qolganlar bilan individual ishlar olib borish, o‘quv­chilar diqqa­tini o‘ziga qaratish mahorati, mustaqil ishlash va o‘z maho­ratini, mala­kasini oshirish, pedagogik-psi­xolo­gik odob (takt)ga ega bo‘lish, notiq­lik san’atini puxta bilish kabi­lardir. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Sharq va G‘arb muta­fakkirlari to­monidan tahlil qilingan o‘qituvchi kas­bi haqidagi ko‘p­gina mulohazalar hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda, demak millati va kelib chiqi­shidan qat’iy nazar aj­dod­lar merosini takomil­lashtirish evaziga hozirgi kunda ta’lim va tarbi­yani yanada yuksak bos­qichlarga ko‘tarish mumkin.



Insoniyattinimsizrivojlanibbormoqda. Anashurivojlanishgahamohangbo’lish, taraqqiyetgandavlatlardanortdaqolibketmaslikbugungikunningdolzarbmasalasidir. Yangitexnikavatexnologiyalarnikimlarboshqaradi?
Anashuboshqaradiganlarnikimlartarbiyalaydi. Kim bilim va ko’nikma beradi?


B
KUTILADIGAN JAVOB


u savollarga javob esa bitta bo’ladi –O’qituvchi ustoz muallim. O’qituvchining jamiyatidagi o’rni nihoyatda muhim. Shuning uchun ham o’qituvchi o’z bilimlarini bolalarga o’rgatish uchun tayyorlanishi, o’qimishli kishi bo’lishining o’zigina kifoya qilmaydi. U avvalo bolalarni sevishi, o’zini bolalarning otasidek his qilishi hamda ularning tarbiyasi va o’sishga oid bo’lgan narsalarning hammasini o’zining vazifasi deb bilish kerak. Chunki bola o’z tabiati bilan faol kuchga ega. O’quvchilarga bu kuchlarni mashq qildirish uchun zarur bo’lgan materialni berish o’qituvchining vazifasidir.


O’qituvchi rahbarlik rolini o’ynagandagina bolalarda tashabbuskorliklarni o’stirishi va ularni bilimlar bilan qurollantirishi mumkin. o’quvchilarni o’qitish jarayonida puxta ishlangan o’quv rejasi va yaxshi darslik ta’lim maxmunini takomillashtirishning asosini tashkil etadi.
Darhaqiqat, ta’limning muvaffaqiyatli bo’lishi darslik, o’qitish metodlari o’qituvchiga bog’liq. Yaxshi o’qituvchi o’z fanini mukammal egallab olgan bo’lishi, kasbini va bolalarni sevishi kerak.
O’qituvchi tarbiya ishida bolalar murabbiysidir. O’qituvchi ishi boshqa ishlarga qaraganda ko’proq doimo hayratlanish va zavqlanishni talab qiladi. Tashqaridan qaraganda o’qituvchining roli oddiy va sodda, biroq u o’z mehnatining yuksak ijtimoiy ahamiyatini tushunishi lozim. O’qituvchilarga doimo zo’r hurmat va g’amxo’rlik bilan qarashga hamisha e’tibor berish zarur. Chunki o’qituvchi biror fandan dars beribgina qolmay, balki tarbiyachi hamdir. U o’z ksbini sevishi, tarbiya ishiga zo’r ma’suliyat bilan qarashli, ma’lumotli bo’lib pedagogika bilan psixologiyani bilish, pedagogik mahoratga, pedagogik odobiga ega bo’lishi lozim.

  1. Yo’naltiruvchi savol:

Ta’lim tarbiya beruvchichlarni qanday nom bilan ataymiz

Ustoz
Pedagog


Muallim
O’qituvchi
Murabbiy
Tarbiyachi
Domla
Otin oyi
Pir

Ta’lim tarbiya oluvchilarni qanday nom bilan ataymiz

Shogird
O’quvchi


Talaba
Tarbiyalanuvchi
Saboq oluvchi
Tinglovchi
Murid

Bugungi kunda O’zbekiston taraqqiyotining poydevori bo’lgan barkamol avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan voyaga etkazish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.


Bu ishlarni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim turlari, ayniqsa oliy ta’lim o’quv muassasalarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki ushbu maskanda ta’lim olayotgan har bir yosh yigit-qiz faqatgina u yoki bu soha mutaxassisligiga ega bo’libgina qolmay, jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol topadi, jamiyatimiz hayotida faol ishtiroq etadi. O’zining bilimi, ma’naviyati, madaniyati bilan O’zbekiston taraqqiyotining bosh yo’li bo’lgan ozod va obod Vatan uchun mehnat qiladi. Albatta, bunday ulkan vazifalarni amalga oshirishda oliy ta’lim o’quv yurtlarida o’qitiladigan «Pedagogik mahorat» fanining ahamiyati kattadir. Chunki «Pedagogik mahorat» talaba shaxsini ma’naviy shakllantirishda, milliy istiqlol g’oyasiga sodoqat ruhida tarbiyalashda, ularning madaniyatini rivojlantirishda muhim o’rin tutadi.
Yoshlarni o’qitish va tarbiyalash kabi murakkab masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish ko’p jihatdan o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasbiy mahorati, bilimdonligi, madaniyatiga bog’liqdir. Zamonaviy pedagog o’quvchiga ta’sir etish, uning istallari, e’tiqodini, qiziqishi va imkoniyatlarini shakllantira bilishi kerak.
Zamonaviy maktablarga pedagog-ustalar, yuksak malakali o’qituvchilar va tarbiyachilar kerak.
Pedagogik bilim va mahorat ega bo’lgan o’qituvchi avval, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishini qonuniyatlarini va omillarini, ta’lim to’g’risidagi qonunning mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi zarur.
Pedagogik mahorat – o‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib, o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir. U o‘z fanini mukammal bilgan, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo‘lgan, o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir o‘qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Mаhоrаt fаоliyatdа nаmоyon bo’lаdi. Pеdаgоgikа fаnidа “pеdаgоgik mаhоrаt” tushunchаsining turli tа’riflаri mаvjud:

  • pеdаgоgik mаhоrаt pеdаgоgik fаоliyatning yuqоri dаrаjаsi bo’lib, u pеdаgоgning bеlgilаngаn vаqt ichidа оptimаl nаtijаlаrgа erishа оlishidа nаmоyon bo’lаdi. (N.V.Kuzminа., N.V.Kuхаrеv);

  • “o’qituvchining ilmiy bilimlаri, ko’nikmаlаri, mеtоdik sаn’аti vа shахsiy fаzilаtlаri sintеzi” (А.I.Shеrbаkоv);

  • “pеdаgоgik fаоliyatni egаllаngаnlikning yuqоri dаrаjаsi, iхtisоslikkа dоir bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаr hаmdа kаsbiy аhаmiyatli sifаtlаr mаjmui” (Pеdаgоgik lug’аt);

  • “kаsbiy fаоliyatning yuqоri dаrаjаdа tаshkillаnishini tа’minlоvchi shахs хususiyatlаri kоmplеksi (o’qituvchi fаоliyatining gumаnistik yo’nаltirilgаni, kаsbiy bilimlаri, kаsbiy qоbiliyatlаri vа pеdаgоgik tехnikаsi” (I.А.Zyazyun);

  • “pedagogik mahorat deganda o‘qituvchining pedagogik–psixo­logik bilimlarni, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni mukammal egallashi, o‘z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyaci, hayotga axloqiy–estetik munosabatda bo‘lishi, o‘z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi” (I.P. Rachenko).

  • pеdаgоgik mаhоrаt pеdаgоgik jаrаyonni bilish, uni tаshkil etа оlish, hаrаkаtgа kеltirа оlish, pеdаgоgik jаrаyonning yuqоri sаmаrаdоrligini bеlgilоvchi shахsning ish sifаti vа хususiyatlаri sintеzi (N.N.Аzizхo’jаеvа);

  • “pedagogik mahorat – o‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayri­xohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib, o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoli­yati­da yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomil­lash­tirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir” (A.Xoliqov);

Yuqоridаgi fikrlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа, “pеdаgоgik mаhоrаt” tushunchаsigа quyidаgi tаrzdа umumlаshgаn tа’rifni bеrish mumkin:

Download 84,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish