a) amaliy mashg'ulotdagi faoliyat algoritmi;
b) laboratoriya mashg’ulotidagi faoliyat algoritini.
Bu faoliyatlarning algoritmlari quyidagicha:
Xulosa
Men ushbu mustaqil ishini tayorlash davomida juda ko’plab bilimlarga ega bo’ldim shu jumladan PDV larni loyihalashtirish, PDV larni yaratish bo‘yicha asosiy mezonlar haqida va o‘qituvchining faoliyat algoritmi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqdim va bular yordamida topshiriqlarni birin ketinlik bilan bajardim. Topshiriqlarni bajarish davomida yanada olgan bilimlarim mukammallashtirib oldim. Hozirgi kungacha kompyuterlarni oʻqitish vositasi sifatida qoʻllab oʻqitish samaradorligini oshirish bilan birga oʻqitish vaqtini qisqartiradigan yaxlit, sezilarli darajali pedagogik nazariya yaratilgan emas. Biroq kibernetika, didaktika, psixologiyada turlicha qarash va nazariyalar mavjudki, ularni taʼlim jarayonini kompyuterlashtirish nuqtai nazaridan oʻrganib, akademik litseylarning informatika fanidan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari uchun PDVini yaratish bloklarini ishlab chiqish zarur. “Agar ilmiy asoslangan PDVlarni tayyorlash yoʻllari atroflicha tadqiq qilinsa, taʼlim subʼyektlari kompyuter bilan muloqot qilish madaniyatini toʻliq oʻrgansa, yoshlarning taʼlim-tarbiyasida ulkan yutuqlarga erishiladi”. Shu maʼnoda PDVning bloklarini ishlab chiqish, ularda bajariladigan amallar mazmunini tahlil qilish kerak boʻladi. Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish bilan o’quv samaradorligini yanada oshirish mumkin.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o`quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta`minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to`ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o`qitish natijalarini o`zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |