TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Fizika va kimyo fakulteti
Fizika va astranomiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi
3-kurs 19/1 kechki guruh Fayzullayeva Maxmuda Mirsobit qizining
PEDAGOGIK AMALIYOTI
HISOBOTI
Сhirchiq 2022
AMALIYOT HISOBOTI
“ Fizika va Astaranmiya o'qitish metodikasi” yo'nalishi 3-kurs talabaları bilan 23.04.2022-yil 18-00 da yig'ilish o'tkazildi. O'tkazilgan yig'ilishda “Fizika” kafedrasi mudiri Tursunov I.G’ “Fizika va Kimyo” fakulteti Tadjibayev I.U. dekan o'rinbosari Berdiyev Sh.X. va talabalar qatnashishdi. Yig'lishda talabalarga 25.04.2022 dan 21.05.2022 gacha aktiv pedagogik amaliyoti o'tash bo'yicha ko'rsatmalar, amalga oshirish tartibi, olib boriladigan ishlar, kundalik daftarini yuritish tartibi, me'yoriy hujjatlarni o'rganish haqida tushintirish ishlari olib borildi. Talabalar amalyot rahbari Berdiyev Sh.X ga biriktirildi. Har bir talaba o'zi yashash hududida joylashgan umumta'lim maktabida aktiv pedagogik amaliyotni olib borishi aytildi Amaliyota amalga oshiriladigan ishlar rejasi
1.Maktab hayoti bilan tanishish.
2.Maktab ma'muriyati, uslubiy birlashma bilan tanishish, Fizika o'qituvchisiga biriktish.
3. Fizika darslari bilan tanishdim, kuzatish va tahlil qilish.
4. Maktab fanlar tizimi bilan tanishish va darslari tashkil etish.
5. Fizika darslarini tashkil etish.
6. Darsdan tashqari va sinfdan tashqari ishlar
7. Sinf rahbari ish faoliyati bilan tanishish va o'rganish.
8.Ochiq dars va tadbirlar tashkil etish.
9. Turli xil inovatsion metodlardan foydalanish va ko'rgazmali vositalar tashkil etish.
10. Xulosa
Rejalashtirilgan ishlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti: Men 25.04.2022 yil 8.00 da Toshkent viloyati Chirchiq shalar 25-umumiy o'rta ta'lim maktabida pedagogik amaliyotni o'tash uchun bordim. Dastlab maktab direktori Abduraxmonova Arzigul Mirzoraimovna bilan pedagogik amaliyot o'tash jarayoni haqida suhbatlashdim Maktab direktori meni maktab Fizika fani o'qituvchisi Abdurasulov Q. bilan tanishtirib, ularga biriktirib qo'ydi. (25.04.2022).
O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari bilan maktabda o'quv jarayonlarini tashkil etilishi, dars soatlari va fanlar majumulari, dars jadvali bilan tanishdim. (26.04.2022) Ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari bilan maktab hayoti, maktab tartib qoidalari bilan tanishdim. Tashkil etilgan suhbatlarda qatnashdim (05.05.2022) Maktab direktori Abduraxmonova Arzigul Mirzoraimovna meni maktab hayoti va maktab o`qituvchilar jamoasi bilan tanishtirdi Maktab fan o'qituvchilari bilan amaliyot yuzasidan suhbatlashdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |