Termiz Davlat Universiteti
Axborot texnologiyalari fakultetining
Matematika va informatika ta’lim yo’nalishi
2-kurs talabasi Yo’ldosheva Bo’rixolning
2022-yil 7-fevraldan 5-martgacha Muzrabot tumanidagi
19-umumiy o’rta ta’lim maktabida olib borgan
malakaviy amaliyoti bo’yicha umumiy
HISOBOTI Men 2022-yil 7-fevraldan 5-martgacha Muzrabot tumanidagi 19-umumiy o’rta ta’lim maktabiga malakaviy amaliyotga chiqdim.Ushbu amaliyot 4 hafta ekanligini takidlashdi. Talabalarni maktablarga taqsimlab amalyotning maqsad vazifalari, ish rejasi va amaliyot davomida yuritiladigan me’yoriy xujjatlar bilan tanishtirib o’tdi. Maktabning tartib intizomiga rioya qilishimizni qat’iy takidladi. 7-fevral kuni men amalyot o’tash joyiga bordim. Men Muzrabot tumanidagi 19-umumiy o’rta ta’lim maktabiga amalyot o’tash uchun biriktirilganman. O’quv muassasasiga maktab direktori Xolyorov Nurillo bilan uchrashdim. Direktor Xolyorov Nurillo maktabning asosiy tartib qoidalari bilan tanishtirdi. Maktab rahbari Matematika va informatika o’qituvchilariga amaliyot davomida menga yo’l yo’riq ko’rsatishlarini tayinladi. Maktabda ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari Rahimov N, o’quv ishlari ishlari bo’yicha director o’rinbosari Zamonov T. Maktabda jami 5 ta Matematika va informatika o’qituvchisi mavjud bo’lib, ular quyidagilar: Normamatova S,Norqulov U,Rahimov J,Abdukarimov H. Menga ma’naviy marifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari Rahimov Nning maslahatiga binoan Matematika va informatika o’qituvchisi Berdiyev Shavkat amaliyot o’tash joyidagi rahbar etib tayinlandi Berdiyev Shavkat maktab tartib intizomi haqida tushunchalarni aytdi. Uning aytishi bo’yicha maktabda Matematika va informatika o’qituvchilari orasida eng ko’p faoliyat yuritgani Berdiyev Shavkat hisoblanadi. Shu boisdan, ilk kuzatuv tahlil ishlarini shu kishidan boshlashimni maslahat berdi. Matematika va informatikaxonasi Berdiyev Shavkatga tegishli bo’lgan xona. Metod birlashma rahbari Berdiyev Shavkat 9-“b” sinfni biriktirdi. Maktabga va darslarga kechikmay kelishimni tayinladi. Berdiyev Shavkat dushanba kuni 9-“b” sinf bilan tanishtirishini aytdi. 9-sinf ish rejasidan nusxa oldim.. 9-“b” sinf xonasini ko’rsatib dars boshlanishidan oldin xonaga kelib o’quvchilarni 2-guruhini 44-xonaga olib borishim kerakligini, 1-guruhga Berdiyev Shavkat dars o’tishini aytdi. Dars jarayonini olib borishim uchun ish reja, dars ishlanma va ko’rgazmali qurollar bilan darsga kirishim kerakligini tushuntirdi. Bu hafta davomida o’qituvchilar jamoasi, darsga kirish uchun yuritiladigan hujjatlar, maktab qonun qoidalarini va dars jadvali bilan tanishdim. 1-navbat darslari boshlanganida Matematika va informatikadarslarini kuzatdim va tahlil qildim.
Hafta davomida darslarni kuztadim. Amaliyot hujjatlarimni kamchiliklarini to’ldirdim. Hafta oxirida amaliyot rahbarimiz Berdiyev Shavkat hujjatlarimizni tekshirib ko’rdi. Kamchiliklarini to’ldirishimizni vaqt oz qolganini aytdi. Hujjatlarni joylashish tartibi haqida ma’lumot berdi. Hujjatlarni topshirishga tayyorgarlik ko’rishimizni aytdi. Amaliyotimiz o’z nihoyasiga yetdi.
Bir oylik amaliyot bo’yicha 35 soat kuzatdik,23 soat dars o’tdim,bir soat o’zimga biriktirilgan 9-b sinf o’quvchilariga bir soatlik ochiq dars o’tdim. Fevral oyi “Aniq fanlar” oyligi bo’lganligi uchun tadbir tashkillashtirib 9,10,11-sinf o’quvchilarining matematika fani bo’yicha bilimlarini sinovdan o’tkazib va ularning bilimlarini baholab mustahkamladim desam mubolag’a bo’lmaydi.O’zimga kerakli bo’lgan kundaliklarni ham amaliyot davomida to’ldirib bordim.
Bu 1 oylik amaliyot davomida universitetda o’rganganlarimizni amaliyotda qo’llashga harakat qildik. O’zimiz uchun kerakli bo’lgan bilim, ko’nikma va malakaga oz miqdorda bo’lsada o’rgandik. Bu amaliyotda o’rganganlarimiz kelajakda o’qituvchilik faoliyatida bizga foyda keltiradi.