2. Pedagogik amaliyot bosqichlari
2.1. Pedagogik amaliyotga tayyorgarlik ko„rish (amaliyot oldidan): fanni
o„qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya hamda kasbiy fanlar bo„yicha
bilimlarni takrorlash, amaliyot dasturi bilan tanishish, mas‟ul metodist
o„qituvchilardan kerakli maslahatlarni olish, amaliyot oldi konferensiyasiga
qatnashish.
2.2. Tanishuv amaliyoti (1 hafta): ta‟lim muassasasining joylashishi,
tuzilmasi, hayoti, muhiti, rahbariyati va jamoasi, matematika fani o„qituvchilari va
sinf rahbari bilan tanishish. Rahbariyat tomonidan biriktirilgan fan o„qituvchisi va
sinf rahbari ish rejasi, matematika fanlari bo„yicha kalendar reja, konspektlar, sinf
jurnallari va boshqa me‟yoriy hujjatlar bilan tanishish, sinf bilan tanishish. Algebra
va geometriya fanlari o„qituvchilarining darslariga qatnashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |