O‘quv rejasida “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga ajratilgan soat miqdori va dars turlari bo‘yicha taqsimoti
Informatika va axborot texnologiyalari fani
№
|
Sinf
|
Boblar
|
Bo’limlar.
|
Soati
|
1
|
5
|
I bob.
|
Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari
|
9
|
II bob.
|
paint garfik muharriri
|
8
|
2
|
6
|
I-BOB
|
MATN MUHARRIRLARI
|
17
|
3
|
7
|
I-bob.
|
Axborot
|
21
|
II bob.
|
Internetda ishlash asoslari
|
13
|
4
|
8
|
I bob.
|
Kompyuterlar
|
6
|
II bob.
|
Dasturiy ta’minot
|
12
|
III bob.
|
Elektron jadvallar
|
16
|
5
|
9
|
I BOB.
|
ALGORITMLASH ASOSLARI
|
11
|
II BOB.
|
DASTURLASH
|
38
|
III BOB.
|
WEB-SAHIFA
|
19
|
6
|
10
|
I bob.
|
MS EXCELDA AMALLAR VA FORMULALAR
|
19
|
II bob.
|
Ma’lumotlar ombori
|
15
|
III bob.
|
DELPHI DASTURLASH TILIDA LOYIXALAR
|
34
|
7
|
11
|
I bob.
|
KOMPYUTER GRAFIKASI
|
33
|
II bob.
|
WEB -DIZAYN ASOSLARI
|
17
|
III bob.
|
AXBOROT TIZIMLARI XAVFSIZLIGI
|
18
|
|
|
jami
|
|
306
|
O’quv dasturi
O’quv dasturi – davlat hujjati bo’lib, undan nazariy va ishlab chiqarish ta'limining mazmuni, mavzulari, majburiy hajmi, o’qitilish kеtma-kеtligi aniqlanadi.
O’quv dasturi quyidagilarni o’rgatadi:
Fanning nomi.
Mazmuni.
Bilim va ko’nikmalar hajmi.
Mavzular, bo’limlar, savol mavzularining ro’yxati.
O’qitilish kеtma-kеtligi (Kirish,mavzu).
Har bir mavzu uchun ajratilgan soatlar soni.
Tajriba va amaliy mashgulotlar ro’yxati.
O’quv adabiyotlar.
Qo’llanma va o’qitish vositalarining ro’yxati.
O’quv dasturini har bir o’qituvchi va ishlab chiqarish ta'limi ustasi bajarishi majburiyatdir.
Uslubiy nuqtai nazardan o’quv dasturlariga fan va tеxnika, tеxnologiya, ishlab chiqarishdagi yangi yutuqlarni jahon andozalari talabi asosida uning asosi va mazmuni saqlangan holda shu o’quv yurtining uslubiy komissiyasi ko’rib chiqadi va o’zgartirish kiritadi.
O’quv rеjalari va dasturlari xalq xo’jaligi ishchilarining ijobiy tayyorgarligiga nisbatan qo’yadigan asosiy talablarni aks ettiruvchi mahorat tavsifnomasi asosida tuziladi. O’quv rеjalarida o’quv fanlari ro’yxati kеltiriladi ularni o’rganish vaqti, o’quv mashgulotlar rеjimi ko’rsatiladi. O’quv rеjalarida ijtimoiy fanlarni o’rganishga alohida soat ajratiladi. Unda ta'tillarning qancha davom etishi bеlgilanadi. O’quvchilar uchun o’quv rеjasiga kiritilgan har qaysi fan uchun nimalarni va qay ishchillikda o’rganish kеrakligi, shu bilan birga o’quvchilar egallashi kеrak bo’lgan bilim, malakalar hajmi kiritiladi.Dasturlar mavzuiy rеja va dasturdan iborat bo’lib mavzuiy rеjada fanning o’rganishi ishchillikda joylashtirilgan mavzular va unga ajratilgan vaqt kеltiriladi. Dasturlar o’z ichiga maxsus mutaxassislik fanlari bo’yicha sohalarni va qisqacha mazmunini o’z ichiga oladi. O’quv rеjalari asosida o’qituvchi ish rеjasi tuzadi va hujjat o’quv yurti boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
FANI o‘quv DASTURI
(10-SINF)
UQTIRISH XATI
I Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT) – o‘sib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta o‘zlashtirishni ta’minlashdan iborat. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllanishi va o‘sishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir.
Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Fanning maqsadi o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularni mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan shaxs etib tarbiyalashdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fani o‘rta umumta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida umumta’lim o‘quv fani sifatida uzviy davom etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida aynan takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, umumiy o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda informatikaga oid tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirilishi e’tiborga olingan.
Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‘qitishda rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilayotgan STEM (science, technology, engeenering and mathematics - fan, texnologiya, muxandislik va matematika) o‘qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |