Pedagogik akmeologiya
reja:
1.Pedagogik akmeologiyaning paydo bo‘lishi.
2.Pedagogik akmeologiyaning ilmiy asoslari.
3.Pedagogik akmeologiya predmeti va uning fanlar tizimidagi o‘rni.
4.Pedagogik akmeologiyaning fanlar tizimidagi o‘rni.
I.1. Pedagogik akmeologiyaning paydo bo‘lishi
Hozirgi paytda puxta o‘ylangan, ilmiy asoslangan davlat siyosati vositasida mamlakatimiz fuqarolarining tabiiy qobiliyati, bilimi, malakasi, kasb-hunarga layoqati va say-harakatlaridan oqilona foydalanish uchun qulay zamin yaratish, shuningdek, mustaqil O‘zbekistonning ravnaq topishida ularning ehtiyojlari, ijtimoiy manfaatlari, hayotiy istiqbollarini belgilab olish va ro‘yobga chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu vazifalarni amalga oshirishda yuksak bilimli, еtuk professional kadrlarni ahloqiy kamolot ruhida shakllantirish, mamlakatimiz ravnaqi hamda gullab-yashnashi uchun xizmat qiladigan akmeshaxslarni vujudga keltirish ustuvor vazifalarimizdan biriga aylanib bormoqda.
Ushbu mexanizmlardan biri – inson resurslarini rivojlantirish, undan oqilona foydalanishning yangicha yo‘llarini izlab topish, ya’ni o‘ta muhim еchimlaridan biri – akmeologiyaning ijtimoiy ahloqiy muammolarining ilmiy muomalaga kirib kelishidir.
Akmeologiyaning ilmiy muomalaga kirib kelishiga asos solgan psixiolog B.G.Ananev, «Insonning ruhiy bilish rivoji markazida dastlabki va so‘nggi ontogenez, «chetroqda» esa insonning ko‘proq ijodiyroq, samaraliroq ijtimoiy-faol hayot fazasi bo‘lishi mumkin», deydi.
Albatta, bu jarayonlarning barchasi, shaxsning individual-ruhiy rivoji haqidagi yagona ilmiy-nazariy g‘oyaning maxsus fundamental ishlab chiqarilgan, o‘smirlik va еtuklikning yosh psixologiyasi qismisiz mavjud bo‘la olmaydi, degan nazariyalar ham yo‘q emas.
Shu bois, akmeologiyaning predmeti individ, shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal еtukligi bo‘lmog‘i lozim (A.A.Bodalyov, N.V.Kuzmina, AA.Derkach va boshqalar), degan qat’iy konsepsiya yuzaga keldi.
Maksimal еtuklik individ, shaxs rivojining cho‘qqisi va individual faoliyat bilan bog‘liq ekan, demak ana shu cho‘qqi yunonchada «akme» deyiladi va bu soha akmeologiya deb yuritiladi.
Shu bilan birga, «akme»da insonning faoliyati bilan bog‘liq holatlar ham nazarda tutiladi. Jumladan, shaxsning «yulduzli» onlari yoki shunga yaqin jarayonlar, ya’ni biror-bir sohada erishgan oliy yutuqlari (N.V.Kuzmina).
Zamonaviy ilm-fanda insoniy yuksaklikning «akme» kategoriyasi bilan bog‘liq bir necha talqinlari mavjud. Jumladan, birinchi, «akme» – bu qisqagina hayot kesimini qamrab olsada, ko‘p qirrali holat bo‘lib, insonning har doim jamiyatda qanchali ko‘z o‘miga ega ekanligi, uning biror-bir soha mutaxassisi sifatida olib borayotgan salmoqli faoliyati, shaxs sifatida esa uni o‘rab turganlar bilan olib borgan ijtimoiy aloqasida qanchalik boy yoki qashshoqligi, turmush o‘rtoq va ota-ona sifatida tayyorlik darajasi bilan bir qatorda yaxshi tomonga o‘zgara olish darajasi va eng yashirin ezgu qobiliyatlarini ham ko‘rsata olish darajasiga ham bog‘liqdir.
Yunonlar, insonning nimagaki qodir bo‘lsa, qobiliyati va imkoniyati qirralarini ko‘rsatishga xizmat qiladigan barcha еtuklik belgilari namoyon bo‘lgan umrining shu qismini «akme» deb ataganlar. Akme – yunoncha («yuksalish», «cho‘qqi») kamolot, yuksalish, еtuklik ma’nolarini anglatadi. Akmeolog mutaxassislar shaxsning yuksak professionalizmi va ijodiy mahorati muammolarini oqilona еchishni muhim inson resurslaridan foydalanishda deb bilmoqdalar. Bu degani, ularni integrativ-kompleks o‘rganish muhimlik g‘oyasini ilgari suradilar. Bizning fikrimizcha, faqatgina kasbiy yuksaklikka erishish g‘oyasi bilan chegaralanish muammoning еchimiga olib kelishi mushkul. Yetakchi faylasuf olim Xatima Shayxova bu borada: «Akmeologiya – zamonaviy yangi fan. Uning muhim vazifasi muayyan kasb-korlikning yuksak pog‘onaga ko‘tarilishidagi turli jihatlarini o‘rganishdir.
Akmeologiyaning mazmun-mohiyati – insonning har bir kasb-hunarni bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishni o‘rganishdan iborat», deydi. Bizningcha esa, akmeologiya tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida nafaqat kasbiy mahoratning yuksak muvaffaqiyatga erishishi, balki insonning еtuklik bosqichida ham ruhan, ham ijtimoiy rivojlanish qonunlari va mexanizmlari, ijtimoiy, ruhiy yuksaklikka erishish darajalari fenomenologiyasini o‘rganish haqidagi fandir. Bunda biz Sharq allomalarining «komil inson» g‘oyalarini akmeologiyaning ob’ekti «akmeshaxs» tushunchasi bilan bir qatorda tadqiq etgan holda, ushbu fanning fundamenti Markaziy Osiyo mutafakkirlarining qo‘lyozmalarida o‘z ifodasini topgan va bugungi kunda bizning mamlakatimizda keng foydalanilmoqda, desak, aslo adashmaymiz. Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqqan holda, «ake» tushunchasini albatta yuksak cho‘qqi, avj nuqta, eng oliy hissiyotlar (A.Maslou), deyish mumkin.
Akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi bo‘lib, ushbu tushuncha shaxsning intiluvchanlik xossasini anglatadi. Akmeshaxs – akmeologiyaning asosiy predmeti bo‘lib, uning mazmun-mohiyati – insonning har bir kasb-hunarni ilm-bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishi jihatlarini fanlar bilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iborat bo‘lib, insonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy dunyosida yuksakroq cho‘qqilarga, kasbiy kamolotda mukammallik bosqichiga erishish muammolarini o‘rganadi. Rivojlangan mamlakatlarning asosiy takomillashuv mexanizmi raqobat bo‘lib, insonni doimo yuksaklik, komillikka, barkamollikka undaydi. Bu jihat akmeologiyada milliylik va umuminsoniylikning o‘zaro dialektik munosabatlarini shakllanishiga olib keladi. Akmeologiya inson kasbiy faoliyati doirasidagi professionallik va ijodiylikning akme shaklining rivojlanishi uchun zarur qonuniyatlari o‘rganuvchi fan bo‘lgani uchun «akmeologiya» atamasining mazmuni, mohiyati insonshunos olimlar tomonidan turli bahs va munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Buning boisi, birinchidan, akmeologiya sohasida ilk davrlarda asosan pedagoglar, psixologlar tomonidan chop etilgan ilmiy asarlar, etika ixtisosligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari fanning yoki bu jihatlarinigina qamrab olganligi sababli ayrim tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi. Bugungi kungacha akmeologiya sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari shaxsning psixologik xaritasi, uning xarakter xususiyatlarini aniqlash hamda uning u yoki bu sohaga qiziqishini alohida organishga qaratilgan. Ikkinchidan, akmeologiyaning tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida kasbiy mahoratning yuksak takomiliga erishishi, insonning еtuklik bosqichida rivojlanish qonunlari va mexanizmi hamda bundanda yuksakroq darajalarni egallash fenomenologiyasini o‘rganishi, y a’ni biron kasbga, sohaga astoydil mehr qo‘yib, bilim va tajribaga tayanib, maqsad sari intilib yashashini bildirishi hamda akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi ekanligining fanlar integratsiyasi kesimida kompleks o‘rganilmaganligidadir. Shu bois ham fikrimizcha, akmeologiyani faqat shaxs kasbiy faoliyatining psixologik va pedagogik jihatlarini tadqiq etish inson resurslarining barcha imkoniyatlarini kompleks tarzda o‘rganish y o‘lida еtarli emasligini alohida qayd etish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.
Umuman olganda, hozifgi globallashuv davrida jamiyatimiz o‘zining yuksak rivojlanish nuqtasi, fuqarolik jamiyatini barpo etishga yaqinlashmoqda. Bu esa ayni paytda akmeologiyaning asosiy kategoriyalaridan mukammallik, yuksaklik, oliy daraja kabi tushunchalar kundalik turmushda ishlatilib kelingan bo‘lsa-da, ijtimoiy-falsafiy va ahloqiy nuqtayi nazardan maxsus ilmiy tadqiqot sifatida to‘la o‘rganilmagan. «Akmeologiya», agar ularni hududga moslashtirilsa, insonshunoslikdagi barcha tajribalardan o‘zining yuqori samaradorligi va ta’lim berishdagi ayrim qulayliklari bilan ajralib, o‘quv jarayonining sifatini pedagogik mahoratdan ozod qiladi va ta’lim-tarbiya jarayonining faqat yaxshi va a’lo darajada bo lishligini kafolatlashi bilan birga, uni qaytadan tiklash imkonini beradi. Akmeologiya quyidagi tamoyillardan kelib chiqadi. Birinchisi, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishda barkamol avlod tarbiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni ta’limlashda sog‘lom ijtimoiy-axioqiy muhitni yaratish, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash va e’zozlash, ahloqan pok, intellektua еtuk, yuksak professional mutaxassis, ilg‘or fikrli, salohiyatli, bilimli, jahon standartlariga javob beradigan yuksak g‘oyali kadrlarni tayyorlash hozirgi paytda ustuvor vazifalardan bo‘lmog‘i lozim. Ikkinchisi, zamonaviy tafakkur rivojida akmeshaxs qiyofasiga ahloqiy munosabat zarur. Zero, yurt ravnaqi, millat rivoji, barqarorligini akmeshaxslarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak, O‘zbekistonda barkamol avlod tarbiyasida jismoniy, aqliy, ma’naviy jihatlar kabi uch asosiy jihatga e’tibor berish o‘ta muhim va dolzarb masala bo‘lib, ijtimoiy jarayonlarning faol kechishida muhim omillardan hisoblanar ekan, shaxsning intellektual boy, yuksak ma’naviyatli akmeshaxs bo‘lib еtishishi «vaqt o‘zagi» elagidan o‘tgan ma’naviy merosga bog‘liqligi yoshlar ongiga singdirib borilishi lozim. Uchinchisi, respublikamizda yangilanish va taraqqiyot jadal davom etayotgan bir davrda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan bir qatorda yoshlar muammosini respublika oldidagi umumiy vazifalardan ayri holda ko‘rib chiqish mumkin emas. Shu bois, yoshlar shaxsining shakllanishi, kamol topishi muammosini o‘rganishda akmeologik bilimlardan foydalanish usuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmohi lozim. Umuman olganda, B.G.Ananevning fikriga ko‘ra, «Insonning ruhiy bilish rivoji markazida dastlabki va so‘nggi ontogenez, «chetroqda» esa insonning ko‘proq ijodiyroq, samaraliroq ijtimoiy-faol hayot fazasi bolishi mumkin». Va bularning barchasi, shaxsning individual-ruhiy rivoji haqidagi yagona ilmiy-nazariy g‘oyaning maxsus fundamental ishlab chiqarilgan, o‘smirlik va еtuklikning yosh psixologiyasi qismisiz mavjud bo‘la olmaydi. Shu bois, akmeologiyaning predmeti individ, shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal еtukligi bo‘lmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |