9
− pedagogika fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoyil, usul
va vositalari va umuman, har bir inson uchun zarur bo‘lgan tarbiyaviy
ta’sirlar yangicha asosga ega bo‘lishi kerak;
− umumiy qadriyatlarga sodiqlik;
− xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
− insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;
− Vatanparvarlik
.
Mazkur bilimlarning pedagogik aspekti bo‘yicha tibbiyotchi-
pedagog mutaxassisining kasbiy tayyorgarligi nuqtayi nazaridan
yondoshganda, bitiruvchi tibbiyot sohasidagi didaktik materialni
aholini o‘qitish jarayoniga moslashtirishi, tibbiy ta’lim-tarbiya
jarayonini tashkil etishi, uni muvofiqlashtirishi, didaktik maqsadlarni
belgilashi, kasbiy masalalarni hal etishida qo‘l keladi.
Tibbiyot oliygohlarida mazkur kursni o‘qitishdan
maqsad – bo‘-
la jak shifokorlarda psixologik va pedagogik kasbiy kompe tent lik ni
shakllantirish, talabalarning kelgusidagi shifokorlik fao liyati da in son-
parvarlik tamoyillariga rioya qilishga o‘rgatish, shax siy, umum ma -
daniy hamda maxsus kompetentlik qirralarini tako millash tirish dir.
Tibbiy ta’limda pedagogika fanining
vazifalari sifatida olimlar
pedagogikaning uchta asosiy funksiyalari (vazifalari)ni ajratib ko‘r-
satishmoqdalar. Bular:
− analitik – pedagogik tajribani nazariy tadqiq qilish, tasvirlash,
umumlashtirish, interpretatsiyalash vazifasi;
− prognoz qilish (bashoratlash) – davlatning oliy ta’lim muas-
sasalari, kafedralar ta’lim siyosatini samarali boshqarish, o‘qi tishning
istiqbolli va maqsadga yo‘naltirilgan ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
− loyihali, konstruktiv – yangi pedagogik texnologiyalarni, inno-
vatsion faoliyat asoslarini yaratish, pedagogik tadqiqotlar natija larini
amaliyotga tatbiq qilish.
Pedagogokani o‘rganish jarayonida bo‘lajak shifokor – talaba
quyidagi
vazifalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lishi lozim:
− shifokorlik faoliyatida pedagogik (ta’limiy, tarbiyaviy, inson-
par varlik tamoyillariga asoslangan) bilimlarga ega bo‘lish, ularni
o‘zlashtirish;
10
− pedagogik bilimlar, ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lish, umumiy
pedagogik madaniyatini oshirish;
− kelgusidagi shifokorlik faoliyatidagi qobiliyatlarini rivoj-
lantirishda zarur bo‘ladigan pedagogik bilimlarning ahamiyatini,
kasbiy salohiyatini oshirishdagi o‘rnini anglashi lozim.
Pedagogika bo‘lajak shifokorning faoliyatini ilmiy asosda tashkil
qilishga xizmat qiladi. Oliy ma’lumotli shifokorning shaxsiy va kasbiy
rivojlanishi, shifokorlik faoliyatining madaniyati uning pedagogik
bilimlarga ega bo‘lishiga asoslanadi.
Respublikamizda va MDH mamlakatlarida tibbiyot ta’limidagi
pedagogikaning rivojlanishi XX asrning 70-yillariga to‘g‘ri keladi.
Uning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan shifokor-pedagoglar: M.Ya.
Mudrov, N.I. Pirogov, I.M. Sechenov, S.P. Botkin, I.P. Pavlov,
V.M. Bexterev, P.B. Gannushkin, A.V. Vishnevskiy, A.N. Bakulev,
A. Abdullayev, S. Kamarov va boshqalar. Umuman olganda, ja-
miyat ning turli bosqichlarida tarbiya va ta’lim sohasidagi to‘plangan
tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga
tatbiq qilish ehtiyojlari asosida pedagogika fani rivojlandi.
Pedagogika (
yunoncha: “paidagogike”, ya’ni “peys”–
bola va
“agogeyn”–
yetaklamoq) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari,
muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni
tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini
o‘rganadigan fan. Pedagogika insonshunoslik haqidagi fan bo‘lib,
“inson-jamiyat”, “jamiyat-inson” shaklida o‘zaro ta’sirni taqozo etadi.
Demak, tibbiyot sohasidagi shifokor o‘zaro hamkorlik aloqalariga
kirishar ekan, insonlar psixologiyasi va ijtimoiy munosabatlar
tuzilishini yaxshi bilishi kerak.
Klinik kafedralarda o‘zaro hamkorlikka kirishish quyidagi triada
(uchlik)da tashkil etiladi, ya’ni, shifokor-pedagog (1) – talaba-bo‘lajak
shifokor (2) – bemor (3). Bo‘lajak shifokor “subyekt-subyekt”
munosabatiga kirishishida pedagogika muhim ahamiyat kasb etadi,
chunki shifokorning kasbiy kompetentligi, uning insonparvarligi
aynan pedagogik ta’limotlar asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: