Pechat jahon-tarixi uzb 11-sinf 2018-2019 darslik



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/169
Sana03.01.2022
Hajmi3,38 Mb.
#315940
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Bog'liq
[@e tarix] 11-sinf Jahon tarixi



Shuhrat Ergashev, Begzod Xodjayev, 
Jamshid Abdullayev
JAHON TARIXI
(1991 – 2017-yillar)
O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi 
 va o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik
B
irinchi   nashr
O‘
zbekiston   
R
espublikasi   
X
alq   ta’limi   vazirligi   tasdiqlagan
Toshkent
«TURON-IQBOL»
2018


UO‘K
 
94(100)(075.3)=513.133
KBK
 
63.3(0)ya72
Ergashev, 
Sh
uhrat
J
ahon tarixi [Matn]: 
O‘
rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi 
 va o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik / 
Sh
. Ergashev, 
B. 
Xodjayev, J. 
Abdullayev. – 
Toshkent: «Turon-Iqbol», 2018. – 
 
144 b.
M
as’ul muharrirlar:
M
.  
R
ahimov – 
t
arix fanlari doktori, professor;
T
.  
B
obomatov – 
t
arix fanlari nomzodi.
T
aqrizchilar:
Q
.  
R
ajabov 

 
t
arix fanlari doktori, professor;
G
.  
P
asilova 

 
T
oshkent shahar 
Y
unusobod tumanidagi 257-maktabning
tarix fani o‘qituvchisi;
F
.  
A
manova 

 
T
oshkent shahar 
M
irzo 
U
lug‘bek tumanidagi 248-maktabning
tarix fani o‘qituvchisi;
O
.  
E
rgashev
 – Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 22-maktabning
tarix fani o‘qituvchisi
Sh
artli belgilar
Ijodiy ish 
topshirig‘i
Esga oling
Xarita bilan ishlashga 
doir topshiriq
Internet bilan 
ishlashga doir 
topshiriq
O‘zingizni sinang
Atamalar izohi
Yodda tuting
R
espublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
ISBN
 
978-9943-14-511-5 
     
 
 
 
© 
Sh
.  
E
rgashev va boshq., 2018.
 
 
 
 
 
 
 
        © «
TURON
-
IQBOL
», 2018.
J 39
KBK 
63.3(0)ya721


3
KIRISH
J
ahon tarixining 1991-yildan boshlangan davrida dunyoning ijti-
moiy-siyosiy va iqtisodiy tizimida katta o‘zgarishlar yuz berdi.
  B

davrda  jamiyat  hayotining  barcha  jabhalariga  kuchli  ta’sir  ko‘rsatgan 
omil  ilmiy-texnik  inqilobning  yangi  bosqichi  –  kompyuter-axborot  inqi-
lobi bo‘ldi. 
B
u inqilob ta’siri ostida rivojlangan mamlakatlarda sivi-
lizatsiyaning industrial bosqichidan postindustrial, axborot bosqichiga 
o‘tish boshlandi.
M
azkur darslik shu davr voqealarini bayon qilish bilan birga, 
jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichini tahlil qilish va mustaqil 
hayotga qadam qo‘yish arafasida turgan 
S
iz o‘quvchilarga o‘z hayo-
tiy istiqbolingizni belgilab olish imkonini beruvchi bilimlarni shakl-
lantiradi.
  B
u bilimlar jahon xalqlari madaniyatining har biri o‘ziga 
xos noyob ekanligini, gumanizm va vatanparvarlik tamoyillari, fuqa-
rolik jamiyati va huquqiy davlat g‘oyalariga asoslangan umuminsoniy 
qadriyatlarni anglashga ko‘maklashadi.
  J
amiyat taraqqiyotining muhim 
qonuniyatlarini bilib olish, rivojlanishning o‘ziga xos yo‘llarini tushu-
nish va istiqbollari haqida tasavvurlarga ega bo‘lish imkonini beradi. 
S
huningdek, olgan bilimlaringiz ilg‘or mamlakatlarning tarixiy tajriba-
sini
 O‘
zbekistonda  ijodiy  qo‘llashga  yordam  beradi.
DARSLIKDA QO‘LLANILGAN QISQARTMA SO‘ZLAR:
BMT
  –  
B
irlashgan 
M
illatlar 
T
ashkiloti
NATO
 (ingl. 
N
orth 
A
tlantic 
T
reaty 
O
rganization)  –  
Sh
imoliy 
A
tlan-
tika harbiy bloki
YI
  –  
Y
evropa 
I
ttifoqi
SSSR
 (rus. 
S
oyuz 
S
ovetskix 
S
otsialisticheskix 
R
espublik)  –  sobiq 
S
ovet 
S
otsialistik 
R
espublikalari 
I
ttifoqi
RSFSR
  –  Rossiya  Sovet  Federativ  Sotsialistik  Respublikasi
AQSH
  –  
A
merika 
Q
o‘shma 
Sh
tatlari
BRIKS
 (ingl. 
BRICS
  –  
B
razil, 
R
ussia, 
I
ndia, 
C
hina, 
S
outh 
A
fri-
ka)  –  
B
raziliya, 
R
ossiya, 
H
indiston, 
X
itoy, 
J
anubiy 
A
frika mamlakat-
laridan iborat ittifoq.
ITI
  –  ilmiy-texnik  inqilob
YIM
  –  yalpi  ichki  mahsulot
ASEAN
  –  
J
anubi-
Sh
arqiy 
O
siyo davlatlari assotsiatsiyasi


4
I BOB. XX ASR OXIRI 
 
– 
 
XXI ASR BOSHLARIDA 
DUNYO MAMLAKATLARI
1-MAVZU. XX ASR OXIRI 
 
– 
 
XXI ASR BOSHLARIDA 
XALQARO MUNOSABATLAR
J
ahon tarixi eng yangi davrining uchinchi bosqichi 1991-yildan 
bosh 
lanib, hozirgi kungacha bo‘lgan voqealarni o‘rganadi. 
B
u davrda 
sotsialistik tizimning barbod bo‘lishi, 
SSSR
ning tarqalib ketishi jahon 
miqyosida kuchlar nisba 
tiga, qudratli davlatlar o‘rtasida shakllangan 
muvozanatga katta ta’sir ko‘rsatdi.
B
irlashgan 
M
illatlar 
T
ashkiloti qachon tashkil top-
gan edi?
B
u davrda iqtisodiy va madaniy hayotning globallashuvi, ekologiya 
muam 
molari 
ning keskinlashuvi, jahonning juda katta qismida moder-
nizatsiya jarayon 
larining tu 
gal 
lanmaganligi bilan bog‘liq ziddiyatlarning 
kucha 
yishi xalqaro barqaror 
likka jiddiy xavf sola boshladi, ko‘plab 
mamlakat lardagi  murakkab  muam mo lar ning  manbayiga  aylandi.
XX
 asrning 90-yillari oxirida xalqaro munosabatlar.
 
I
kkinchi 
jahon urushidan so‘ng jahondagi kuchlar nisbatini belgilab kelgan 
kapita 
listik va sotsialistik harbiy-siyosiy bloklar o‘rtasidagi qarama-
qarshilik 1990-yillarda barham topdi. 
A
mmo, ayni paytda, mintaqa-
viy mojarolar va «kichik urushlar» xavfi 
 kuchayib, shaxs hamda 
xalqlarning huquq va xavfsiz 
ligini himoya qilish, gumanitar-huquqiy, 
madaniy aloqalarni ta’minlash, obyektiv axbo 
rot tarqatish masala 
lari 
jahon siyosatining dolzarb muammo 
lariga aylandi. 
1990-yillar boshlarida xalqaro munosabatlar tizimida tub buri-
lish yuz berdi. 
A
vval 
M
arkaziy va 
Sh
arqiy 
Y
evropa mamla 
katlarida 
sotsializm 
ning barbod bo‘lishi, keyin esa 
SSSR
ning tarqalib keti 
shi 
va  «ikki  qutbli  dunyo»  modelining  barham  topishi  natijasida  dunyoda 
bitta qutb, ya’ni 
AQSH
 bosh 
chiligida 
G‘
arb davlat 
larining hukmron-
ligi o‘rnatildi. 
S
obiq sotsia 
listik lager mamla 
kat 
laridagi qiyinchiliklar, 
G
ermaniya 
ning birlashishi va 
G‘
arb davlat 
laridagi integratsiyalashuv 
jarayonlari 
XX
  asr  oxiri  –  
XXI
 asr boshlaridagi xalqaro munosabat-
larning muhim omiliga aylandi. 


5
A
yni paytda ikki qutbli dunyo tizimining o‘zgarishi bir qator dav-
latlar siyosiy rivojlanishida keskin burilishga, totalitar mafkuraning bar-
ham topishiga olib keldi. 
V
ujudga kelgan mafkuraviy bo‘shliqqa mil-
latchilik, diniy mutaassiblik, tajovuzkorlik g‘oyalari kirib kela boshladi. 
BMT
ning tinchliksevarlik harakatlari har doim ham samarali bo‘lmadi. 
I
kki qutbli dunyo barham topgandan so‘ng global to‘qnashuv xavfi  
o‘rnini lokal urushlar xavfi   egalladi. 
S
obiq 
SSSR
 va 
Y
ugoslaviya hududlaridagi muammolardan tashqari 
Y
aqin 
Sh
arqdagi holat ham tangligicha qoldi. 
Sh
uningdek, 
H
indiston 
va 
P
okistonning yadro quroliga ega bo‘lish uchun qilgan intilishlari 
shu mintaqadagi ziddiyatlarni kuchaytirdi.
D
unyoning turli mintaqalaridagi siyosiy beqa 
rorlik yangidan yangi 
mojarolarni keltirib chiqardi. 1990-yillar oxirida 
T
ropik va 
J
anubiy 
A
frikaning bir qator mamlakatlari qonli urushlar, davlat to‘ntarishlari, 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish