Qabul qilish va berib yuborish paytida
Rezervuarni to‘ldirib yuborish.
|
Har bir rezervuar turi uchun to‘ldirish jadvali tuziladi. Yog‘ni sisternadan tortib olishdan oldin rezervuarga yog‘ qay darajagacha quyilishi kalibrlash jadvali bo‘yicha o‘lchanadi, mazkur rezervuarga qancha miqdorda yog‘ quyish mumkinligi aniqlanadi. Rezervuar to‘lguncha qo‘shimcha yog‘ quyilayotganda rezervuar to‘lishi diqqat bilan kuzatib turiladi.
|
Sisternadan yog‘ni butunlay to‘kib olmaslik.
|
Yog‘ to‘kib olingandan so‘ng sisterna butunlay tozalanadi.
|
Pastki to‘kish asboblari sisternaga ulangan joydan yog‘ oqishi.
|
Quyishdan oldin pastki to‘kish moslamalarining hamda sisterna qisqa trubasining texnik holati tekshiriladi. Pastki to‘kish moslamalarini sisternaga ulash qoidalariga qat’iy rioya qilinishi ta’minlanadi. To‘kish moslamalari tagiga albatta chelak qo‘yiladi.
|
Yuk og‘irligini noto‘g‘ri aniqlash.
|
Tortishdan oldin vagon va avtomobil tarozisi tekshiriladi. Tarozida tortish qoidalariga qat’iy rioya etiladi.
|
Sisternadan to‘kib olinayotganda yog‘ning zich yopilmagan zadvijka orqali quvur bo‘ylab oqib ketishi.
|
Foydalanish jarayonida yog‘ saqlash joyidagi barcha zadvijkalar yopiq holatda ushlanadi.
|
Yog‘ni quyishdan oldin saqlash uchastkasi boshlig‘i yog‘ning estakadadan to rezervuargacha bo‘lgan yo‘lida �chragan barcha zadvijkalarni shaxsan tekshiradi.
|
Sisternalar to‘ldirilayotganda yog‘ni sachratib yuborish.
|
Yog‘ quyishda shlang albatta sisterna tubiga tushirib qo‘yiladi.
|
Sisternaning pastki to‘kish qopqog‘i orqali yog‘ oqib turishi.
|
Sisternaga yog‘ quyishdan oldin sisternaning pastki to‘kish moslamalarining texnik holati diqqat bilan tekshiriladi.
|
Sisterna yurib ketayotganda tepadagi lyuk orqali yog‘ oqib chiqishi.
|
Sisterna og‘zining ichki qismidagi belgidan oshirib yog‘ quyishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sisterna lyuki zich yopiladi.
|
Sisterna to‘lgandan keyin shlanglar bo‘ylab yog‘ oqib tushishi.
|
Sisterna to‘lgandan so‘ng yog‘ qoldiqlarini yig‘ib olish uchun shlang ostiga chelak osib qo‘yiladi.
|
Saqlash paytida
|
Yog‘ni bir rezervuardan boshqa rezervuarga yoki tozalash idishlariga quyishda zadvijkalardan yog‘ oqishi.
|
Har kuni zadvijkalar holati, rezervuardagi yog‘ sathi tekshiriladi.
|
Rezervuardagi darz ketgan joylar, teshiklar, salnikli qattiqliklar orqali yog‘ oqib ketishi.
|
Aniqlangan yog‘ oqishi hollari bartaraf etiladi.
|
Havo harorati keskin o‘zgarishi natijasida rezervuarlar, quvurlar, zadvijkalar zarar ko‘rishi.
|
Havo harorati keskin o‘zgargan vaqtda yog‘ni saqlash joylarining texnik holati ustidan nazorat kuchaytiriladi. Tashkilotda yuz berishi mumkin bo‘lgan avariyalar oqibatlarini bartaraf etish uchun tashkilotda zaxira rezervuari, asbob-uskuna va instrumentlar zaxirasi yaratiladi, shuningdek xodimlar xatti-harakati jadvali tuziladi.
|