Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi



Download 81,91 Kb.
bet1/2
Sana05.08.2021
Hajmi81,91 Kb.
#138881
  1   2
Bog'liq
2538 19.12.2013




PDF-faylidagi rasmiy manba

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining

Qarori

Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2538]

 LexUZ sharhi

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2018-yil 1-martdagi 44, 8, 2018-2-sonli “Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2538-1, 17.03.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi qaror qiladilar:

1. Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2009-yil 30-sentabrdagi 95, 85 va 6-son “Budjet tashkilotlarining asosiy vositalari eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2028, 2009-yil 30-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 477-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri R. AZIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 29-noyabr,

68-son

Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA

Toshkent sh.,

2013-yil 29-noyabr,

38-son

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZOKIROV

Toshkent sh.,

2013-yil 29-noyabr,

4-son

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2013-yil 29-noyabrdagi 68, 38, 4-son qaroriga


ILOVA

Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi

NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9–son, 142–modda) muvofiq budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.



I bob. Asosiy vositalarning eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish

1. Budjet tashkilotlari asosiy vositalarining eskirishi mazkur nizomning ilovasiga muvofiq Budjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlari asosida aniqlanadi.

2. Asosiy vositalarning eskirishi budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobida Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 502-modda) 112 — 124-bandlariga muvofiq aks ettiriladi.

3. Eskirish me’yorlari mazkur asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi.

4. Mavsumiy tusga ega budjet tashkilotlarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha oylik eskirish summasi umumiy tartibda, ya’ni mazkur asosiy vositaning yillik eskirish summasini 12 ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

5. Kapital qurilish obyektlarini qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan, tugallanmagan qurilish yoki uning qismlari bo‘yicha eskirish aniqlanmaydi.

II bob. Yakuniy qoidalar

6. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

7. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. TURAYEV

2013-yil 20-noyabr



Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA

Budjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish


Download 81,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish