13,14 -MASHG’ULOT
SHUNTLASH METODI BILAN GALVANOMETRNING
QARSHILIGINI ANIQLASH.
Zanjirning bir qismi va butun zanjir uchun Om qonunini yozib, so’ngra tushuntiring?
Ushbu ξ = U+U ich, tenglikka zanjirning bir qismi uchun Om qonunidan U=I · R; U ich =I · r ni qo'ysak,
ξ = I • R + I • r = I (R+r) ni olamiz. Bundan:
Shunday qilib, zanjirdagi tok kuchi, manba elektr yurituvchi kuchining zanjir tashqi va ichki qismlari qarshiliklari yig'indisiga nisbatiga teng. Bu butun zanjir uchun Om qonunidir.Om qonuniga ko'ra, zanjirning tashqi qismining qarshiligi qancha kichik bo'lsa, tok kuchi shuncha katta bo'ladi. Lekin bunda zanjirning tashqi qismidagi kuchlanish kamayadi, negaki ichki qismida I • r kuchlanish ortadi: U= ξ –I · r
Kirxgofning 1 va 2 qonunlarini tushuntirib bering?
Kirxgofning 1- qonuni: Zanjirning tarmoqlanish nuqtasida,potensial o’zgarmayotgan holda,toklarning tugundan oldingi yig’indi qiymati,tugundankeyingi yig’indi qiymatiga teng.
Tarmoqlanish tugunida uchrashuvchi toklarning algebrik yig’indisi nolga teng. q1=q2+q3; I1=I2+I3;
Kirxgofning 2- qonuni:Zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi ixtiyoriy tanlangan har qanday berk konturdagi tok kuchlarining zanjirning tegishli qismidagi qarshiliklariga ko’paytmalari yig’indisi shu konturdagi EYUKlari yig’indisiga teng!
I1R1+I2R2+…InRn=ε1+ ε2+ ε3+… εn
3.Ishchi formulani keltirib chiqarilishini tushuntiring?
Bizning laboratoriyamizda galvanometrning ichki qarshiligini galvanometrga shunt ulash usulidan foydalanib aniqlanadi. Galvanometr qarshiligini Kirxgofning 2-qonuniga asosan topiladi. qonunga ko’ra, tarmoqlangan zanjirning berk konturida tok manbalarining elektr yurituvchi kuchlarining algebraik yig’indisi tok kuchining shu konturning tegishli qismlari qarshiliklariga ko’paytmasining algebraik yig’indisiga teng.
Ya’ni:
Doimiy tok manbai, galvanometr va qarshiligi R bo’lgan qarshilik magazinidan hamda kalit K dan iborat zanjir tuzamiz (2-rasm).
Galvanometr va shunt qarshiligi Rsh parallel ulangani uchun zanjirning tarmoqlangan qismidagi kuchlanish,
UAB=IARg=IshRsh
formula bilan aniqlanadi. Yuqoridagi tenglikdan shunt orqali o’tuvchi tokni topamiz:
Elementning ichki qarshiligini hisobga olib, Kirxgofning 2-qonuniga asosan ikkita tenglikni yozish mumkin.
a) shunt ulanmagan vaqtda
(2)
b) shunt ulangan vaqtda esa
(3)
bo’ladi.
Ish ni qiymatini (3) tenglikka qo’ysak, (2) va (3) tengliklarni chap tomonlari teng, hamda I=Ig ekanligini hisobga olib, tenglamani Rg ga nisbatan echsak,
(4)
hosil bo’ladi.Shu (4) ifoda ishchi formula hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |