13,14 -MASHG’ULOT
SHUNTLASH METODI BILAN GALVANOMETRNING
QARSHILIGINI ANIQLASH.
KONTROL SAVOLLAR
Zanjirning bir qismi va butun zanjir uchun Om qonunini yozib, so’ngra tushuntiring?
Kirxgofning 1 va 2 qonunlarini tushuntirib bering?
Ishchi formulani keltirib chiqarilishini tushuntiring?
Shunt va uning qo’llanilishini ayting.
Javoblar:
1.
Ushbu ξ = U+U ich, tenglikka zanjirning bir qismi uchun Om qonunidan
U=I · R; U ich =I · r ni qo'ysak,
ξ = I • R + I • r = I (R+r) ni olamiz. Bundan:
Shunday qilib, zanjirdagi tok kuchi, manba elektr yurituvchi kuchining zanjir tashqi va ichki qismlari qarshiliklari yig'indisiga nisbatiga teng. Bu butun zanjir uchun Om qonunidir.
Om qonuniga ko'ra, zanjirning tashqi qismining qarshiligi qancha kichik bo'lsa, tok kuchi shuncha katta bo'ladi. Lekin bunda zanjirning tashqi qismidagi kuchlanish kamayadi, negaki ichki qismida I • r kuchlanish ortadi: U= ξ –I · r
2.
Kirxgofning birinchi qonuni (toklar uchun qonun) elеktr zanjir tugunlariga taalluqlidir. Bu qonunga muvofiq elеktr zanjirning istalgan tugunida tugundan yo’nalgan toklarning yig’indisi tugunga yo’nalgan toklarning yig’indisiga tеng.Boshqacha aytganda, zanjirning isgalgan tugunida toklarning algеbraik yigindisi nolga tеng: I=I1+I2+… +In=0.
Kirxgrofning ikkinchi qonuni bеrk elеktr zanjir konturlaridagi muvozanatni xaraktеrlaydi. Bu qonunga muvofiq har qanday bеrk koiturda, E.Y.U.K ning algеbraik yig’indisi shu konturga kiradigan rеzistorlardagi kuchlanishlarning algеbraik yig’indisiga tеng, boshqacha aytganda E.Y.U.K ning algеbraik yig’indisi konturning tеgishli qismlaridagi toklarning qarshiliklariga ko’paydmasining algеbraik yig’indisiga tеng: E1+E2+…+ En=I1R1+ I2R2+… InRn
3.
1-rasm.
Doimiy tok manbai, galvanometr va qarshiligi R bo’lgan qarshilik magazinidan hamda kalit K dan iborat zanjir tuzamiz (2-rasm).
Galvanometr va shunt qarshiligi Rsh parallel ulangani uchun zanjirning tarmoqlangan qismidagi kuchlanish,
UAB=IARg=IshRsh
formula bilan aniqlanadi. Yuqoridagi tenglikdan shunt orqali o’tuvchi tokni topamiz:
Elementning ichki qarshiligini hisobga olib, Kirxgofning 2-qonuniga asosan ikkita tenglikni yozish mumkin.
a) shunt ulanmagan vaqtda
(2)
b) shunt ulangan vaqtda esa
(3)
bo’ladi.
Ish ni qiymatini (3) tenglikka qo’ysak, (2) va (3) tengliklarni chap tomonlari teng, hamda I=Ig ekanligini hisobga olib, tenglamani Rg ga nisbatan echsak,
(4)
hosil bo’ladi.Shu (4) ifoda ishchi formula hisoblanadi.
4.
Shunt deganda o’lchov asbobining o’lchash chegarasini oshirish uchun qo’llaniladigan, galvanometr parallel ulangan, qo’shimcha qarshilik tushiniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |