77
Tayyor xamirni qandolatchilik qopchig‘idan chiqarib ham quyish mumkin.
Oladyalar ikki tomonida qobiq hosil qilib ba‘zan ko‘p yog‘da ham qovuriladi.
Qovurilgan oladyalarning qalinligi 5-6 mm dan oshmasligi kerak. Tarqatishda
porsiyasiga 3 donadan solinib, ustidan shakar yoki shakar uni yoki asal, murabbo,
smetana solib beriladi.
Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar
Bitiruv malakaviy ishiing ikkinchi 5-sinf o‘quvchilarga
Servis xizmati
yo‘nalishida ―Pazandachilik asoslari‖ bo‘limini o‘qitish metodikasi deb nomlanib,
bunda o‘qituvchining ―Pazandachilik asoslari‖ bo‘limini o‘qitish darslariga
tayyorgarligi, o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash hamda
V sinf ―Servis xizmati‖ yo‘nalishining ―Pazanchilik asoslari‖ bo‘limini
o‘qitish bo‘yicha dars ishlanmalari batafsil yorilgan.
Hozirgi
zamon
umumiy
ovqatlanish
korxonalarida
pazandachilik
mahsulotlarini ishlab chiqarish murakkab texnologik jarayon bo'lib, bu jarayon
taom tayyor bo'lgunga qadar mahsulotlarga ishlov berish bilan bog'liq bo'lgan
ketma-ket bosqichlardan iboratdir. Bu bosqichlarni o‘quvchilarga o‘rgatishda turli
xil usul va metodlardan foydalanildi.
O‘quvchilar ―Pazandachilik asoslari‖ni o‘rganishar
ekan kelajakda qaysi
kasb egasi xoh o‘qituvchi, shifokor, injener, oshpaz va shu kabi kasblariga
qaramasdan ularda pazandachilik haqida qisqa bo‘lsada ma‘lumotlar bo‘ladi.
Bunda o‘quvchilar pazandachilik xonalarini
qanday tashkil qilinishi, ularga
qo‘yiladigan gigiyenik sanitariya qoidalari, oshxona jihozlari, ularga qo‘yiladigan
talablar va turli xildagi taomlar tayyorlashni o‘rganib olishadi. Shu jumladan bu
yo‘nalish ularni tejamkorlikka o‘rgatadi.
78
XOTIMA
O‘quvchilarga bozor itisodiyoti qonunlari hamda
talablari asosida sifatli
raqobatbardosh iste‘mol
mollari talablari asosida mehnat mahsulotlari
yetishtirilgan va yetishtirilgan mahsulotlarni yetkazish vositalarini o‘rgatish, ish
boshqaruvchanlik usullari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirib borish
va rivojlantirish edagog o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridandir.
Pazandachilik asoslarini o‘rganishda turli sohalarning xalq hunarmandchiligi
tarmoqlari:
nonvoychilik,
milliy
oshpazlik,
qandolatchilik
va
boshqa
yo‘nalishlarining asoslarini ham egalladilar.
O‘quvchilar pazandachilik asoslari orqali yangi texnik texnologiyalar
yordamida taom tayyorlashlari, oshpazlik va ofitsantlik kasblari bilan tanishadilar,
taomlar pishgach ularni
sifatini qanday aniqlashni, uni dasturxonga tortishni,
so‘ngra idish-tovoqlarni yig‘ishtirib qo‘yishni bunda sanitariya gigiyena
qoidalariga amal qilishni o‘rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: